2-bosqich. Kartani olgan o„quvchi unda berilgan topshiriqni bajaradi va
topilgan sondan foydalangan holda keyingi kartani qidiradi. Jarayon, bitta son va
"Yo„lning oxiri" yozuvi bor kartochkaga yetguncha davom etadi.
QVZ (quvnoqlar va zukkolar) – usuli.
QVZga tayyorlanish va uni o„tkazish jarayonida odatda o„quv va tarbiyaviy
maqsadlarning butun bir majmuasi inobatga olinadi. O„quvchilar bu sinov turi
orqali ijodiy fikrlashni, mustaqil bilim olishni, atrof-muhitga tez moslasha olishni,
to„g„ri javobni topishni va uni talqin qilishni o„rganadilar. Jamoaning
muvaffaqiyati nafaqat uning a‟zolarining ishidagi uyg„unlikka, balki ishtrokchilar
bilan birgalikda yagona jamoani tashkil etadigan muxlislarga ham bog„liq.
Matematik estafeta poygasi – usuli.
Bu turdagi nazorat odatda formulalardan foydalanish, oddiy masalalarni
yechish qobiliyatini tekshirishda samarali bo„ladi.
Bu sinov usulini kartochkalar yoki doska yordamida amalga oshirish mumkin.
Jadvaldagi topshiriqlar har bir qator uchun bir xil murakkablikda tuzilgan.
O„qituvchining signali bilan birinchi partada o„tirgan o„quvchi jadvalning birinchi
bo„sh katagini to„ldirishni boshlaydi. Berilgan jadvaldagi katakni to„ldirib bo„lib
uni qo'shnisiga uzatadi va hokazo. Qatordagi oxirgi o„quvchi topshiriqni bajarib
bo„lib, kartochkani o„qituvchining stoliga qo„yadi. O„qituvchi jadvalni to„g„ri
to„ldirilganligini tekshiradi.
Estafetani doskada yozib ham bajarish mumkin. Doskaga mazmuni bir-biriga
yaqin lekin har xil uchta jadval chiziladi. O„qituvchining signali bilan qatordagi
birinchi partada o„tirgan o„quvchi doskaga chiqib jadvalning bo„sh katagini
to„ldirib o„z joyiga qaytadi va qatordagi qolgan o„quvchilar ham galma-galdan shu
tariqa topshirishni davom ettirishadi. Jadvalni tez va to„g„ri to„ldirgan qator g„olib
bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: