Mavzu Metallilik nazariyasi Bajardi bbi -71 guruh talabasi-fayllar.org
Oltin deviz standart
Oltin quyma standartga kirmagan mamlakatlarda banknotalarni bevosita oltinga almashtirish tiklanmadi. Bu mamlakatlar o’z kredit pullarini oltin quyma standartga kiruvchi mamlakatlarning devizlariga (ya’ni valyutalariga) almashtirishini mo’ljallangan edilar. Bu bir mamlakat valyutasining ikkinchi davlat valyutasiga bog’liqlarini keltirib chiqarar edi. Pul sitemasining bu ko’rinishi oltin deviz standart nomini oldi. 1929-33 yillardagi jahon krizisidan keyin barcha mamlakatlarda oltin deviz standartning ba’zi elementlarini oltin dollar standart o’zida olib qoldi. Bu standartning o’ziga xos xususiyati shunda ediki; birinchidan, bu standartdan foydalanish huquqi faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan edi, ikkinchidan, bu standartda faqatgina AQSh dollarigina oltin bilan aloqasini saqlab qolgan edi xolos. 1971 yil dekabr oyidan boshlab dollarning oltin pariteti bekor qilinishi bilan oltin standartning barcha ko’rinishlari o’z kuchini yo’qotdi. Oltin standarti barbod bo’lishi va iqtisodiyotni davlat ishtirokida boshqarilishiga o’tilishi bilan metall pul nazariyasining o’rni boshqa nazariya bilan almashtiriladi. Neometalizmoimining asosiy kamchiligi shundaki, ular iqtisodni davlat tomonidan boshqarilishi bilan oltinga almashtirilmaydigan kredit pullar orasida ichki bog’lig’ini e’tiborga olmadilar.