Psixolog-maslahatchining shaxsiy ishini tashkil etish Psixolog-maslahatchiningshaxsiy ishini tashkil etish deb, uning shaxsiy kasbiy faoliyatini tuzishga oid ishlarni nazarda tutiladi. Eng awalo, psixolog-maslahatchining o'z kasbiy majburiyatlarini uning kasbiy mahorati va malakasini oshirishni ta'minlovchi ish tartibi e'tiborga olinadi.
Turli faoliyatlarga sarflanadigan vaqt vaziyatga ko'ra o'zgarishi mumkin. Agar bir oy muddatda bajariladigan ishlarni taxminiy vaqtini belgilab olsak, psixolog-maslahatchining o'rtacha ish vaqtini aniqlash va unga yuklatilgan vazifani hal etish taxminiy davri belgilanishi mumkin.
Yetti soatlik ish vaqtidan kelib chiqib, 24 ish kunida turlicha ishlarni bajarish uchun masalan quyidagicha rejalashtirilishi mumkin (bir oy uchun me'yoriy absolyut va minimal ishning foiz ko'rsatkichi):
1. Psixologik - maslahat o'tkazishga tayyorgarlik - 18 soat (10
%); Mijozlar bilan bevosita ishlash - 90 soat (50 %).
Maslahat tavsiyalarini qayta ishlash hamda natijalarini tahlil qilish 26 soat (15 %)
Zarur hujjatlami rasmiylashtirish 14 soat (5 %).
Psixolog-maslahatchining shaxsiy-kasbiy malakasini oshirish 34 soat (20 %)
Bu ko'rsatkichlar nafaqat taxminiy, balki shartlidir. Ular psixologik maslahat turi, yil fasllariga bog'liq (bahor va yozda psixologik maslahatgajuda ozchilik murojaat etadi. Qish va kuzda odatda ko'pchilik murojaat qilishi kuzatilgan.)
Psixolog-maslahatchining boshqa mutaxassis maslahatchilar bilan o'zaro aloqasi Psixologik maslahat xizmati amaliyotida ko'pincha psixolog-maslahatchining boshqa mutaxassislar - psixolog, shifokor, huquqshunos pedagoglar psixologik maslahat xizmatida ishlovchi boshqa insonlar bilan axborot almashinuv, kasbiy muloqot zaruriyati tufayli o'zaro aloqada bo'ladilar. Bunday muloqot zaruriyatini ta'minlovchi turli hayotiy vaziyatlarni quyidagicha ajratib ko'rsatish mumkin:
Psixolog-maslahatchining mijoz bilan ishlash davrida shunday muammolar uchraydiki, ularni hal etish zarur bo'lsa-da, mustaqil hal eta oimaydi. Bu masalan, tibbiy psixologik, sud-psixologik ekspertizalar o'tkazishda psixolog aniq soha mutaxassislari bilan hamkorlikda muammo bo'yicha muhokama yuritilib, hal etiladi.
Psixolog-maslahatchi o'zi mustaqil hal eta oladigan muammolar ustida ishlaydi, biroq to'g'ri qaror qabul qilishi uchun boshqa soha bo'yicha bilimlarga ehtiyoj sezadi.
Psixolog-maslahatchi boshqa soha mutaxassislari bilan ko'p
sohali ekspertlar hay'atida ishtirok etadi, masalan, psixologik-pedagogik hay'ati ishida kerakli mutaxassislar bilan birgalikda u murakkab kompleks muammolarni hal etadi.
4) Psixolog o'zi yaxshi bilmaydigan, lekin u baribir psixologik maslahatlar mavjud amaliyotga taalluqli bo'lgan sohada maslahatchi bo'lib ishlay boshlaganida, misol uchun maktabdagi psixolog iqtisodiyot va siyosat sohasida maslahatlar bera boshlaganida hamkorlik zarur bo'ladi.
5)Psixolog-maslahatchiga 1, 2, 3 punktlarda ko'rsatilgan muammolar sababli o'zlari biroz bo'lsa ham psixologik bilimlarga ega bo'Hshlari kerak bo'lgan boshqa soha mutaxassislari bilan munosabatda bo'lganlarida, psixolog-maslahatchi ularning har birida qanday yo'l tutishi kerakligini aniqroq bilib olish uchun, bu holatlardan harbirini chuqurroq ko'rib chiqamiz.
