Mavzu: Marketingning xorijiy tajribalari va undan o’zbekistonda ijodiy foydalanish imkoniyatlari – Rossiya misolida


Xorijiy marketingning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 25,96 Kb.
səhifə3/6
tarix14.12.2023
ölçüsü25,96 Kb.
#180442
1   2   3   4   5   6
Mavzu Marketingning xorijiy tajribalari va undan o’zbekistonda -www.fayllar.org

2.Xorijiy marketingning o’ziga xos xususiyatlari
Xorijiy maydonda marketing juda murakkab hisoblanadi, chunki u korxonaning sotuv faoliyatidan tashqari ishlab chiqarish, ITTKI, ta’minot, moliya kabi boshqa faoliyat turlarini ham qamrab oladi. Bundan tashqari, korxona faoliyati bog’liq bo’ladigan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va milliy-madaniy sharoitlarni chuqur tushunish talab qilinadi. Taqsimot kanallari, transport orqali tashish va saqlash, qonun hujjatlari va bojxona qoidalari turli mamlakatlarda bir-biridan sezilarli farqlanishi mumkin.
Har bir mamlakatda reklama vositalari sohasida o’ziga xos milliy xususiyatlar bo’lib, ular madaniyat, din va an’analar nuqtai nazaridan mos kelmasligi mumkin. Shuningdek, ilmiy-texnik xarakterdagi omillar ham muhim ahamiyat kasb etib, bu qatorga sanoat texnologiyalarining rivojlanish darajasi, tovar va xizmatlarni modifikatsiyalash, ishchi kuchining malakasini oshirish kabilarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlarning barchasi Xorijiy bozorda tadbirkorlik faoliyatining umumiy tijorat tavakkalchiligini oshiradi. Masalan, valyuta tizimining barqaror emasligi kutilmagan natijalarga olib kelishi va bir necha kun ichida juda ham foydali bitimni zarar keltiruvchi bitimga aylantirishi mumkin. Turli xil mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlari marketing vositalarini u yoki bu bozorning o’ziga xos xususiyatlariga moslashtirib borishni talab qiladi. Bu erda gap har safar muayyan tashqi bozor uchun maxsus marketing modeli haqida boradi.
Marketing faoliyatining turli elementlari samaradorligi turli mamakatlarda turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan, amerikaliklarning yondashuvi o’z mahsulotlarini reklama qilishga asoslanadi (jahonda reklama xarajatlarining 57% i AQSHga to’g’ri keladi). Evropacha yondashuv esa ko’proq xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirishga, ya’ni taqsimot tarmoqlari va iste’molchilar bilan bevosita do’konlarda ishlashga yo’naltirilgan. Yaponiya yondashuvi mahsulotni yaxshilash maqsadida fan-texnika yutuqlarini joriy qilishni tavsiya etadi. SHu sababli Xorijiy bozorda marketing sohasida ish olib borayotgan o’zbek mutaxassislaridan nafaqat marketing faoliyatining ayrim elementlarini, balki xorijiy mamlakatlarda shakllangan marketing tizimini to’laligicha bilish va undan foydalanish talab qilinadi. Mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro aloqa va bog’liqlik darajasining yuqori bo’lishi sababli iqtisodiy jihatdan juda keng Xorijiy bozor mavjud bo’lib, u turli mahsulotlarni eksport va import qilish imkonini beradi. Bu erda faoliyatini tovar va xizmatlar eksportiga yo’naltiruvchi korxonalar (masalan, kosmetika yoki turistik firmalar) uchun marketing sohasida qo’shimcha talablar vujudga keladi: birinchidan, tovar sifati, tashqi ko’rinishi, qadoqlashsi va reklamasining Xorijiy standartlarga, ishlab chiqarish majmuasining esa fan-texnika darajasiga mos kelishi; ikkinchidan, chet ellik vakillar bilan mustahkam aloqalar o’rnatish hamda Xorijiy savdo, ko’rgazma, yarmarka va konferensiyalarni yuqori professional darajada tashkil etish qobiliyati; uchinchidan, import-eksport siyosati sifat va son jihatidan korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun o’ziga xos yondashuvni talab qiladi.
Xorijiy marketing funksional ravishda ichki marketingdan yuqori turadi, chunki korxona eksport va import qilish imkoniyatiga ega bo’lsa o’z mahsulotlar assortimentini oshiradi. Demak, marketingning maqsad va vazifalari ham murakkablashadi. Avvalo, Xorijiy bozorga chiqishning maqsadga muvofiqligiga ishonch hosil qilish, ya’ni kelajakda qanday istiqbollar ochilishi va xavf-xatarlar yuzaga kelishi mumkinligini aniqlash zarur. SHundan keyin quyidagi masalalar hal qilinadi: • korxona qanday (yangi yoki eski, tayyor yoki yarim tayyor) mahsulotlarni taklif qilishi mumkin; 27 • bozorga qanday qilib kirib borish va xaridorni aniqlash; • Xorijiy biznesda ishtirok etish natijalari qanday bo’lishi mumkin. Ko’pincha narx hosil bo’lishiga oid savollar ham paydo bo’ladi. Iqtisodiyoti sust rivojlangan mamlakatlarda mahsulot narxi rivojlangan mamlakatlarga nisbatan past bo’lib, bunga ishchi kuchining qiymatidagi farqni asosiy sabab qilib ko’rsatish mumkin. Korxona import yoki eksport uchun mahsulot qidirish bilan shug’ullanayotganda narx darajasi muhim rol o’ynaydi. Masalan, agar korxona ishchi kuchi mahsulotni qabul qiluvchi mamlakatga nisbatan qimmatroq bo’lgan mamlakatdan mahsulotlarni eksport qiladigan bo’lsa, bu holda mahsulot narxi qimmatroq bo’lishi mumkin. Demak, mahsulot uni narxi yuqori bo’lishiga qaramay oson sotish uchun boshqa tavsifnomalarga ega bo’lishi lozim.
Xorijiy marketingning o’ziga xos xususiyatlari:
1. Tashqi bozorda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun juda katta va maqsadli yo’naltirilgan hatti-harakatlarni amalga oshirish, marketing usullari va tamoyillariga ichki bozorga nisbatan ketma-ketlikda rioya qilish lozim.
2. Tashqi bozor, uning imkoniyatlari va talablari Xorijiy marketing faoliyatida ichki bozorni o’rganishga nisbatan murakkab va ko’p mehnat talab qiluvchan jarayondir. U tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilari tomonidan mos keluvchi bo’linmalar tuzish hamda mamlakatdagi yoki xorijiy maslahatchi firmalarning axborot imkoniyatlarida foydalanishni talab qiladi.
3. Tashqi bozor talablariga javob berish tashqi bozorga chiqqanidan bir necha yil o’tgandan so’ng ham raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini saqlab qoluvchi tovarlarni tayyorlash va ishlab chiqarishni anglatadi.


Yüklə 25,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin