Mavzu milliy davlat tizimining barpo etilishi, boshqaruvda yang-azkurs.org
O’zbekistonda davlat Ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo’ldi. Konstitutsiyaning 98- moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga binоаn O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining hukumati bo’lib, Ijro etuvchi hokimiyatdir. Uning vazifalari:

. davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi; . Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi;
. yagona moliya, kredit va рul siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
. madaniyat, fаn, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasidagi yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
. mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
. qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
. iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’nayiy sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlik qiladi;
. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
. barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.