REJA: § 1. Milliy va jahon iqtisodiyot tushunchasi, mazmuni, kursning predmeti. § 2. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi va milliy iqtisodiyotni shakllanishi.
Milliy iqtisodiyot tushunchasi, mazmuni, kursningpredmeti.
Iqtisodiyot keng ma’noda – bu bir tomondan, o’ziga xos qonunlar asosida rivojlanadigan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarini birlashtirgan xo’jalik bo’lib, ikkinchi tomondan iqtisodiyot, yuqori mehnat unumdorligiga erishish, aholini turmush darajasini yaxshilash va cheklangan resurslardan unumli foydalanish maqsadida iqtisodiy qonunlarni o’rganish bilan shug’ullanadigan eng qadimiy fanlardan biridir.
Iqtisodiyotning 3 xil tushunchasi bor:
Ishlab chiqarish munosabatlarining yig’indisi;
Tuman xo’jaligi, mamlakat yoki mamlakatlar xo’jaligi yoki dunyo xo’jaligi;
Iqtisodiy munosabatlarni tarmoqlararo yoki funktsional aspektlarini (tomonlarini) o’rganadigan fan tarmog’i.
“Milliy iqtisodiyot” atamasi esa keyingi yillarda “mamlakat iqtisodiyoti”, “respublika iqtisodiyoti”, “milliy xo’jalik”, “xalq xo’jaligi”, “ijtimoiy ishlab chiqarish” tushunchalarining sinonimi sifatida ilmiy adabiyotga, boshqarish va xo’jalik amaliyotiga kirib keldi.
Milliy iqtisodiyotning quyidagi xarakterli belgilari va shart-sharoitlari mavjud:
- ichki bozorning rivojlanganligi, tashqi iqtisodiy va geopolitik munosabatlarning barqarorligi va boshqalar.
Milliy iqtisodiyot murakkab tizim sifatida tashkiliy, tuzilmaviy, resurs, institutsional va boshqa kichik tizimlar, komponentlardan tarkib topadi.