Mavzu: maqomlar tarixidan



Yüklə 20,46 Kb.
səhifə2/2
tarix22.05.2023
ölçüsü20,46 Kb.
#120010
1   2
Maruza matni

Musiqa ilmi. Bu davrda Sharq musulmon olamida mumtoz musiqaning universal qonuniyatlari qaror topgan bo‘lib, uning jadal shakllanishida musiqa ijodkorligi qatorida musiqashunoslik ilmining ham hissasi salmoqlidir. Sharq musiqa ilmining kamol topishida esa, qadimgi yunon olimlarining asarlari ham poydevor yanglig‘ asos bo‘ldi. Jumladan, Bag‘doddagi «Baytul-hikma» aka­demiyasi olimlari qadimgi yunon olimlarining musiqa ilmiga doir bir qator asarlarini – Aristoksenning «Kitabur-ru-us», (Archay), «Kitobul-iyqo’» (Book of rhythm), Psevdo-Evklidning «Kitabun-nag‘am» (Introductio Harmonica), «Kitobul-qonun» (Sectio canon), Nikomaxning «Kitobul-musiqa al-kabir» (Opus Major on Music), Ptolomeyning «Kitobul-musiqa» (Harmonica) – o‘sha davrda ilm tili maqomida bo‘lgan arabchaga tarjima qildilar1 Bu hol, o‘z navbatida, qadimgilarning musiqiy qarashlarini nafaqat Sharq olamida, balki keyinchalik G‘arbga ham keng yoyilishida muhim omil bo‘lgan edi.
Xullas, hozirda qayd etilgan omillar o‘laroq o‘rta asr Sharqining yirik (Markaziy) shaharlarida maqom tizimlari yuzaga kela boshla­gan edi.
Maqomlarning tarixiy ildizlari. Maqomlar tarixini o‘zaro farqli ikki yirik davrga ajratish mumkin. Birinchi davrni maqom­larning qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy-ohang qat­lamlari tashkil etadi. Tabiiyki, bu davrda tom ma’nodagi maqom­lar bo‘lmagan. Zotan, bizgacha yetib kelgan maqomot tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning ma’lum bosqichiga dahldor bo‘lib, bu ikkinchi davrni tashkil etadi.
Maqom kuy-ohanglarining qadimiy qatlamlarini o‘rganishga ko‘mak bo‘luvchi maxsus musiqiy risolalar yo‘q. Ammo Shash­maqom, «Xorazm maqomlari» va «Farg‘ona – Toshkent maqom yo‘llari» – bu borada tasavvur beradigan muhim manbalar sanaladi. Zero, maqom kuylarining xususiy «tip» tuzilishi ular tarki­bida uyg‘unlashgan turli davr musiqiy qatlamlarini aniqlab olishga imkon beradi.
Olimlar orasida mavjud qarashlarga ko‘ra, maqomlarning eng qadimiy namunalari payg‘ambarlardan meros qolgan. Bu haqda XVI asr ikkinchi yarmi XVII asr birinchi choragida yashab ijod etgan vatandoshimiz, mashhur musiqachi va olim Darvish Ali Changiyning «Tuhfat us-surur» nomli risolasida ma’lumotlar bor.
Maqomlarda mavjud muhim musiqiy qatlamni xalq og‘zaki musiqa ijodiyotining ko‘hna namunalari tashkil etadi. Hayratlanarli tomoni shundaki, maqomlarda xalq musiqasining hatto eng qadimiy namunalariga oid «izlari» ham saqlangan. Xususan, bu izlarni biz­gacha yetib kelgan «Navro‘zi Ajam», «Navro‘zi Xoro», «Navro‘zi Sabo» nomli maqom asarlarida ko‘ramiz. Bu asarlarning kuy negizlarida mutaxassis olimlar tomonidan «xalq kuyining eng qadimiy namunasi» («birlamchi chiziq» – G. Shenker) tarzida tasnif etil­gan quyi oqim kuy-ohanglari yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu hol bejiz emas, albatta. Ko‘pgina Sharq xalqlari uzoq o‘tmishdan buyon Navro‘z bayramini nishonlash munosabati bilan ma’lum kuy va ashulalarni ijro etganlar. O‘ziga xos mavsumiy marosim musiqasi sifatida xalq an’anaviy hayotidan o‘rin olgan bu toifa kuylar keyinchalik maqom tizimlariga kiritilib, o‘zining yuksak rivojlangan ko‘rinishlariga ega bo‘lganligi aniq.
Maqom manbalari qatorida «goh» (ya’ni, «Dugoh», «Segoh», «Chorgoh», «Panjgoh» shaklidagi) kuy tuzilmalari ham e’tiborga molik. Aksariyat olimlar bu kuylarni qadimiy kitoblarni ma’lum ohanglarda o‘qish an’anasiga dahldorligini, shu jumladan, «Avesto»dagi «got» madhiyalariga borib taqalishini faraz qiladilar. Bu o‘rinda Avestodagi «Catheha» so‘zi keyinchalik dariy (forsiy) tiliga «Gah» shaklida o‘tganligi va yana qator holatlar inobatga olinadi. Ammo etnomusiqashunoslik sohasidagi so‘nggi natijalar «goh» kuylarining ildizlari faraz etilayotgan davrlardan ham qad­imiyroq ekanligini ko‘rsatmoqda.
Xususan, Farg‘ona – Toshkent maqomlaridan «Dugoh-Husayniy I» kuyi negizida ikki tayanch par­dali ohang tuzilmasi, Segoh cholg‘u kuyida, shuningdek, Shash­maqomning «Tasnifi Segoh», Xorazm «Segoh» maqomining «Tani Maqom» qismlarida uch tayanch pardali ohang tuzilmalari bor. Bunday tayanch tovushli kuy namunalari xalq musiqiy tafakkurining dastlabki kurtaklari hisoblanadi.
Garchand, maqomlarda qadimiylikka oid ko‘plab musiqiy yodgorliklarning unsurlari topilsa ham, ular asl holida qayta jonlanishiga kafolat yo‘q.
Demak, maqomlarning eng qadimiy tarixi aslida tom ma’nodagi maqomlar tarixi bo‘lmay, balki ko‘proq ularning kelib chiqish man­balari bo‘lgan ko‘hna davr kuy qatlamlariga dahldordir. Xuddi ana shu turli qatlam musiqa namunalari asosida usluban badiiy yax­lit musiqiy tizimlarining shakllanish davrlaridan, bevosita mumtoz maqomlar tarixi ham boshlanadi.
Dastlabki maqom tizimlari qachon va qanday shaklda bo‘lganligi xususida aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. Bu borada sosoniylar saroyida (shoh Xusrav Parviz davrida – 590–628) xizmat qilgan mashhur musiqachi Borbad (vaf. 627) ijodiy merosi, xususan, unga nisbat beriladigan «Xusravoniy» tizimi diqqatni o‘ziga jalb etadi. Musiqashunos olimlar «Xusravoniy» tizimi keyinchalik maqomot tizimlari yuzaga kelishida asos bo‘lganligi, uning maqomlar shakl­lanishiga ta’sir etganligini taxmin qiladilar.
Aslida, salobatli maqom tizimlarining yuzaga kelishi kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichi bilan shartlangan. Xusu­san, atoqli maqomshunos olim, san’atshunoslik fanlari doktori Is’hoq Rajabov bu borada shunday yozadi: «Maqomlar insonning musiqa haqidagi tushunchalari, musiqiy-estetik qarashlari barkamol bo‘lgan kishilarning ongi va saviyasi yuksalgan bir davrda yuzaga kelgan... Maqomlar tizimining shakllanishi jahon ilmu fanining rivojlanishi bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Sharq musiqa olim­ lari musiqani tibbiyot, falsafa va matematika fanlari bilan bog‘liq ekanligini uqtirib o‘tganlar».


Shuni aytish kerakki, Sharq musulmon olamida maqom tizimlarining paydo bo‘lishi uchun zarur omillar IX–X asrlarda yuzaga kelgan edi. Zero, aynan shu davrlarda aniq fanlar rivojlandi, vatan­doshimiz Abu Nasr Forobiyning (871–950) musiqashunoslikdagi buyuk xizmatlari o‘laroq, Sharq musiqa ilmiga asos solindi, kas­biy musiqa amaliyoti yangi bosqichga ko‘tarildi. Ana shu omil­lar ta’sirida o‘rta asr Sharqining yirik (makaziy) shaharlarida O‘n ikki maqom tizimi yuzaga kelgan edi. Mazkur tizim tasnifoti dast­lab Safiuddin Urmaviy (tax. 1230–1294) va Qutbiddin Sheroziylarning (1236/37–1310) musiqa ilmiga doir asarlarida ishlab chiqilgan bo‘lib, keyingi asrlarda Abulqodir Marog‘iy (1353–1437), Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin Husayniy (XV), Najmiddin Kavkabiy (XVI), Darvishali Changiy (XVI–XVII) kabi amaliyotchi va nazariyotchi olimlar tomonidan ijodiy davom ettirilgan.
Yüklə 20,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin