Mavzu: Matnli masalalarni yechish usullari Reja



Yüklə 44,5 Kb.
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü44,5 Kb.
#45240
1   2   3
12-ma'ruza Matnli masalalar oxirgi 1111

1- masala. Ikkita javonda 180 ta kitob bor. Birinchi javondan ikkinchisiga 10 ta kitob olib qo’yildi. Shundan so’ng, ikkinchi javondagi kitoblar soni birinchisidagi kitoblar soniga qaraganda ikki baravar ko’p bo’lib qoldi. Dastlab har bir javonda qanchadan kitob bo’lgan?
Yechish. 1) birinchi javondagi kitoblar sonini x bilan belgilaymiz. U holda ikkinchi javondagi kitoblar soni (180 – x) ta bo’ladi. Ravshanki, x – natural son va x > 10 bo’lishi kerak; birinchi javondan 10 ta kitob olingach, unda (x – 10) ta kitob qoladi; ikkinchi javonga o’sha 10 ta kitob qo’yilgach, undagi kitoblar soni (180 – x + 10)=(190 – x) ta bo’ladi; 2) masala shartiga ko’ra, ikkinchi javondagi kitoblar soni birinchi javondagidan ikki marta ko’p bo’ladi. Ya’ni 2(x – 10) = 190 – x bo’lishi kerak.
Bu tenglama masala mazmuniga mos tenglamadir. Uni yechib, x ni topamiz:
2x – 20 = 190 – x, bundan 3x = 210, x = 70 ta (kitob). U holda ikkinchi javonda 180 – x = 180 – 70 = 110 ta (kitob) bo’ladi.

Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin