Bunga sabablar - Mehnat migratsiyasi sohasida qabul qiluvchi va yuboruvchi mamlakatlar qonunchiligining nomukammalligi. Mavjud qonunlarni amalga oshirishning aniq mexanizmi, ularni bajarilishi ustidan nazoratning mavjud emasligi.
- Mehnat migrantlarining faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun huquqiy asos sifatidagi ta`sirchan ikki tomonlama bitimlarning mavjud emasligi.
- Mehnat migrantlarini qabul qiluvchi mamlakatlarda undan foydalanish manfaatli bo`lganligi sababli noqonuniy ishchi kuchiga bo`lgan yuqori talab hamda ish beruvchi uchun xorijiy ishchi kuchini yollash tartibining murakkabligi.
- Fuqarolarni xorijda qonuniy ishga joylashtirish bo`yicha Tojikistondagi xizmatlar va infratuzilmalarning rivojlanmaganligi.
- Qog`ozbozlikning keng tarqalganligi.
Markaziy Osiyo hududi mamlakatlaridagi migratsiya darajasini yuqoriligi iqtisodiy asosi iqtisodiy taraqqiyot darajasi va turli mamlakatlardagi daromadlar darajasidagi farqdir. Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun (Qozog`iston bundan mustasno) Rossiya mehnat migrantlari uchun iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va boshqa omillar tufayli eng maqbul mamlakatdir.

YUqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda, mamlakatdan chiqib ketayotgan ishchi kuchi oqimining iqtisodiy zarari o`ta katta, degan uzil-kesil xulosaga kelish mumkin. Migratsiya natijasida mintaqa mamlakatlarining eng malakali mehnat zahiralari qatlamlarining yo`qotilishi mlliy iqtisodiyotlarning uzoq muddatli jonlanish istiqbollariga putur etkazadi va ham ichki, ham xorijiy investitsiyalarning mehnat talab qiluvchi sohalarga kiritilishini kamaytirib yuboradi. Ular o`tmishda raqobatli afzalliklarga ega bo`lgan va Markaziy Osiyo davlatlarining milliy iqtisodiy tizimi uchun yo`l boshlovchi bo`lishi mumkin edi. Bu ham, iqtisodiy xavfsizlikning o`sishiga imkon bermaydi.