Quvnoq vagonlar yoki poyezd” o'yini Didaktik topshiriq: O'quvchilarning arifmetik amallarni bajarishlari jarayonida yo'l qo'yiladigan xatoliklarni
bartaraf etishga o'rgatish. O'yin topshirig'i: Topshiriqlarni doiraviy misollar
yechish orqali o'quvchilarning bilimini mustahkamlash. O'yin bayoni:
O'qituvchi o'quvchilarga quyidagicha savol beradi: — Siz qanday transportlarni bilasiz? — Javob: — avtobus, tramvay, trolleybus, poyezd, metro, yengil mashinalar. — O'qituvchi: Juda to'g'ri javob qildingiz, endi biz sizlar bilan
«Quvnoq vagonlar» o'yinini o'ynaymiz. Bu o'yinni turlicha o'tkazish mumkin. Ko'rgazmali qurolda ko'rsatilgan misollarning javobini topish lozim.
17-2=15, 15+1 = 16, 16—8 = 8, 8 + 9=17 17 + 0=17 18 + 2 = 20, 20-5=15, 15 + 4=19, 19-11=8 8+10=18
Misollarning javobini topganlaridan so'ng uning qiziqarli tomonini
topishga da'vatetiladi. Qiziqarliligi shundaki, o'quvchilar birinchisining
javobi, ikkinchisining boshlanishi “zanjir”ga o'xshash ekanligiga iqror boladi.
2- topshiriq: O'quvchilarning oldiga misol yozilgan kartochka yopishtirib
qo'yiladi. U misollarning javobini tez va chaqqon topgach, o'quvchilar
kim-kimdan keyin turishini bilib oladilar. Bir o'quvchi paravoz, qolganlari vagonchalar bo'lib ketma-ket turib olishlari kerak. Xato qilgan o'quvchilarga
yordam beriladi. Shu tariqa o'yin bir necha marta takrorlanadi.
3-topshiriq: Yuk tashuvchi poyezdlar vagonlariga sabzavotlar, mevalar
yuklab, ularnibir shahardan ikkinchi shaharga jo'natish mumkin. O'quvchilar misollarning javobini topib, necha kilogramm jo'natilayotganini chaqqonlik
bilan aytib berishlari lozim. Bu bilan bolalarning massa o'lchovlari haqida
olgan bilimlari mustahkamlanadi. ”Qurilishga sayohat” o'yini Didaktik
topshlriq: O'quvchilarning matemetika darslarida hayot bilan bog'lab
o'qitilishdagi faolligini oshirish. O'yin topshirig'i: Oquvchilarni matemetika darslarida turmush bilan bog'lab o'qitish va kasb-hunarga qiziqishini orttirish.
O'yin bayoni: Bu o'yin 2-sinfda 1000 ichida to'rt amalni o'rganilgandan
so'ng mustahkamlash bosqichida o'tkazilishi mumkin. O'yin jihozi magnitli
doska, qalin qog'ozdan yasalgan uy poydevoridan tortib, to'liq tayyor
bo'lganiga qadar bo'lgan jarayonni aks ettiruvchi tasvir va 5 ta bosqichga
5 ta kartochkaga yozilgan topshiriq tayyorlab qo'yiladi. O'qituvchi o'yinning
sharti bilan tanishtiradi. Uy yonidan o'tuvchi yo'lga yengil mashina o'yinchog'i
yoki rasmi qo'yiladi.