Mavzu: Mehnatni muhofaza qilish va uning talablari



Yüklə 130,17 Kb.
səhifə11/12
tarix21.05.2023
ölçüsü130,17 Kb.
#119151
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Hujjat (11)

219-modda.Xodimning o'z hayoti va sog'lig'iga tahdid solayot-gan ishni bajarishni rad etish huquqi
Xodim ish jarayonida o'zining hayoti va sog'lig'iga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelib qolganligi to'g'risida ish beruvchiga darhol xabar qiladi. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirib borish va nazorat qilish bilan shug'ullanuvchi organlar ana shu holatlarni bartaraf etish choralarini ko'radi.Agar zarur choralar ko'rilmasa, xodim o'zining hayoti yoki sog'lig'iga tahdid soluvchi holatlar bartaraf etilgunga qadar tegishli ishni bajarishni rad etishga haqlidir. Ana shu davr mobaynida xodimning o'rtacha ish haqi saqlanadi.
220-modda.Nogironlar mehnatini muhofaza qilishning qo'-shimcha choralari
Ish beruvchi belgilangan kvota hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mehnat organi tomonidan yo'llangan nogi-ronlarni ishga qabul qilishi shart. TMEK ning nogironlarga to'liqsiz ish rejimi o'rnatish, ular-ning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir. I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to'lash kamay-tirilmagan holda ish vaqtining haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
I va II guruh nogironlariga 30 kalendar kundan kam bo'lma-gan muddat bilan yillik uzaytirilgan ta'til beriladi. Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo'Isa,yo'l qo'yiladi.
221-modda. Xodimlarga dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish va ularni davolash-profilaktika muassasalariga olib borish
Ish beruvchi ish joyida kasal bo'lib qolgan xodimlarga dastlabki tibbiy yordam ko'rsatishga qaratilgan choralar ko'rishi shart. Ish joyida og'rib qolgan xodimlarni davolash-profilaktika muassasalariga olib borish, zarur hollarda, ish beruvchining hisobidan amalga oshiriladi.
222-modda.Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olib borish va tekshirish
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o'z vaqtida tekshirishi va hisobga olib borishi shart. Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e'tiboran uzog'i bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to'g'risida dalolatnoma berishi shart.

Yüklə 130,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin