5.“Ramziy ko’rinish”- Ushbu metodda ob’ekt bolalar tomonidan hissiy-ramziy nuqtai nazardan tadqiq qilinadi. Tanlangan ob’ekt va uning ramzi orasidagi bog‘lanishlar izlanadi, ob’ektning grafik, belgili, so‘zlar orqali biror ko‘rinishda ramzini yaratish talab etilib, eng asosiysi, bu ramzni talqin etish, asoslab berish hisoblanadi. Metodning maqsadi o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtira olish, ularni rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatish, tahliliy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirish, yaratuvchanlik, innovatsion tasavvurni shakllantirishdan iborat.

6.Everistik savollar- Bu metodda tanlangan hodisa yoki ob’ekt to‘g‘risida ma’lumot to‘plash maqsadida 7 ta tayanch so‘roq so‘zlari asosida savollar tuzish talab etiladi. Kim? Nima? Qayerda? Qachon? Qanday? Qay tarzda? Nima uchun? so‘roqlari bilan boshlanuvchi savollar tuzish va ularga javob topish jarayonida yangidan-yangi “Qachon va qay tarzda?” “Kim va qachon?”, “Kim va nima uchun?” kabi savollar yuzaga keladi. Bunda eng original, betakror savollar va aniq javoblar yuqori ba’holanadi. Maqsad – o‘rganilayotgan ob’ektning mazmun-mohiyatiga chuqur kirib borish, bolalarning tahliliy va mantiqiy fikrlash malakasini oshirish va maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab bolalarni innovatsion faoliyatga tayyorlashdan iborat.