1-holat. Bu holatlarning birinchi odatiy varianti psixologik maslahatlar davomida juda ko'p uchraydi, chunki psixolog-maslahatchiga xususan, psixologik yordamdan tashqari maxsus yordam, masalan, tibbiy, yuridik, pedagogik yordam talab etiladigan odamlar murojaat etadigan holatlar juda ko'p uchraydi. Tibbiy yordam odatda, mijoz murojaat etib kelgan maslahat uning sog'lig'i umumiy holati bilan bog'liq bo'lganida zarur bo'ladi. Bu muammoni hal etish uchun tibbiy tashxisni to'g'ri qo'yish, uni belgilash va davolash kursini o'tkazish zarur. Yuridik yordam mijozning muammosini hal etish huquqiy masalalar bilan bog'liq bo'lganida zarur bo'ladi.
Ushbu holatning ikkilamchi odatiy varianti - bu qabul qilinayotgan qaror ma'luni huquqiy asos bilan ta'minlanishi kerak bo'lganida, ekspertiza o'tkazilishidan iborat. Barcha bunday holatlarda psixolog-maslahatchining vazifasi mijozga kerakli ко'так yoki uning qonuniy huquqini himoya qilishda yordam ko'rsatishdan iborat bo'ladi. Bu ish esa o'z navbatida turli usullarda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi usul mijozning roziligi bilan psixolog-maslahatchi mutaxassis psixologlar bilan gaplashadi va mijozga u bilan ishlash natijalari to'g'risida xabar berishdan iborat.
Ikkinchi usuli psixolog-maslahatchi mijozning ruxsati bilan birgalikda mijozga maslahat berish uchun boshqa bir mutaxassisni
taklif etishidan iborat. Mumkin bo'lgan uchinchi usul ushbu masalani hal etish uchun mijozni kerakli mutaxassisga yuborish va mijoz psixologsiz mutaxassisdan maslahat olishidan iborat.
2-holat. Psixolog-maslahatchi o'z shaxsiy tajribasiga tayanib, mijozga malakali yordam ko'rsata olishi uchun qo'shimcha bilimlar va malakalarga muhtoj ekanligini anglab yetadi. Shundan keyin u kerakli sohada o'zini kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi.
Psixolog-maslahatchi uchun yangi hisoblangan kasb sohasida uning egallayotgan bilim va malakalarini psixolog ulardan mijozlar bilan ishlashda foydalanishidan oldin ushbu sohaning malakali mutaxassisi baholashi ma'qul hisoblanadi. Psixolog-maslahatchining faoliyati yangi sohada mumkin bo'lgan xatolarini iloji boricha kamaytirish uchun, bu ishni albatta, amalga oshirish zarur. Amaliy maslahatchilik ishlari yangi sohasida malakasini oshirgandan keyin psixolog-maslahatchi uning kasbiy mahorati darajasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat-sertifikat olishi eng yaxshi holat deb hisoblash mumkin.
3-hoIat. Ushbu holatda psixolog-maslahatchi kasbi doirasidan chiqadigan, lekin shunga qaramay boshqa mutaxassislar bilan o'zaro munosabatlar yordamida ularni yaxshi tushuna oladigan muammolarni psixolog-maslahatchi mustaqil hal etishiga zarurat yo'q bo'ladi. Agarda psixolog-maslahatchi aralash kasblar komissiyalari ishlarida ancha ko'p ishiashiga to'g'ri kelsa, unda ular bilan o'zaro munosabatlar tajribasi to'planib hamkasblari bilan bir-birini tushunishga ancha tez erishiladi. Biroq muntazam bir-birlariga o'rgatib, o'zining kasbiy malakasi masalalari bo'yicha bir-biriga komissiya a'zolari axborotlar berib borishlari hisobiga bu jarayonni tezlashtirish mumkin. Mana shu maqsadlarda komissiyaning har bir a'zosi mustaqil qaror qabul qilganida uni ish bo'yicha hamkasblariga to'la tushuntirib berishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
4-holat. Ushbu holatda psixolog-maslahatchi uchun yagona bir oqilona va to'g'ri yo'l — mijozlarga ko'pincha maslahat berishga to'g'ri keladigan sohada bilimlarga ega bo'lish yo'lidir. Birinchisi o'zi uchun yangi bo'lgan bilimlar va amaliyot sohasida qo'shimcha,
kasbiy bilim olishga harakat qilib ko'risbdan iborat. Bunday yo'l to'g'ri bo'ladi va oqibatda, kerakli sohada ancha yuqori darajada kasbiy malakasini oshirishni ta'minlashi mumkin. Lekin bu yo'l juda uzoq izlanish va katta mehnat talab qiladi. Ikkinchi yo'li o'z malakasini oshirish uchun masalan, kerakli adabiyotlarni o'qish, kerakli sohada kasb egalari guruhlarida ishlash, ularning faoliyatini kuzatish va ularga taqlid qilish orqali mustaqil harakat qilib turishi mumkin.
5-holat. Bu yerda vaziyat psixolog-maslahatchi, maslahatchi rolida emas, balki boshqa mutaxassislar uchun psixologiya o'qituvchisi rolida ishtirok etishiga to'g'ri keladi. Ba'zan psixologik maslahat amaiiyotida alohida mutaxassislar bilan emas, baiki kasb guruhlari va tashkilotlari bilan, masalan, tibbiyot, yuridik va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro aloqada bo'lish zaruriyati yuzaga keladi. Mutaxassislarning aloqalari, munosabathiri umumiy qoidalari bu yerda yuqorida, ko'rsatib o'tilgandek bo'ladi. Lekin tashkilotlar darajasidagi o'zaro aloqalar alohida mutaxassislar o'rtasidagi munosabatlardan tashkiliy mazmunda ancha murakkabroq. Bu o'zaro munosabatlar belgilab olingan, oldindan puxta ishlab chiqilgan reja bo'yicha amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Psixolog-maslahatchining yordamchi xodimlari bilan o'zaro aloqalari
Psixologik maslahatlar yordamchi xodimlari asosan, kotiba-referentlar va yordamchi laborantlar kabi mutaxassislardan tashkil topadi. Kotiba-referentlarning asosiy vazifalari birinchi bo'lib mijozlami qabul qilib olishlari, ijtimoiy - turmush xususiyatidan dastlabki ma'lumotlarni olish, maslahatga yozib qo'yish, maslahatlar o'tkazish shartlari to'g'risida ma'lumotlar berish hamda mijozlar bilan doimiy aloqalar olib borish kiradi. Psixolog maslahatlar to'g'risida barcha kerakli ma'lumotlarni - mijozga kerak bo'ladigan shaklda hamda undan psixolog maslahati uchun kerak bo'ladigan ma'lumotlarni o'z vaqtida yetkazib berish bilan kotiba-referent o'rtasidagi aloqalar olib boriladi.
Laborant yordamchi psixologik maslahat o'tkazish uchun barcha zarur sharoitlar, shu jumladan, uskunalar, ma'lumotlar,
maslahat bilan bog'liq hujjatlarni o'z vaqtida tayyorlash bilan shug'ullanadi. Ba'zida laborantga, agarda u yetariicha tajribaga ega bo'lsa, mijoz bilan mustaqil testlar o'tkazish, test ma'lumotlarini ishlab chiqish, maslahat o'tkazish paytida psixolog-maslahatchiga kasbiy masalalarda yordam ko'rsatish topshiriladi. O'z navbatida yordamchi laborant bilan o'zaro aloqalarda psixolog-maslahatchining vazifasi birinchidan, yordamchini maslahat paytida u bajarishi kerak bo'lgan barcha ishlarga o'rgatish, ikkinchidan, uning ishiga bevosita rahbarlik qilishdan iborat hisoblanadi.
Ba'zida psixologik maslahatga jalb etilgan mutaxassislar soni ancha katta bo'lsa, yoki maslahat o'tkazish paytida ancha katta hajmdagi ma'lumotlarni ishlab chiqish talab etilganda, ko'pchilik turli nusxa olish va hisoblash texnikasidan foydalaniladi. Mana shunday hollarda psixologik maslahat xizmatiga yordamchi xodimlar, jumladan hisoblash va nusxa olish texnikasi bilan bilan ishlaydigan mutaxassislar kiritiladi.
Adabiyotlar:
1. Umumiy psixologiya A.V. Pеtrovskiy tahririda, Toshkеnt 1992 yil, 53–62 bеtlar. 2. Kazakov V.G., Kondratеva L.L. Psixologiya, M. 1989, 282–316 b. 3. M.V., Domashеnko I.A. Atlas po psixologii, M. 1990, 27–42 b. 4. Nеmov R.S. Psixologiya, M. 1990, 12–17 bеtlar (rus tilida) 5.G`oziеv E. Psixologiya, T. 1994, 13–31 bеtlar. www.arxiv.uz www.referat.arxiv.uz