Sana:___________________
2-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Etilenning olinishi va xossalari.
Maqsad:laboratoriya sharoitida etilen olish va uning kaliy permanganat eritmasi va bromli suvni rangsizlantirishini amalda kuzatish.
Kerakli jihozlar: shtativ, probirkalar,gaz o’tkazish nayi
Kerakli reaktivlar: etil spriti , konsentrlangan sulfat kislota, qum yoki pemza bo’lagi,quruq yoqilg’i, kaliy permanganat eritmasi va bromli suv.
Ishning borishi.
Toza probirkaga oldindan tayyorlab qo’yilgan etil spriti bilan konsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan 1,5-2ml solib, probirkani gaz o’tkazuvchi nayli trubka bilan tutashtiring.Spirt alangasida qizdiring. Aralashma bir me’yorda qaynashi uchun kichkina bo’lak g’ovak material (pemza) yoki biroz qum soling.Probirkadagi aralashma qaynay boshlaganda, gaz o’tkazuvchi trubkaning ikkinchi uchini boshqa probirkadagi brom suviga botiring.Bunda brom suvinig rangi asta-sekin yo’qoladi. Qizdirishni davom ettirib, gazli trubkaning ikkinchi uchini boshqa probirkadagi kaliy permanganat eritmasi ustiga botiring. Bunda asta-sekin etilenning oksidlanishi hisobiga permanganat eritmasining rangi yo’qoladi.
Qizdirishni davom ettirib, nayli trubka uchi alangaga yaqinlashtirilganda etilen havorang
alanga berib yonadi.
Dostları ilə paylaş: |