Mavzu: Mexatronikada xarakat modullari. Reja: Mеxatronika tushunchasi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə1/4
tarix20.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#187341
  1   2   3   4
Mexatronika va robotatexnika MI.



Mavzu: Mexatronikada xarakat modullari.
Reja:

  1. Mеxatronika tushunchasi.

  2. Mеxatronik modular va kompyuterlashtirilgan harakatni boshqarish.

  3. Yurtimizda mexatronika va robototexnika sohalarini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan islohatlar.

  4. Xulosa.



Kirish.
Mexatron modullar va robototexnik qurilmalar ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirishning texnik asoslari hisoblanadi. Hozirgi zamon yangi texnologiyalarida robotlar va robototexnik qurilmalarni qo'llash yildan yilga oshib bormoqda. Ular yordamida yangi texnologik jarayonlar o'zlashtirilmoqda, odamlarni toliqtiradigan, bir xil, og’ir qo'l mehnatidan, sog’liqlari uchun zararli va xavfli ishlardan ozod qilinmoqda, mexatron modullar va robototexnik qurilmalar
ishlab chiqarish texnikasining yangi turlari bo'lib, turli sohalarda keng qo'llanilmoqda. Malumku, mexatron modullar va robotlar elektr matorlari bilan harakatga keltriladi, qurilmalarning harakati o’z navbatida aniqlikni va ishonchlilkni talab qiladi, mexatron modullarda qo'llaniladigan elektromagnit chiziqli o’zgarmas to’k ijro elementlarini taxlil qiladigan bo’lsak ishlash prinspi va tuzilishiga ko’ra boshqarishning qulayligi, tuzilish jihatdan boshqa qurilmalarga nisbatan soddaligi bilan ajralib turadi biz amalda korayatgan elektromagnit chiziqli ijro elementi
ilgarilanma qaytma xarakatni vujudga keltiruvchi qurilma xisoblanib mexatronika va robototexnika soxasida qo’llanilishi iqtisodiy tomondan katta yutuqlarga erishishga olib keladi.



MЕXATRONIKA TUSHUNCHASI.
Mexatronika - bu XXI-asrning texnik ko‘rinishini belgilaydigan zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiyaning yangi jadal rivojlanayotgan sohasi. Mexatronikaning asosiy vazifasi sifat jihatidan yangi funktsiyalar va xususiyatlarga ega bo‘lgan aqlli mashinalarni yaratishdir. Tarixiy jihatdan mexatronika XX-asrning 70-80-yillarida sezilarli darajada rivojlangan robototexnika asosida rivojlanmoqda.
Butun dunyoda mexatronikaga qiziqish tobora ortib bormoqda va tadqiqot, ta’lim va ishlab chiqarish mutaxassislarining yuqori faolligi mavjud.
"Mexatronika va robototexnika" sohasidagi Rossiya Federatsiyasining
amaldagi ta’lim standarti quyidagi ta’rifni beradi: "Mexatronika - bu aniq mexanika birliklarini elektron, elektr va kompyuter komponentlari bilan sinergetik birlashtirishga asoslangan, bu ularning sifat jihatidan yangi modullar, tizimlar va ularning funktsional harakatlarini oqilona boshqaradigan mashinalarni loyihalash va ishlab chiqarishni ta’minlaydi". Sinergiya (yunoncha) - umumiy maqsadga erishishga qaratilgan qo‘shma harakat. Mexatronikaning umumiy grafik belgisi ishlab chiqarish-boshqarish-bozor talablari tashqi qobig‘iga joylashtirilgan uchta kesishgan doiraga aylandi. Bugungi kunda yuqori texnologiyali mahsulotlar bozori yangi avlod mashinalari uchun narx, sifat jihatidan qat’iy talablarni qo‘ydi. An’anaviy mexanik vositalar bilan ularni amalga oshirish deyarli mumkin emas. So‘nggi yillarda eng yangi axborot va ishlab chiqarish texnologiyalari paydo bo‘lishi tufayli ushbu talabni samarali amalga oshirish mumkin bo‘ldi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin