Har bir menejer o‘ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash boshqarishdagi o‘ziga xos yo‘l, usul ma’nosini anglatadi. Shu nuo‘tai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim
Har bir menejer o‘ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash boshqarishdagi o‘ziga xos yo‘l, usul ma’nosini anglatadi. Shu nuo‘tai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:
Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni ha qilish usullari, yo‘llari majmuasidir. Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror bir organning yoki rahbarning bo‘ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko‘rsatish usuli va yo‘llari majmuasidir. Masalan: mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi; vazirlik, qo‘mita, hokimiyatlarning ish uslubi; sud, prokuraturalarning ish uslubi; korxona, tsexlarning ish uslubi; ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokozolar. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuo‘tai nazardan ish uslubi g’oyat ko‘p qirrali tushunchadir.