14-MA’RUZA
MAVZU: MIKROSXEMALAR, INTEGRAL SXEMALAR VA OPTOELEKTRONIKA ELEMENTLARI
Reja
Raqamli texnika asoslari, ikkilik sanok sistemasi, mantikiy signallar, mantikiy funksiyalar.
Triggerlar ularning turlari va qo’llanishi, analog-raqam va raqam-analog
o’zgartirgichlar, hisoblagichlar va summatorlar.
Optoelektronika elementlari. PZS (zaryadli bog’langan qurilma) matrisalar haqida tushuncha.
Lazerlarning elektron texnologiyalarda ishlatilishi asoslari.
Optik tolalar, WWW optik kanali.
Nanotexnologiya elementlari.
Mikrosxemalarning yaratilishi ingliz radiotexnigi Jeffri Dammer nomi bilan bog’liq. U 1952 yilda bitta yarim o’tkazgich kristallida bir necha elektron komponentalarni joylashtrish mumkinligini nazariy asosladi. Lekin shu davrdagi texnologiya bunga qodir emas edi. Ya’ni kristall ichida elektron komponentlarni o’zaro
joylashtirish, ularni
elektr izolyasiyalash va ularga elektr kontaktlarni ulash masalalari hal etilmagan edi. Faqatgina 1958 yilga kelib bu uch asosiy muammo hal etilib integral mikrosxemalar ishlab chiqarila boshlandi.
Izoh. Elektronikada elektron komponenta atamasi keng tarqalgan. Bunda komponenta deganda biror funksiyani bajaruvchi elektron element nazarda tutiladi.
Mikrosxema atamasi keyingi paytlarda integral mikrosxema ma’nosini beradi, chunki har qanday mikrosxema ichida ma’lum miqdordagi elektron komponentalar mujassamlashgan. Mikrosxemalarning integrasiya ko’rsatkichi (mikrosxem tarkibidagi elementlar miqdori) uning murakkablik darajasi va imkoniyatlarini belgilovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Integrasiya ko’rsatkichi mikrosxema tarkibidagi elementlar soni bilan aniqlanadi va quyidagi turlarga bo’linadi:
kichik integral sxemalar – 100 tagacha element;
o’rta integral sxemalar – 1000 tagacha element;
katta integral sxemalar – 10 000 tagacha element;
o’ta katta integral sxemalar – 1mln. tagacha element;
ultra katta integral sxemalar – 1mlrd. tagacha element;
gigointegral (yoki gigokatta) sxemalar – 1mlrd. dan ortiq element.
Shuningdek mikrosxemalar tayyorlanish texnologiyalari va asosiy materiallarning turlariga qarab ham farqlanadi. Bunda asosan uch xil texnologiya mavjud:
yarim o’tkazgichli mikrosxemalar - barcha elementlar va elementlararo bog’lanishlar bitta yarim o’tkazgich kristall ichida joylashgan bo’ladi. Mikrosxemalar tayyorlashda asosan asosan germaniy, kremniy va arsenid- galliy kristallari ishlatiladi;