Umumiy xulosa
Boshlang’ich ta’limni 1-4 sinflar qamrab oladi, hamda o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish extiyojini, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni milliy va umumbashariy qadryatlarga asoslangan ma’naviy – axloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli munosabatda bo’lish va kasb tanlashni shakllantiradi.
Boshlang’ich ta’limning umumiy o’rta ta’lim olishi zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning 1-sinfiga 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang’ich sinflarda algebraik materiallarni o’rgatish metodikasini puxta ishlab chiqish boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifalaridan biridir.
Mazkur muammo doirasida bitiruv malakaviy ishida boshlang’ich sinflarda matematika darslarida algebraik materiallarni o’rgatish metodikasini yoritib berishga harakat qildik.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darslarida algebraik materiallarni o’rgatish metodikasi mavzusini o’rganib, ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqib va ularni o’quv jarayoniga tatbiq etdik.
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti etib Yakkasaroy tumanidagi 118-maktabning 2-sinfda matematika darslari olindi.
Bitiruv malakaviy ishimizda boshlang’ich sinflar ta’lim jarayonida matematika darslarida tenglik, tengsizlik, tenglama tushunchasini shakllantirish, boshlang’ich sinflarda matematika darslarida sonli ifoda, harfiy ifodalarni o’rgatish metodikasini, boshlang’ich sinflarning o’quvchilarini tenglamalar tuzib masalalar yechishga o’rgatish metodikasini, boshlang’ich sinf matematika darslarida algebraik materiallarni o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari, boshlang’ich sinflarda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya jarayonida algebraik materiallarni o’rgatish bo’yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni ta’lim amaliyotiga tadbiq etish yo’llarini ko’rsatib berildi. Ta’lim jarayonida anketa, savol-javob, suhbat, umumlashtirish, kuzatish, pedagogik eksperiment metodlaridan foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishining mavzusiga oid ilmiy-pedagogik, falsafiy, psixologik manbalar o’rganildi. Bitiruv malakaviy ishida keltirilgan boshlang’ich sinflarda algebraik materiallarni o’rgatish bo’yicha ta’limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalardan bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.
.
Dostları ilə paylaş: |