Mavzu: Mehmonxonalarda mehmonlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish jarayonlari



Yüklə 0,79 Mb.
tarix11.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#96359
1481976185 65196

Mavzu: Mehmonxonalarda mehmonlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish jarayonlari.


Xizmatlar - bu maqsadga muvofiq mehnat faoliyati va uning natijasi bo'lib, kishining biror-bir ehtiyojini qondirishda aks etadi. Xizmat tushunchasi universal holda, ya'ni har tomonlama yoki haryoqlama ahamiyatga ega bo'lib, u narsa shaklida nomoddiy va saqlanmaydigan, uni o'lchab bo'lmaydigan, jonli mehnat jarayonida taqdim etilishi va faqat baholash mumkin bo'ladi xolos.
Mehmonxona korxonalarining o'ziga xosligi shundan iboratki, unda mijozlarga xizmat ko'rsatish tezkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Ushbu omil mehmonxonani tanlashda ayniqsa katta ahamiyatga bo'ladi. Bir qator
mehmonxona xizmatlarini taqdim etish hatto sekundlar bilan o'lchanadi.
Tokio shahridagi mehmonxonalar eng tez xizmat ko'rsatishni taklif qiladilar, qaysikim qabul chog'ida mehmonlarga xizmat ko'rsatish uchun zarur eng ko'p vaqt 45 sekund bilan chegaralangan. Boshqa ko'pchilik mehmonxonalarda shunga o'xshash amallarni bajarishga 10-15 minut sarflanadi. Rossiya mehmonxonalarida esa shunday yumushlarni bajarish uchun 30-40 minut, undan ko'proq vaqt sarflashga to'g'ri keladi.
Mehmonxona xizmatlarining o'ziga xosligi, tashrif buyurgan mehmonlarga xizmat ko'rsatish xususiyatlari va texnologiyalari bilan belgilanadi. Mehmonlarga xizmat ko'rsatish texnologik jarayonlari o'z ichiga quyidagilarni oladi:
  • mehmonxonaga kirishda mehmonlarni kutib olish;
  • registratsiya (qayd qilish), hujjatlarni rasmiylashtirish va mehmonlarni joylashtirish;
  • mehmonlarga nomerda xizmat ko'rsatish;
  • mehmonlarning ovqatlanishi chog'ida xizmat ko'rsatish;
  • mehmonlarning madaniy talablarini qondirish - ya'ni sport, sog'lomlashtirish va fitnes-xizmat talablari;
  • jo'nab ketishini rasmiylashtirish, kuzatib qo'yish.

Mehmonxona xizmatlarini ishlab chiqarish va iste'mol qilinishi mehmonning mehmonxonaga kelgan paytidan jo'nab ketilganiga qadar bir vaqtning o'zida kechadi. Butun mehmonxona sikli davomida mehmon xizmatlarni mehmonxona xodimi faoliyatining natijasi sifatida qabul qiladi.
Mehmonxona xizmatlari bitta joy da - xizmat ko'rsatish joyida ishlab chiqiladi va iste'mol qilinadi, iste'molchining o'zi esa taqsimlash tizimi qismiga aylanadi. Mehmonlar xizmat ko'rsatuvchi xodimlar bilan restoranda, nomer (xona)da, oshxonada ro'baro' (duch) keladi. Demak, mehmonxona korxonasi xodimlarning mijozlar bilan bo'ladigan aloqasini izchil yo'lga qo'yishi kerak. Shu bilan birga mehmonlar jamoat joylarida belgilangan xulq-avtor, odob-axloq normalariga, yashashda tartib-qoidalariga rioya etishi shart.
Mehmonxona xizmatlarining muhim xususiyatlari shundan iboratki, ularni jamg'arish va saqlash imkoniyati yo'qligi hisoblanadi. Shuningdek nomer fondiga talabnoma qabul qilishda va odamlarni joylashtirishda uning tabiiy sig'imidan oshib ketmasligiga yo'l qo'yish mumkin emas. O'sha vaqtda mehmonxonada bo'sh qolgan nomer va o'rin-joylarning yo'qotilishiga olib kelishini ham unutmaslik zarur. Mehmonxona xizmatlari - bu mehmonlar va mehmonxona xodimlarining uyushgan holda o'zaro hamkorligi bo'lib, butun faoliyat davomida mehmonlarga uzluksiz ta'sir etadi. Bu mahsulot faqat mehmonlar bo'lgan vaqt davomida amalga oshiriladi. Ushbu vaqt davomida mehmonlar va mehmonxona o'rtasida doimiy muloqot boradi, uni dasturlash yoki allaqanday standart yoki xizmat ko'rsatish algoritmi yaratish imkoni yo'q. Shu bois, mehmonxona xizmatlari har bir konkret holatda individual xarakter kasb etadi.
Mehmonxona-tijoriy korxona bo'lib u kompleks xizmatlarni ishlab chiqaruvchi, o'zi ishlab chiqargan mahsulotini ya'ni «tovar» (joylashtirish, ovqatlantirish va boshqa xizmatlar)ini turizm bozorida sotishga taklif qiluvchi hisoblanadi.
Mehmonxona xizmatlarini mahsulot ya'ni tovar sifatida ko'rib chiqadigan bo'lsak, unda xizmat ko'rsatishning uchta darajasini ajratishimiz mumkin:
  • alohida xizmatlar va xizmatlar guruhi;
  • «mehmonxona» mahsuloti kompleks xizmat sifatida;
  • «mehmonxona» mahsuloti qo'shimcha xizmatlarning kompleks xizmatlari sifatida.

Mehmonxona xizmatlarining mazmun mohiyati qo'yidagilardan iborat bo'ladi. Birinchidan, foydalanishga maxsus bino (mehmonxona nomeri-xonasi) taqdim etiladi; ikkinchidan, bevosita mehmonxona xodimlari bajaradigan xizmatlar ya'ni mehmonlarni qabul qilish va ularni rasmiylashtirish ishlari, mehmonxona nomerlarini yig'ishtirish va h.k. xizmatlarni taqdim qilishadi.
Mehmonxona nomeri (xonasi) - joylashtirish xizmatining asosiy elementi bo'lib hisoblanadi. U mehmonlarning yashashi, dam olishi, uxlashi, ishlashi uchun mo'ljallangan ko'p funksiyali binodir.
Mehmonxona nomerlari odatda mehmonlar tomonidan kechqurun va tungi paytda ularga uxlash uchun imkoniyat yaratadi. Boshqa funkitsyalar aliamiyati esa eng awal mehmonxonaning mo'ljallangan va mehmonlar ehtiyojlariga bog'liq bo'ladi. Misol uchun, ishbilarmonlarga mo'ljallangan mehmonxonada mehmonlarning ishlash imkoniyatini ta'minlash kabi funksiya juda muhim hisoblanadi. Ya'ni bu yerda mehmon uchun yozuv stoli, telefon, faks, kompyuter va boshqalarning bo'lishi zarur bo'ladi.

Mehmonxona va turistik komplekslarda tur xil kategoriyadagi nomerlar bo'lib, ular o'zining maydoni, mebeli, jihozlari, yoritilishi va boshqa tomonlari bilan farq qiladi. Biroq kategoriyasidan qat'iy nazar har bir mehmonxona va nomeri qo'yidagi mebellar va uskuna-jihozlarga ega bo'lishi shart:
Har bir nomerda mehmonxona haqidagi maTumot va yong'in ro'y berganda evakuatsiya qilish plani (sxemasi) bo'lishi zarur.
Mehmonlarga ovqatlanish xizmati ko'rsatish quyidagi jarayonlar kombinatsiyalaridan iborat bo'ladi:
  • ishlab chiqarish (oshxonada taomlar tayyorlash) bo'limi;
  • savdo-sotiq (iste'molga tayyor mahsulotlar, alkogoli va alkogolsiz ichimliklarni sotish) bo'limi;

  • • servis (restoran, bar, kafe, mehmonxona nomenda mehmonlarga ofitsiant tomonidan xizmat ko'rsatish) bo'limi. Mehmonxona va turistik komplekslardagi qo'shimcha va boshqa xizmatlarga basseyn, sport zal, konferen-zal muzokaralar zali, avtomobilni prokatga berish, kiyimlarni kimyoviy tozalash
    korxonasi, sartoroshxona xizmatlari, massajxona va boshqalarni taklif etish kiradi. Hozirgi vaqtda mehmonxona korxonalarining bozoriy jalb qilishini shakllantirishda qo'shimcha xizmatlar tobora ko'proq ahamiyat kasb etayotir.

Qaysidir mehmonxonadan ustunlik qilish uchun mehmonxonaning shinamligiga, undagi xizmatlarga, narxiga e'tibor qaratadi. VIP va CIP mijozlarga mehmonxonalarda xizmat ko'rsatish xodimlar dan yuqori darajali malakalarni va o'zgacha e'tiborni jalb qilishni talab qiladi. Mijoz darajasida xizmatdan ham yuqori darajada bo'lgan xizmatni taqdim etish bu mehmonxonaning mijoz xotirasida yaxshi o'rin egallashi muhimdir. VIP va CIP mijozlar nozik didli bo'lib ular ko'pincha tinchlik sokinlikni xush ko'ruvchi omma oldiga chiqishni xush ko'rishmaydilar. Kechki ovqatni o'z xonasiga olib kelishini so'rashadi. Bossenga bormoqchi bo'lsa u yerda hech kim bo'lmaganida borishni xohlaydi. Mijoz xonsiga mijoz kelishdan oldin gullar, mevalar, sovg'alar, qo'yiladi. Mijozga e'tibor tariqasida mijozga bosh menejer yoki direktor tomonidan tabriknoma atkritkasini yuboradi.
VIP va CIP mehmonlarga xizmat ko'rsatishning namunaviy standarti quyidagicha bo' ladi:
VIP va CIP - mehmonlar uchun rezervlash. O'ziga xos e'tiborni talab qiluvchi mehmonlarga quyidagilar kiradi:
rasmiy ta'riflar bo'yicha oliy kategoriyali xonalarda (nomerda) yashaydigan barcha mijozlar;
mehmonxonalarda o'tkaziladigan tadbirlar Kompaniyaning o'ziga xos e'tiborini talab etuvchi shaxslar.
mehmonxonada bir necha marta tunagan shaxslar
Thank you for
your attention!
Edited by Shakhriyor Khalilov
Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin