Mavzu: Mehnatni muhofaza qilish va uning talablari



Yüklə 130,17 Kb.
səhifə7/12
tarix21.05.2023
ölçüsü130,17 Kb.
#119151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Hujjat (11)

19-modda. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo'yicha o'qitish va ularga yo'l-yo'riqlar berish Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan, rahbarlari o'z kasblari va ish turlari bo'yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o'qishlari, yo'l-yo'riqlar olishlari,bilimlarini tekshiruvdan o'tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o'tishlari shart. Ma'muriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek, boshqa ishga o'tkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o'rgatishni tashkil etishi, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko'rsatish bo'yicha yo'l-yo'riqlar berishi shart.O'ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qili-nadigan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo'yicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqt-vaqti bilan qayta attestatsiyadan o'tiladigan o'quv o'tkaziladi. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha belgilangan tartibda o'qitish, yo'l-yo'riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o'tmagan shaxslarni ishga qo'yish taqiqlanadi. Ma'muriyat xodimlarining mehnatni muhofaza qilish masa-lalari bo'yicha malakasini muntazam oshirib borilishini ta'minlashi shart.
20-modda.Mehnat sharoitlari hamda mehnatning muhofaza qilinishi to'g'risida xodimlarning axborot olishga doir huquqlari
Korxona xodimlari ish joylaridagi mehnat sharoitlarining ahvoli va muhofaza qilinishi, bunda lozim bo'lgan shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va tovon pullari to'g'risida axborot talab qilish huquqiga egadirlar, ma'muriyat esa ularga bunday axborotni berishi shart.
21-modda.Xodimlarning ayrim toifalari uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari. Xodimlarning ayrim toifalari (xotin-qizlar,yoshlar,mehnatga qobiliyati cheklangan shaxslar), shuningdek, mehnatning og'ir va zararli sharoitlarida ishlovchi xodimlar uchun mehnatni muho-faza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgi-lanadi. 

Yüklə 130,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin