Mavzu: “milliy boylik mohiyati,tarkibi va ko'paytirish yo'llari” reja: Kirish 1-bob



Yüklə 6,5 Mb.
səhifə2/7
tarix07.07.2023
ölçüsü6,5 Mb.
#136025
1   2   3   4   5   6   7
Milliy boylik

Mavzuning vazifalari:Milliy boylik mamlakat iqtisodiy qudratining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Insoniyat shakllanishining turli davrlarida ishlab chiqarish natijalarini baholash, ulardan foydalanish va tejash, boshqa mamlakatlarda ham xuddi shunday natijalar bilan o‘lchash muammosi paydo bo‘ldi. Ammo uzoq vaqt davomida milliy boylik elementlarini baholashning umumiy tizimi mavjud emas edi.
Ma’lumki, iqtisodiy nazariya kursidan pul ko‘rinishida milliy boylik jamiyat tomonidan ishlab chiqarish faoliyatining butun davrida (ma’lum bir sanaga) to‘plangan foydalanish qiymatlari yig‘indisini ifodalaydi.
Hozirgi vaqtda jahonning yetakchi iqtisodchilari “inson kapitali”ni iqtisodiyotni tiklashning asosiy omili sifatida baholash muammolariga qiziqish ortib borayotganini hisobga olib, ushbu konsepsiyani qayta ko‘rib chiqdilar.
Milliy boylik, uning tarkibi va kopaytirish omillari haqida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Milliy boylik, uning tarkibi va kopaytirish omillari bilan tanishtirish jarayoni.
Milliy boylik, uning tarkibi va kopaytirish omillari bilan tanishtirish ko‘nikmalari
Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
1-BOB. MILLIY BOYLIK MOHIYATI,TARKIBI VA KO'PAYTIRISH YO'LLARI
1.1.Milliy boylik tushunchasi.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:

  1. Moddiy-buyumlashgan boylik.

  2. Nomoddiy boylik.

  3. Tabiiy boylik.

Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mеhnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy istе’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga kеladi va o‘sib boradi.
Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, istе’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi ichki mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Dеmak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi ichki mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning inson mеhnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);

  • noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);

  • aylanma kapital (fondlar);

  • tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;

  • moddiy zahiralar va ehtiyojlar;

  • aholining uy xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk.

Moddiy-buyumlashgan boylik o‘sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
mеhnat unumdorligining o‘sishi;
ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi.
Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning istе’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko‘payishi ro‘y bеradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy-tеxnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi1.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili bo‘lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo‘lib, uning vujudga kеlishi tabiat qonunlari asosida ro‘y bеrsada, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham bog‘liq bo‘ladi. Foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va yer rеsurslari tabiatan mavjud bo‘lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi.
Tabiat in’omlari o‘zlarining dastlabki ko‘rinishida tabiiy boylik bo‘lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potеntsial boylik hisoblanadi. Ular inson mеhnatining ta’siri oqibatida rеal boylikka aylanadi.
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga kеltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi istе’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, shuningdеk bеvosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘likni saqlash, fan, madaniyat, san’at, sport sohalarida vujudga kеltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi.
Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitеktura obidalari, noyob adabiyot va san’at asarlari alohida o‘rin tutadi.
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari va intеllеktual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi2.
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha kеng tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning nomoddiy tavsifdagi qimmatliklarini ham oladi.
O‘zbеkistonda mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar orqali iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalari o‘rtasidagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mеxanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga kеltirilib, rivojlantirildi.
Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlanish maqsadida quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishiga katta e’tibor qaratildi:

  • kеng ko‘lamdagi tizimli bozor islohotlarini izchil amalga oshirish;

  • xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish;

  • iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;

  • ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilish va yangilash;

  • eksportga ixtisoslashgan yangi tarmoq va korxonalarni barpo etish;

  • kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama puxta o‘ylangan siyosatni amalga oshirish3.

Milliy boylik tushunchasi . Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan
moddiy , nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir . Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak , boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo‘ladi . Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o‘z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar , yaratilgan san’at asarlari , intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi .
Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran , qiymat o‘lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob’ektiv sabablariga ko‘ra ancha qiyin , jumladan uning tabiat in’omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o‘lchovlariga ega emas . Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma’nodagi tushunchasidan foydalaniladi .
Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo‘ladi . Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo‘ladi . U kishilarning ko‘plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi .
Aytilganlardan kelib chiqib , milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin :

  1. Moddiy buyumlashgan boylik .

  2. Nomoddiy boylik .

  3. Tabiiy boylik .

Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning , unumli mehnatining natijasi hisoblanadi . U ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi . Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lur edi . Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib , qaytadan yangilanib turadi ( ishlab chiqarish vositalari , iste’mol buyumlari ). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi
moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi . Demak , qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi .
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo‘lib , tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi :
- ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital ( fondlar ) . Bular butun milliy boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo‘ladi , hamda o‘zining texnikaviy darajasi bo‘yicha yalpi milliy mahsulotning o‘sish imkoniyatini belgilab beradi :
- noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital ( fondlar ) .
Asosiy kapitalning bu turiga mamlakatning uy - joy fondi , ijtimoiy madaniy xarakterdagi ob’ektlar kiradi . - aylanma kapital ( fondlar ) . Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat bo‘lib , asosiy kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi4. Tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy - buyumlashgan qismi . Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta’siri ostida bo‘lib , potentsial tayyor mahsulot hisoblanadi . - moddiy zahiralar va ehtiyotlar . Bunga muomala bosqichdagi tayyor mahsulot , korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar , davlat ehtiyotlari va rezerv fondlari kiradi.
Moddiy zahiralar iqtisodiyotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan va oldindan bilib bo‘lmaydigan favqulotda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi . Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari , sug‘urta va mudofaa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi. Aholining uy , tomorqa va yordamchi xo‘jaligida jamg‘arilgan mol - mulk . Bunga uy - joy , avtomobil , madaniy - maishiy buyumlar , kiyim - kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi .
Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning salmog‘i o‘zgarishsiz qolmaydi . Asosan fan - texnika taraqqi ti sharoitida moddiy
. buyumlashgan boylik tarkibida yirik o‘zgarishlar ro‘y beradi . Sanoat tarmoqlarining asosiy kapitali tez ko‘payadi va yangilanadi , noishlab chiqarish sohasining asosiy kapitali tarkibida ilmiy, o‘quv, sog‘liqni saqlash muassasalarining ulushi tobora ko‘proq hissasini egallaydi . Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish suratlari o‘sib boradi . Moddiy buyumlashgan boylik o‘sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • mehnat unumdorligining o‘sishi ;

  • ishlab chiqarish samaradorligining ortishi ; milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi .

Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart - sharoiti hisoblanadi . Buning ma’nosi shuki , bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko‘payishi ro‘y beradi . Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart - sharoiti , uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi .

Bunda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati va miqiyosi milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bog‘liq bo‘ladi . Moddiy buyumlashgan boylikni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish farqlansa - da , har ikkalasi ham yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi . Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning shart sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi . Tabiiy boylikning . vujudga kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bog‘liq emas , u tabiat qonunlari asosida ro‘y beradi . Foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va er resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarishdan tashqarida turadi . Tabiat in’omlari o‘zlarining dastlabki ko‘rinishida tabiiy boylik bo‘lib, shu holatida inson ing natijasi blangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi .
Buning ma’nosi shuki , tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik hisoblanadi . Ular real boylikka inson mehnatining ta’siri oqibatida aylanadi Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi . Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi . Nomoddiy sohalarda ash , viy - buyum shakl bilan. Bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi .
Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat , san’at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi . Uning tarkibida tarixiy¸ dgorliklar, arxitektura obidalari, nobadabi, tasviriy va san’at asarlari alohida o‘rin tutadi. Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi , ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi.
Moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi jamiyat moddiy qimmatliklari ko‘payishining asosi hisoblanadi. Agar fan - texnika taraqqiyoti yuqori sur’atlar bilan rivojlansa madaniyat , san’at, fan kabi nomoddiy sohalar ham o‘sib va takomillashib boradi. Shunday qilib , milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning nomoddiy xarakterdagi qimmatliklarini ham oladi
Milliy boylik iqtisodiy kategoriya sifatida an’anaviy jamiyatlar davridayoq o‘rganila boshlandi, chunki iqtisodiyotning asosini qo‘l mehnati tashkil etdi. Bu davrda qo‘l mehnatining past samaradorligi iqtisodiy o‘sish va milliy boylikning ko‘payishi imkoniyatlarini to‘xtatdi. O‘ziga xos xususiyat shundaki, ortiqcha mahsulotning muhim qismi tejash va ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun emas, balki iste’mol uchun ishlatilgan; bu bosqichda jamg‘arma darajasi besh foizdan oshmadi. Ayrim ijtimoiy guruhlar va shaxslar boyligining ko‘payishi milliy boylikning ko‘payishi hisobiga emas, balki uni qayta taqsimlash natijasida sodir bo‘ldi.
Birinchi olimlardan biri Platon edi. U boylikning ko‘payishi ijtimoiy to‘qnashuvlarga olib keladigan kamchilik deb hisoblardi. Arastu ham boylikning oshishini qoralagan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida merkantilistlar boylik tashqi savdo natijasida to‘planadi, deb da’vo qilganlar, shu sababli ular ishlab chiqarishga emas, balki savdoga qiziqish bildirganlar.
Milliy boylik - bu jamiyat ma’lum bir sanada ega bo‘lgan va uning rivojlanishining barcha oldingi davridagi odamlarning mehnatiga asoslangan moddiy ne’matlar majmuidir.
Milliy hisoblar tizimida (MSH) milliy boylik mutlaqo barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning umumiy sof o‘z kapitali sifatida belgilanadi, ya’ni. u moddiy resurslardan tashqari moliyaviy aktivlarni, ishlab chiqarish bo‘lmagan moddiy boyliklarni (mualliflik huquqi, litsenziyalar va boshqalar) o‘z ichiga oladi, lekin moliyaviy majburiyatlarni o‘z ichiga olmaydi.
Milliy boylik so‘zning keng ma’nosida tsivilizatsiya ega bo‘lgan hamma narsani anglatadi. Shu ma’noda milliy boylik nafaqat moddiy ne’matlarni, balki tabiiy boyliklarni, iqlimni, san’at asarlarini va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi.
So‘zning tor ma’nosida inson mehnati vositasida bo‘ladigan va ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan hamma narsa milliy boylikka tegishlidir. Boshqacha qilib aytganda, milliy boylik davlat tomonidan o‘z tarixi davomida ma’lum bir davrgacha to‘plangan moddiy va madaniy ne’matlar majmuidir. Bu odamlarning ko‘p avlodlari mehnatining natijasidir.
Milliy boylik davlat iqtisodiyoti qudrati, moliya tizimining samaradorligi, xalq farovonligining asosiy ko‘rsatkichidir. Mamlakatning milliy boyligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, iqtisodiy salohiyat shunchalik kuchli bo‘lsa, yalpi ichki mahsulot va aholining turmush darajasini oshirish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Yana shuni aytish mumkinki, milliy boylik davlatning to‘plangan resurslari va boshqa mulki bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va odamlar hayotini ta’minlash imkoniyatlarini yaratadi. U iqtisodiy ob’ektlardan iborat bo‘lib, ularning muhim xususiyati ularning egalari tomonidan iqtisodiy foyda olish imkoniyatidir. Milliy boylik ma’lum bir vaqtda hisoblab chiqiladi. Milliy boylik iqtisodiy taraqqiyotning zaruriy sharti va natijasi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning muhim omili hisoblanadi. Darhaqiqat, biz davlatning butun boyligini qanday shaklda bo‘lishidan qat’i nazar, baholash haqida gapiramiz.
Ayrim iqtisodchilarning fikricha, milliy boylikning tarkibiy qismlari quyidagi asosiy belgilarga mos kelishi kerak: moddiylik, jamg‘arish, uzoq muddat foydalanish, takror ishlab chiqarish, bozor aylanmasi elementiga aylanish qobiliyati. Milliy boylikka kishilarning mehnat faoliyati natijasida to‘plangan moddiy boyliklar va tabiiy resurslar kiradi. Shunga muvofiq ravishda odamlar mehnati bilan yaratilgan ijtimoiy boylik va tabiiy boyliklar (tabiiy resurslar) farqlanadi.
Jamiyatning mavjudligida jamoat boyligi katta rol o‘ynaydi. Eng yangi tabiiy resurslarni o‘rganish qobiliyati nafaqat uning yuqori sifatli holatiga, balki ulardan tejamkor foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish shartlariga rioya qilish, tabiiy resurslarni kelajak avlodlar ehtiyojlari uchun saqlashga bog‘liq.
Tabiiy boylik tabiiy resurslar hisobiga shakllanadi. Uning bir qismi qayta ishlab chiqariladi (o‘rmonlarni tiklash, baliq, hayvonlarni ko‘paytirish). Tabiiy boylikning yana bir qismini inson mehnati bilan qayta ishlab chiqarish mumkin emas. Uning iste’moli tabiiy resurslardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirib bo‘lmaydigan chegirmadir. Uzoq vaqt davomida iqtisodchilar barcha tabiiy resurslarni tsivilizatsiya boyligi deb hisoblashlari haqida bahslashdilar. Munozaralar natijasida shunday xulosaga keldikki, inson mehnati qo‘llaniladigan tabiiy resurslar, ya’ni. ekspluatatsiya qilingan tabiat resurslari. Boshqa resurslar ma’lum vaqt ichida haqiqiy boylikka aylantirilishi mumkin bo‘lgan potentsial boylikni ifodalaydi.







Yüklə 6,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin