Mavzu: Metallarni tekislash Reja



Yüklə 69,27 Kb.
səhifə2/2
tarix08.05.2023
ölçüsü69,27 Kb.
#109478
1   2
Mavzu Metallarni tekislash Reja

nusxa tushirish usuli bo'yicha yuzalarni hosil qilishda asbob kesuvchi qirrasining shakli detal ishlanayotgan yuzaning yasovchisiga mos bo'ladi.

  • iz hosil qihsh usulida kesish harakatlari shakllantiruvchi hisoblanadi.

  • urinma usuli bo'yicha shakJ hosil qiluvchi harakat sifatida su-rish harakati ahamiyatli bo'ladi (masalan, frezalashda)

  • aylanib o'tish (obkat) usulida asbob tig'ining ketma-ket joy-lashgan qator holatlarini aylanib o'tuvchi chiziq shakllantiruvchi bo'ladi (masalan, tish frezalash yoki kertishda).

    Tokarlik keskichi elementlari va geometriyasi\
    Metall kesuvchi asbobning barcha turlari, shu jumladan tokarlik keskichlari, quyidagi ikki qismdan iborat:

    1. asbobning korpusi yoki dastasi;

    2. kesuvchi qismi.

    Kesuvchi qismi bir yoki bir necha konstruktiv alohida kesuvchi element (tish)lardan tashkil topgan. Har bir kesuvchi element oldin-gi yuza, orqa yuzalar va yordamchi yuzalarni o'z ichiga oladi. Oldingi va orqa yuzalar o'zaro kesishib bosh va yordamchi kesuvchi qirralarni hosil qiladi. Bosh va yordamchi kesuvchi qirralarning kesishgan nuq-tasi asbob kesuvchi qismining uchi deb ataladi. Kesuvchi qirralar va ularga yondoshgan oldingi va orqa yuzalarning kontaktlanuvchi qism-Iari tig'larni hosil qiladi. Tig' (bosh, yordamchi)lar zagotovka metali­ning qarshiligini yengib, unga botib kiradi va nisbiy ishchi harakat davomida oldindagi metall qatlamining bir qismini kesib ajratadi hamda qirindiga aylantiradi. Barcha kesuvchi asboblarda tig'ning ko'ndalang kesimi pona shakliga ega.
    Tokarlik keskichining kesuvchi qismi quyidagi konstruktiv elementlarga ega (2.2-rasm):




    Bosh (asosiy) tig' asosiy kesuvchi qirra 1-2 va unga yondoshgan oldingi yuzaning 1-2-9-10-1 konturi bo'yicha chegaralangan kontakt-lanuvchi maydonchasi va orqa yuzadagi 1-2-11-12-1 konturi bo'yicha chegaralangan kontaktlanuvchi maydonchani o'z ichiga oladi. Bosh (asosiy) tig' qo'yilma (припуск) qatlamini kesish bilan bogiangan asosiy ishni bajaradi. Uzunligi bo'yicha bosh tig' yordamchi tig'lardan kattaroq bo'ladi.


    Asbobning kesuvchi elementlari (tishlari)ni tashkil etuvchi oldin-gi va orqa yuzalar, bosh (asosiy) va yordamchi kesuvchi qirralarning vaziyati asbob korpusiga nisbatan geometrik parametrlar deb ataluv-chi burchakli kattaliklar sistemasi orqali ifodalanadi. Geometrik parametrlarning miqdoriy qiymatlari asbobning ishchi chizmalarida ko'rsatiladiki, ular bo'yicha, birinchidan berilgan shaklga ega bo'lgan kesuvchi elementlar tayyorlanadi va ikkinchidan, barcha burchak-larning tayyorlanish aniqligi universal yoki maxsus nazorat - o'lchov asboblari va priborlari yordamida tekshiriladi.
    Turli kesuvchi asboblarning kesuvchi elementlariga xos bo'lgan geometrik parametrlarni o'tuvchi tokarlik keskichi misolida ko'rish mumkin. Keskichning kesuvchi qismini x, y, z o'qlariga ega bo'lgan to'g'ri burchakli koordinatalar sistemasiga "bog'laymiz" (2.3-rasm). Quyidagi shartlar qabul qilinadi:
    1) yo'nilayotgan zagotovkaning aylanish o'qi o'qiga parallel;

    1. keskich stanok orqa babkasi markazi bo'yicha (yoki keskich zagotovkaning aylanish o'qi balandligida) o'rnatilgan;

    2. bo'ylama yo'nalishda asosiy kesuvchi qirraning zagotovkaga boti-rilib kirishi uchun surish harakati (uning tezligi Vs) x o'qi bo'yicha yo'nalgan;

    4) surish harakati vektorining ta'sir etish nuqtasi sifatida keskich-
    ning uchi (/) olingan./-2'bosh (asosiy) kesuvchi qirra 1-2 ning xy (gorizontal) tekis-ligidagi proyeksiyasi bo'lib, bu chiziq surish tezligi vektorining proyek-siyasi Vs bilan ф burchagini tashkil etadi;Г-3' yordamchi kesuvchi qirra 1-3 ning xy (gorizontal) tekis-ligidagiproyeksiyasi bo'lib, bu chiziq surish tezligi vektorining proyek­siyasi Vs bilan ф, burchagini tashkil etadi.Ф va ф, burchaklari plandagi burchaklar deb ataladi.Shunday qilib, plandagi bosh burchak ф deb, gorizontal koordi-nata tekisligida o'lchanadigan shu tekislikdagi surish harakati vek­torining proyeksiyasi Vs bilan bosh (asosiy) kesuvchi qirra proyeksi­yasi orasidagi burchakka aytiladi.Plandagi yordamchi burchak ф, deb, gorizontal koordinata tekis­ligida o'lchanadigan shu tekislikdagi surish harakati vektorining proyek­siyasi Vs yo'nalishi biIan yordamchi kesuvchi qirra proyeksiyasi orasida­gi burchakka aytiladi.Bosh kesuvchi qirra xy koordinata tekisligiga parallel yoki u bilan burchak tashkil qilishi mumkin. 2.4-rasmda asosiy kesuvchi qirra 1-2 ning uch xil holati keltirilgan.



    ADABIYOTLAR RO'YXATI

    1.JT. В. Перегудов, A X- Хошимов вабошк,. Автоматлаштирилган корхона станоклари.—Т.: Узбекистон, 1999.


    2.Грановский Г.И. и др. Резание металлов: Учебник для машиностр. и приборостр. спец. вузов.-М.: Высш. шк., 1985.
    3.Технология обработки конструкционных материалов: Учебникдля машиностр. спец. вузов. Под ред. П.Г. Петрухи.—М.: Высш. шк., 1991.
    4.Бобров В.Ф. Основы теории резания, Машиностроение, 1975.
    5.Армарего И. Дж. Обработка металлов резанием. Перевод с англ. —М.,1977.
    6.Зорев. H. H. Вопросы механики процессарезания металлов. —M, Машгиз,1956.
    Yüklə 69,27 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin