6.1-rasm. Oddiy hisoblashlarga doir.
2. MathCAD tizimida o‘zgaruvchi va funksiyalarni aniqlash.
Mathcad da o‘zgaruvchi va funksiyalarni aniqlash mumkin.
Masalan t o‘zgaruvchini aniqlash uchun t: kiritish lozim natijada hosil bo‘ladi, bo‘sh maydonchaga ixtiyoriy son
kiriting. Shu bilan t o‘zgaruvchini aniqlash tugaydi
10
:
t
. Ana shu tartibda har qanday o‘zgaruvchini aniqlash mumkin. Bu
yerda := o‘zlashtirish operatori vazifasini bajaradi, yani = dan o‘ng tarafdagi qiymatni = dan chap tarafdagi o‘zgaruvchiga
o‘zlashtiradi. Biz bilamizki dasturlash tillarida lokal va global o‘zgaruvchi tushunchasi mavjud, bu yerda ham bu tushuncha
bor. Agar o‘zgaruvchi ko‘rinishda aniqlansa u lokal o‘zgaruvchi bo‘ladi. Global o‘zgaruvchi esa quyidagicha
aniqlanadi
10
t
.
Misol keltiramiz.
6.2-rasm. Lokal va Global o‘zgaruvchilarni e‘lon qilish.
Mathcad ishchi hujjatni teppadan pastga va chapdan o‘ngga qarab o‘qiydi. Yuqorida keltirilgan misolda, agar ifodani
qiymatini hisoblashda o‘zgaruvchilar ifodadan pastga e‘lon qilingan bo‘lsa, ifodani qiymatini hisoblashda xatolik yuz beradi.
t
t
Global o‘zgaruvchilarda esa ifoda qayerda yozilishidan qat‘iy nazar ifodada global o‘zgaruvchi qatnashgan bo‘lsa unda tasir
qiladi.
Mathcad da funksiyani ham aniqlash mumkin. Masalan f(x)=x
2
funksiyani qanday aniqlashni ko‘rib chiqamiz.
1) f(x): ni tering natijada f(x):=■ hosil bo‘ladi.
2) x
2
ni tering natijada f(x):=x
2
funksiya hosil bo‘ladi.
Bu yerda f funksiya nomi x esa funksiya argumenti. Funksiyaning ixtiyoriy nuqtadagi qiymatini hisoblash mumkin. Masalan
f(3)=9, f(5)=25, f(4)=16. Xuddi shu tartibda ikki argumentli, uch argumentli va n argumentli funksiyani aniqlash mumkin.
Masalan ikki argumentli funksiyani qanday aniqlashni ko‘rib chiqamiz. T(x,y):=x
2
+y
2
, T(2,1)=5, T(2,2)=4.
Mathcad takroriy yoki iteratsion hisoblashlarni amalga oshirishi mumkin. Bunda u diskret argumentli o‘zgaruvchilardan
foydalanadi. Masalan x o‘zgaruvchining 10 dan 20 gacha 1 qadam bilan
2
2
x
ifodaning qiymatlarini hisoblash talab qilingan
bo‘lsin. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
1) x:=10,11 ifodani tering
2) ;20 ifodani tering
natijada x:=10,11..20 hosil bo‘ladi, bu yerda .. faqat ; tugmasi orqali qo‘yiladi aks holda xato hisoblanadi. Agar oraliq berilgan
bo‘lsa qadamni aniqlash quyidagicha bo‘ladi. Birinchi qiymat kiritiladi va, dan so‘ng ikkinchi son kiritiladi ular orasidagi
ayirmani qadam sifatida oladi agar, dan keyin son ko‘rsatilmasa qadamni 1 ga teng deb oladi. Diskret argument aniqlangandan
keyin, shu o‘zgaruvchini kiritib = ni kiritsak bizga jadval shaklida diskret o‘zgaruvchining qiymatlari keltiriladi. Boshqa
dasturlash tillari kabi Mathcad da ham o‘zimiz ixtiyoriy funksiyani elon qilishimiz mumkin oldindan yaratilgan maxsus
standart funksiyalardan foydalanishimiz mumkin. Masalan: sin(x), cos(x), ln(x) va boshqa funksiyalar.
Funksiyalarni qanday aniqlashni, funksiya diskret argumentning qiymatlarida hisoblashni va standart funksiyalardan qanday
foydalanishni 6.3, 6.4-rasmlarda keltirilgan.
6.3-rasm. Funksiyani aniqlash.
6.4-rasm. Standart funksiyalardan foydalanish.
Dostları ilə paylaş: |