Mavzu: mashg'ulotda tarbiyachining yetakchi roli


Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarining ko'rigi



Yüklə 159,5 Kb.
səhifə9/10
tarix13.04.2023
ölçüsü159,5 Kb.
#97132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ABDURAHMONOVA RAHBAROY 101-GURUH KURS ISHI

2.2. Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarining ko'rigi

Jumxuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga


oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlarni
malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyoiy
tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda; har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o‘tishlari
uchun shart-sharoit yaratilmoqda.
Pedagog – tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda,
bigalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta'sir
ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini,
qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulqatvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam
ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon
tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, goyaviy
e'tikodliligi o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqat o‘kituvchi –
tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turiladi. Pedagog – tarbiyachi shaxsiga
quyiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikkasini
chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Predmetni va uning nazariyasi chuqur bilishi
bolalarni bilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.Bu pedagog – tarbiyachining
obro‘sini ko‘taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muxim fazilatlaridan
talablaridan biri bolalarni sevish ularning xayoti bilan qiziqish har bir shaxsni
xurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi
buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar kilaoladigan odamgina
hakiqiy tarbiyachi pedagog bo‘la oladi. Bolaga befarq uning kelajagi va qiziqmaydigan tarbiyachilik kasbiga loqayd odam haqiqiy pedagog – tarbichi bo‘la
olmaydi.
Bolalarni sevish – pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil
qiladi. O‘qituvchi tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada
tarbiyalanuvchi shaxsga xurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu
munosabat bolada pedagoga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarga
chinakam ma'naviy murabbiysi bo‘lishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining
mavjudligiga ham bog‘liqdir. Pedagogik qobiliyatlar - pedagogik mahoratiga
erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyatlar tarkibiga: pedagogik
kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati
va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyati
jarayonida, shuningdek uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi.
Pedagogik mahorat – bu yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishni yuksak darajada va
doimiy ravishda takomillashtirib borish san'atidir.
Pedagog – tarbiyachi shaxsini shakllantirish.
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat xodisalari,
kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga
madaniy ahloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo‘lish
odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik,
kattalarga xurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va
hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnati
natijalarini asrab-avaylash kabi ahloqiy sifatlarni tarbiyalaydi.
Xalq san'ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san'atni bilish, san'atga
muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida
yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni ma'lumbir
izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish ishida
yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun
maxsus tayyorgarlik ko‘rishi kerak. U quyidashi shartlarga amal qilishi kerak:
1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma'lumotli,
kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy
adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali pedagoglarning
tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tadbiq eta oladigan kishi bo‘lishi kerak.
2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati
sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi vositalarni topa
olishi kerak.
3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor
qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo‘lishi
lozim. Ta'lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi
kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari
uchun faollashtirib savollardan foydalanishi kerak.
4. Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda
o‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ularning diqqatini jalb
qilib, faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy
baholay olishi kerak.
5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab
qo‘yishi kerak.
6. Kun tartibini to‘g‘i tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi
har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish.
7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni
bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarida e'tiborga
olishi lozim.
8. tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar,
uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashtirib turishi kerak.
9. Pedagog bolalarga nisbatan hayrihoxlik munosabatda bo‘lishi,
har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, hafa bo‘lsa ovuntara olishi
kerak.
10. Kun tartibida olib borgan ta'lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi
va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak.Eng muhimi – tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g‘ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.

Yüklə 159,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin