Mavzu: mijozlarga hisobvaraq ochish va yuritish



Yüklə 5,35 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü5,35 Kb.
#186652
2 5302999925712238701


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
HBA93 TAlABASI
Aminjonov Davlatbek
MAVZU:MIJOZLARGA HISOBVARAQ OCHISH VA YURITISH
TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorga 1-ilovaning 8-bandi birinchi xatboshisi 2023-yil 1-maydan kuchga kiradi.
bank hisobvarag‘i — bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq bo‘lib, unga ko‘ra bank mijozning hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvarag‘idan tegishli pul mablag‘larini o‘tkazish hamda berish va hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi;
talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq — mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki o‘tkazib beriladigan mablag‘larning hisobi yuritiladigan bank hisobvarag‘i;
jamg‘arma depozit hisobvaraq — bu mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan va shu maqsad uchun yo‘naltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablag‘lar hisobi yuritiladigan bank hisobvarag‘i;
muddatli depozit hisobvaraq — shartnomada qat’iy kelishilgan muddatga qo‘yilgan mijozlarning mablag‘lari hisobi yuritiladigan bank hisobvarag‘i;
metall hisobvaraq — banklar tomonidan mijozlarga qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni hisobini yuritish uchun ochiladigan hisobvaraq;
vakillik hisobvarag‘i — bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) yoki boshqa bankda ochilgan, banklararo to‘lovlarni o‘tkazishga va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga mo‘ljallangan hisobvarag‘i;
Mijozlar banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin:
a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari;
b) jamg‘arma depozit hisobvaraqlari;
v) muddatli depozit hisobvaraqlari;
g) metall hisobvaraqlari;
d) vakillik hisobvaraqlari;
e) boshqa depozit hisobvaraqlari.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i (bundan buyon matnda asosiy hisobvaraq deb yuritiladi) hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy hisobvarag‘ini ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy va chet el valyutasida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha;
mijoz nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi).
ETIBORINGIZ UCHUN
TASHAKUR🥇
Yüklə 5,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin