Mavzu: Milliy iqsodiyot va uning makroiqsodiyotli olchamlari



Yüklə 7,3 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü7,3 Kb.
#166246
MAXSUMOV SARVARXON

Mavzu: Milliy iqsodiyot va uning makroiqsodiyotli olchamlari

Tayorladi : Maxsumov Sarvarxon


1. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
.Makroiqtisodiy tahlil makro darajada (mamlakat yoki jahon miqyosida) milliy iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy mahsulot yalpi ichki mahsulot dinamikasi narxlar darajasining o‘zgarishi, inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari bu tahlil obyekti bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
2. O’zbekistonda milliy hisoblar tizimi;holati va istiqbollari
Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) – bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.
MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Shu davrdan (1953 yildan) buyon to bugungi kungacha MHT to‘rt marta o‘zgartirilib, takomillashtirildi
3. Iste’molchi hulqi nazariyasining asosiy holati
Iste'molchilarning xatti-harakatlari nazariyasi - bu iste'molchilarning bozordagi xatti-harakatlarini ko'rib chiqadigan, ehtiyojlar va talablarning o'zaro ta'sir mexanizmini ochib beradigan nazariya. Bozor talabini shakllantirish individual iste'molchilarning qarorlariga asoslanadi. Ushbu qarorlar, xarajat yoki imkoniyatni hisobga olgan holda, eng katta foyda olish yoki qaytish yoki foydali ta'sirga erishish istagi bilan belgilanadi
4. Jamg’arma va uning hajmiga ta’sir etuvchi omillar
Jamg‘arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg‘arishning amalda namoyon bo‘lish shakli bo‘lganligi sababli dastlab, tahlilni jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.
5. Iqtisodiy o’sishning mohiyati,asosiy tavsifnomasi va modeli
Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun ishlab chiqarish omillari miqdori ikki barobar ko‘paytirilishi lozim, sodda qilib aytganda mavjud korxonalar bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha huddi o‘shanday yana korxonalar qurilishi lozim. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
6. Makroiqtisodiy muvozanatlikning mohiyati va unga erishish yo’llari
Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi.Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti- vaqti bilan obyektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
7. Iqtisodiy rivojlanishning siklligi va iqtisodiy sikll nazariyalari
Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
- oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
- yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi,
yer shari aholisi sonining o‘zgarib turishi; 522
- ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar
8. Yalpi ishchi kuchi va uni takror ishlab chiqarish
Ishchi kuchi – insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish – insonning mehnatga bo‘lgan jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta’minlash, katta yoshli ishchilar o‘rnini bosadigan yosh ishchilar avlodini etishtirish jarayoni.
9. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va namoyon bo’lish shakllari
Ishsizlik – mamlakatdagi mavjud ishchi kuchi bir qismining foydalanilmay qolishini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa. Mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan ishchi kuchining ish bilan ta’minlanmagan qismi ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, regional, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi.
10. Soliqlar,ularning vazifalari va turlari
Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.,
Yüklə 7,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin