Sinov shakli ham individual va guruhli ish shakllarini birlashtiradi.
Sinov shaklini qo„llashdan oldin nazariy bilimlarni qo„llashni talab qiladigan
standart yoki murakkab shakldagi mustaqil ishni topshirishingiz mumkin.
"Ha-Yo‘q" – usuli.
Bu usul o„qituvchiga o„quvchilar o„rganilayotgan materialni qanchalik yaxshi
o„zlashtirganligini tekshirishga imkon beribgina qolmay, balki o„quvchilarning
fanga qiziqishini oshirishga yordam beradi. O„qituvchi o„quvchilarga shunday
deydi: “Endi biz tajriba o„tkazamiz. Men har biringizdan bir varaq qog„ozni olib,
ikkiga bo„lib olishingizni so„rayman. Har bir varaqqa familiyangizni va uning chap
chetiga esa 1 dan 9 gacha raqamlarni yozib chiqing.”
O„qituvchi har bir o„quvchiga o„rganilgan mavzu bo„yicha savollar yozilgan
kartochka beradi. Bu savollarga bitta, "ha" yoki "yo„q" deb javob berishi kerak.
Topshiriqlarning murakkabligiga qarab barcha savollarni o„rganishga 15-20 daqiqa
vaqt beriladi. Har bir o„quvchi varaqlarining biriga javoblari mos keladigan raqam
yoniga yozadi.
Keyin o„quvchilar javoblarini tekshirib, birinchi varaqdan ikkinchisiga nusxa
ko„chiradilar, o„qituvchi ikkinchi varaqlarni yig„ib oladi (birinchi varaqlar va
savollari bo„lgan kartalar o„quvchilarda qoladi).
To„qqizta yoki o„nta to„g„ri javob uchun - 5 ball, yetti yoki sakkizta to„g„ri
javob uchun – 4 ball, besh yoki oltita to„g„ri javob uchun – 3 ball va boshqa
hollarda – 2 ball bilan baholanadi.
O„qituvchi barcha kartochkalar ikkita variantda ekanligini aytib, doskaga har
bir variant javoblarini tezda yozib chiqadi. O„quvchilar o„z javoblarini doskadagi
javoblar bilan taqqoslaydilar va to„g„ri javobning yoniga "+", noto„g„ri javobning
yoniga "-" yozadilar.
O„qituvchi dars yakunida o„quvchilarga qiyinchilik tug„dirgan savollarni
muhokamasini o„tkazadi.
Dostları ilə paylaş: