2-chizma. YAMM va YAIM o‘rtasidagi tarkibiy nisbatlar.
Demak, chizmadan ko‘rinadiki, mamlakat YAMM 13 trln. so‘mni (M2 va M3 shartli raqamlar yig‘indisi), YAIM esa 12 trln. so‘mni (M2 va M1 shartli raqamlar yig‘indisi) tashkil etadi.
YAMM va YAIM o‘rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan mamlakatlarda YAIMning ±1%ni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy ko‘rsatkich sifatida YAIMdan foydalanishni tavsiya etadi. YAqin vaqtlarga qadar AQSH va YAponiyada YAMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YAIM ko‘rsatkichini qo‘llay boshladilar.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Jami ijtimoiy mahsulot bilan yalpi ichki mahsulot o‘rtasidagi farqni aniq tuShunish uchun 3-jadval ma’lumotlaridan foydalanamiz.
XULOSA
Milliy iqtisodiyot o'zaro bog'langan ko'plab iqtisodiy elementlardan tashkil topgan murakkab iqtisodiy tizimni ko'rsatadi. Milliy iqtisodiyot barcha tarmoqlar va tarmoqlarni, mikro va makro darajadagi iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko'plab infratuzilmalarni o'z ichiga olgan integratsiyalashgan iqtisodiyotdir. Ko’pgina makroiqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning xolati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi.