Mavzu: Malakaviy-o‘quv amaliyoti davomida yuritiladigan hujjatlar bilan tanishish. DTS, fan dasturi
Umumta’lim maktablarida o‘tkaziladigan malakaviy-o‘quv amaliyot muvoffaqiyatli o‘tishi, unda amalga oshiriladigan ishlarni to‘g‘ri rejalashtirishga ham uzviy bog‘liqdir.
Fanlar bo‘yicha guruh metodistlari barcha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish yakunida kafedra o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘z maktablarida o‘tkaziladigan malakaviy-o‘quv amaliyotning yagona ish rejasini tuzadi.
Bunday rejaning afzalligi shundaki, u amaliyotning (metodistlar) amaliyotchilar, maktab boshlang„ich sinf o‘qituvchilari, maktab rahbar xodimlari va fan o‘qituvchilari rahbarligida bajariladigan ishlarning bir-biriga parallel kelishi hamda takrorlanib qolishi kabi holatlarni bartaraf qiladi. Rejada mutxassislik fanlarini (masalan: ona tili, o‘qish , matematika, tabiatshunoslik ) o‘qitish va tarbiya sohasida amalga oshiriladigan barcha ishlar uyg‘unlashtirilgan bo‘ladi.
Reja bo‘yicha malakaviy-o‘quv amaliyotining boshlanishi va undan keyingi davrida amalga oshirish ishlari mo„ljallangan. Uning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
Malakaviy-o‘quv amaliyotning boshlanishiga bag‘ishlangan anjuman.
Amaliyotchi talabalarni maktab va uning ma’muriyati, direktor, mutaxassislik fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlari va boshqalarning suhbatini uyushtirish.
Amaliyotchilarning mutaxassislik fanlaridan o‘qituvchi o‘tadigan ochiq darslariga kirishlari va ularning muhokamasi.
Amaliyotchilarning pedagogik amaliyot davomida o‘zlari bajaradigan ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishlari.
Amaliyotchilarning o‘qituvchilarni o‘rganish maqsadida o‘z sinflaridagi boshqa darslarga kirishlari.
Amaliyotchilarni ayrim sinflarda namuna tarzidagi tarbiyaviy soat mashg‘ulotlarini, mutaxassislik fanlari bo‘yicha to‘garak yig‘ilishlarini va boshqa tadbirlarni kuzatishlari va ularning muhokamasi.
Malakaviy-o‘quv amaliyot rahbarlarining amaliyotchilar uchun uslubiy maslahatlar berish, pedamaliyotning borishi va yakuniga bag‘ishlargan yig‘ilishlar o‘tkazishlari, amaliyotchilarning faoliyatini nazorat qilib borishlari va boshqalar.