Mavzu: Mexanik ishlov berishdagi aniqlikka erishishning zamonaviy usullaari Reja: 1 O’lchamlar zanjirlarini xisoblash



Yüklə 23,75 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü23,75 Kb.
#179066
1   2
mexanik ishlov berishning aniqligini oshirish yo’llari

2.Mexanik ishlov berish usullari
mexanik energiyani (mexanikaviy yuklamani) ishlanuvchi materialga (tanavorga) ma’lum ko’rinishdagi asbob bilan tegishli yuklash sxemasida ta’sir etishi bilan tavsiflanadi. Ishlov berish jarayoni tanavor materialini deformatsiyalanishi va buzilishi (bo’linishi yoki ajralishi) va uning qismi qirindi ko’rinishida (ko’proq yirik o’lchamlik chiqindilar) ajralishi, shuningdek materialning dastlabki hajmini qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Bu yerda shakl o’zgarishi, o’lchamlari va sirtlarning va yuza qatlami yoki butun hajimning parametrlari (g’adir-budirliklari, fizik-mexenik xususiyatlari, strukturasi) o’zgarishlari ro’y beradi.
Umumiy holda mexanik ishlov berish usullari ishlanuvchi tanavor sirtiga ponasimon qattiq tana–asbobning kesuvchi qismi kirib joylashishi bilan tavsiflanadi, u dastgoh uzatmasi kuchi ta’siridan siljib harakatlanadi. Buning natijasida kesuvchi ponali asbob va tanavor kesiluvchi qatlami kontakt zonasida qirindi hosil bo’lishiga va uni tanavordan ajratishga olib keluvchi murakkab fizik–kimiyoviy plastik deformatsiyalanish jarayoni va metalni buzilishi sodir bo’ladi. Mexanik ishlov berishda kesish jarayoniga plastik deformatsiyalashning va yuzadagi dispergiyalangan, materialning kesiluvchi qatlami murakkab kuchlanganlik hajmiy holatda bo’layotgan ko’rinishi kabi qaraladi.
Tig’li asbob bilan mexanik ishlov berishda kesishning ikki turi mavjud: 1) uzluksiz (yo’nish, parmalash, zenkerlash, razvertkalash va boshq.) va 2) uzlukli (randalash, frezalash, tortib–sidirish, bosib–o’yish).
Mashina va priborlarning detallarini tayyorlash texnologik jarayonida mexanik ishlov berish (MIB), eng ko’p va asosiy usullar guruhini tashkil etadi. Mexanik ishlov berish usullarining qo’llaniluvchi asboblar turiga bog’liq, tasnifi

3. Aniqlikka avtomatik erishish usulini qo’llashda aniqlikni oshirish yo’llari
Bu sharoitlarda texnologik omillarning aniqlikka ta’siri, avvalgi usulga qaraganda boshqacharoq bo’ladi. Tanavorlarga sozlangan dastgohlarda ishlov berish ishchining individual mahoratining muhimligi texnologik jarayon borishiga va sifatli mahsulot olishga ta’sirini deyarli to’la yo’q qilishi mumkin.
Subektiv omil dastgohni bajariluvchi o’lchamga sozlash va qayta sozlash jarayonida ishlov berish aniqligiga ta’sir ko’rsatadi. Ishchining subektiv sifati ishlanuvchi tanavorlarni mahkamlashlarda namoyon bo’ladi. Pnevmatik, gidravlik va boshqa kuch beruvchi qismlarni mahkamlash mexanizmlarini ishlatish, ishchini ishlov berish aniqligiga ta’sirini amalda yo’q qilinadi.
Berilgan usulda ishlov berish aniqligiga texnologik omillarning ta’sirini ko’rib chiqamiz.
Кesish kuchi ta’siridan texnologik tizimni deformatsiyalanishi ishlanuvchi yuzalarning shakl xatoliklarini keltirib chiqaradi. Partiyadagi tanavorlar qatlamlarining nostabilligi, nusxalanish hodisasi bilan bog’liq bo’lgan bajariluvchi o’lcham xatoligini keltirib chiqaradi.
Yuzalarning shakl xatoliklarini texnologik tizim bikirligini oshirish va bir xilda qilish bilan va shuningdek har bir individual tanavor chegarasida materialning mexanik sifatini bir xildaligini yaxshilash bilan kamaytirish mumkin. Partiya detallarning berilgan kesimda bikirligini oshirish bilan, dastlabki tanavor qo’yimini kamaytirish bilan, shuningdek ularning materiallarini mexanik xususiyatlarini bir xildaligini oshirish bilan bajariluvchi o’lchamlar xatoligini qisqartirish mumkin. Xuddi shu kabi detallar yuzalarining o’zaro joylashish aniqligini oshirish mumkin.
Tanavorlarni moslamalardagi o’rnatuv xatoliklari, detallarning bajariluvchi o’lchamlari va yuzalarning o’zaro joylashish aniqliklariga ta’sir ko’rsatadi. O’rnatuv va o’lchov bazalarni bir yuzadan olish bilan bazalash xatoligi nolga teng qilinadi. Moslama tayanchlarini ratsional tanlash bilan qisish kuchini qo’yish joyi va yo’nalishini to’g’ri tanlash bilan va shuningdek qisish kuchini doimiyligini ta’minlovchi mahkamlash mexanizmlarini qo’llash bilan mahkamlash xatoligi sezilarli miqdorda kamaytirilishi mumkin. O’rnatuv xatoligini aniqlashda, shuningdek moslama tayanchlarini yeyilishini va boshqa xatoliklarni hisobga olish kerak.
Ishlanuvchi yuzalarning shakl xatoliklari yupqa devorli va bikirligi kam detallarni qisuvchi kuchlar ta’siridan deformatsiyalanishlari tufayli bo’lishi mumkin. Bu xatoliklar yupqa devorli halqalar, gilzalar, korpusli va boshqa detallarga xos. Ishlanuvchi detallarni ratsional sxema bilan o’rnatish va mahkamlash bilan aniqlikni oshishiga erishish mumkin.
Кeskich asbobning yeyilishi, gabariti katta bo’lmagan partiya detallarga ishlov berishda, amalda faqat ularning o’lchamlari aniqligiga ta’sir ko’rsatadi.
Dastgohlarni geometrik xatoliklari yuqorida aytilganidek faqat yuzalar shakl xatoliklarini kelib chiqishiga ta’sir ko’rsatadi. Aniqlikka erishishning ikkala usullarida ham dastgohning geometrik xatoligi ishlov berishning bir xildagi xatoliklarini chaqiradi.
Bajariluvchi o’lchamlar aniqligiga dastgohning qizish davriga to’g’ri keluvchi, ya’ni issiqlik muvozanatlashguncha texnologik tizimning haroratli deformatsiyasi jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Agar undan keyin dastgoh qayta sozlangan bo’lsa berilgan bu omilni keyinchalik hisobga olmasa ham bo’ladi. Texnologik tizimni haroratdan deformatsiyalanishi natijasida o’lchamlar egri chiziq taqsimotida guruhlashish markazining siljishi sodir bo’ladi. Dastgohni davom etuvchi uzoq to’xtatib qo’yishda (30 daqiqa va ko’proq vaqtga) guruhlashish markazi teskari tomonga siljiydi. Dastgohni haroratdan deformatsiyasini ta’sirini, uni navbatdagi qayta sozlash bilan yo’qotib, keyingi ishlov berishlarni uzoq tanaffussiz ritmik ravishda olib borish kerak.
Tanavorlarning ichki kuchlanishlari ishlov berish aniqligiga xuddi shuningdek, «Aniqlikka erishguncha ishlov berish usuli» dagi kabi ta’sir etadi.
Sanab chiqilgan xatoliklarni umumiy balansdagi (yig’indi xatolikdagi) ulushi doimiy emas va bajariluvchi amalning ko’rinishiga, ishlov berish usuliga, dastgohning turkumi va holatiga, uning bikirligi va boshqa omillariga bog’liq.
Birlamchi ishlov berishda kesish kuchi ta’siridan texnologik tizimning elastik deformatsiyasidan kelib chiquvchi xatolik ustunlik qiladi. Alohida hollarda ularning miqdori berilgan o’lcham qo’yimining 30% gacha yetadi. Toza va pardozlov ishlovlar berish sharoitida bu xatoliklarning roli sezilarli darajada pasayadi.
Qattiq qotishmali zamonaviy markalardagi plastinkalik keskich asboblarning o’lchamli yeyilishidan kelib chiquvchi xatoliklar, nisbatan katta emas, toza va birlamchi ishlov berish uchun ularning qiymatlari umumiy yig’indi xatolikning 10-20 % oralig’ida bo’ladi. Dastgohni sozlash xatoliklari birlamchi ishlov berishda 20...30 % ni, toza ishlov berishda 30-40 % ni tashkil qiladi.
Dastgohni geometrik noaniqligi natijasida kelib chiquvchi ishlov berish xatoligi 10...30 % gacha etadi. Dastgohllar tayyorlovchi zavodlar uchun, dastgohlarga ruxsat etilgan geometrik xatoliklari, ishlov berish qo’yimining 10...15 % oralig’ida o’rnatiladi; dastgohlarni yeyilishi uchun bu foiz bir qancha oshiriladi.
Texnologik tizimni haroratdan deformatsiyalanishidan kelib chiquvchi xatoliklar, alohida hollarda yig’indi xatolikning 10...15 % gacha etadi.
Yupqa devorli, bikirligi kam va turg’un emas tanavorlarga ishlov berishda qoldiq kuchlanishning ta’siri natijasida sodir bo’luvchi xatoliklar 40 % gacha etishi mumkin.
Har bir konkret amal uchun aniqlikni shaxsan alohida tahlil qilish, uni oshirishning katta effekt beruvchi imkoniyatlarini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Shunga o’xshash tahlil qilish, kompleks xarakterga ega bo’lishi ham mumkin, agarda tekshirishga alohida amallar emas, balki to’la jarayon qo’yilsa.
Loyihalanuvchi jarayonni aniqlikka hisoblash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1) texnologik jarayonni hamma amallari va o’tuvlari bo’yicha alohida texnologik omillar tomonidan kelib chiquvchi birlamchi xatoliklarni aniqlash maqsadida batafsil tahlil qilish;
2) birlamchi xatoliklarni hisoblash bilan yoki me’yoriy materiallar bo’yicha va ularni buyum o’lchamlari aniqligiga va boshqa aniqlik tavsifnomalariga ta’sirini aniqlash;
3) har bir amalda ishlov berishning umumiy (natijaviy) xatoligini o’rnatish maqsadida birlamchi xatoliklarni qo’shish;
4) hisoblash natijalarini tahlil qilish asosida, birlamchi xatoliklarni yo’q qilish yoki kamaytirish imkoniyatlarini aniqlash; buning natijasida alohida amallarni bajarish aniqligini oshirish bo’yicha konkret tadbir belgilanadi.
Mavjud texnologik jarayonlarning aniqligini nafaqat bayon etilgan usul bilan tahlil qilish mumkin, balki statistika usullari bilan ham. Nuqtali diagrammalar qurib, sistematik doimiy va sistematik qonuniyat asosida o’zgaruvchan xatoliklarni aniqlash mumkin va ularni kichiklashtirish yoki to’la yo’qotish uchun tegishli tadbirlar belgilanadi. To’planuvchi o’rtacha miqdorlarning egri chizig’ini qurish bilan periodik qonun bo’yicha o’zgaruvchi, ishlov berish xatoligini aniqlash mumkin.
Dastgoh supportlarini siljish aniqligini oshirish uchun, surish harakatini kinematik zanjirini soddalashtirishga intilish kerak, ular zvenolarining birlashtirish aniqligini oshirish va supportni tormozlanib, to’xtab–to’xtab harakatlanishini (ayniqsa u yurishining oxirida) yo’qotish zarur.
Кichik siljishlarning aniqligini oshirish uchun foydali tadbir, vint bilan gayka orasida doimiy taranglik yaratish hisoblanadi. Bu holda berilgan birlashmada tirqishning bir tomonini tanlashi natijasida supportning siljish aniqligi oshadi. Surish mexanizmlarining ishlov berishning oxirida aniq to’xtashi uchun to’la bikir bo’lgan tayanchlar o’rnatish bilan amalga oshiriladi.
Mexanik ishlov berishning aniqligini, shuningdek dastgohlar shpindellarining podshipniklarini konstruktsiyasini yaxshilab, aniq qilib tayyorlash natijasida ham oshirish mumkin. Sirpanuvchi podshipniklarni aniq pretsizion qalquvchi podshipniklar bilan almashtirib, qator hollarda radial tirqishlar va ularni ishlov berish aniqligiga ta’siri kamayishiga erishiladi.
Asosiy adabiyotlar

1. Texnologiya konstruksionnыx materialov: ucheb. / Pod obщ. red. A.M. Dalskogo. - 5-ye izd., ispr. - M.: Mashinostroenie, 2003. - 511 s.



2. Sxirtladze A.G. Texnologicheskie protsessы v mashinostroenii: ucheb. - Starыy Oskol: TNT, 2008.- 523 s.
3. Sxirtladze A.G., Boriskin V.P., Makarov A.V. Proektirovanie i proizvodstvo zagotovok: ucheb.- Starыy Oskol: TNT, 2009.- 448 s. Dopolnitelnaya literatura
4. Rudenko P. A. Proektirovanie i proizvodstvo zagotovok v mashinostroenii [Tekst] : ucheb. posobie / P.A.Rudenko, Yu.A.Xarlamov, V.M. Pleskach; Pod obщ. red. V.M. Pleskacha. - Kiev : Vыщa shk., 1991. - 247 s.
5. Kovka i ob’ѐmnaya shtampovka stali: Spravochnik v 2-x t. T.1 / Pod red. M.V. Storojeva.- M.: Mashinostroenie, 1967.- 435 s; T.2 / Pod red. M.V. Storojeva.- M.: Mashinostroenie, 1968.- 448 s.
6. Kovka i ob’emnaya shtampovka: Spravochnik v 4-x t. T.1. Materialы i nagrev. Oborudovanie. Kovka./Pod red. Ye.I. Semenova. - M: Mashinostroenie, 1985.-567s. T.2. Goryachaya ob’emnaya shtampovka./Pod red. Ye.I. Semenova.- M.:Mashinostroenie,1986.-588s. T.3. Xolodnaya ob’emnaya shtampovka./Pod red. G.A. Navroskogo.- M.: Mashinostroenie, 1987.-381s. T.4. Listovaya shtampovka./Pod red. A.D. Matveeva.- M.: Mashinostroenie,1987.- 544s.
http://fayllar.org
Yüklə 23,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin