Avloniy – darsliklar muallifi. Avloniy 1911-yilda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun “Birinchi muallim”-“Alifbo” darsligini yaratdi.Unda 32 harfni yolg’iz yoziladigan shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan. Shu sahifada Alifning so’zning boshida, o’rtasida va oxirida yozilishini ko’rsatgan, so’ng alifni barcha «bosh harflar”ga qo’shib bo’g’inlar hosil qilgan. “Ikkinchi muallim”da bolalarning axloq, odobiga doir halollik va poklikka oid turli she‘rlar , hikoya masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik obrazlardan ustalik bilan foydalanilgan. Kitob “Maktab” she‘ri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, o’qisa, savodxon bo’lsa, juda ko’p narsalarga yerishishi chiroyli ta‘riflanadi:
Maktab duru gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon !
Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayo yehson qilur,
Maktab g’ami vayron qilur,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon !...
Avloniy barmoq vaznini adabiyotda keng qo’llagan. Milliy kuylarga moslab she‘rlar yozgan va poeziyaning imkoniyatlarini boyitgan.
Avloniyning adabiyot oldidagi buyuk xizmatlaridan biri shu bo’ldiki, u mardikorlik she‘riyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning yaratuvchilaridan biri bo’ldi.1916 yilgi mardikorlik voqealarini ifodalovchi “Bir mardikorning otasi o’g’liga aytgan so’zlari”, “Onasining o’g’liga aytgan so’zlari”,”Afsus” kabi she‘rlar yozdi. Ona yurtdan uzoq shimolning qrli-muzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib ketilgan mardikorlarning xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritadi. Bu she‘rlarning ohang va uslubi xalq qo’shiqlariga g’oyat yaqin bo’lib, ular xalqimizning milliy uyg’onishida muhim o’rin tutadi.
Axloqiy didaktik mavzudagi “Turkiy guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiy-pedagogik fikr taraqqiyotida alohida o’rin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birichi marotaba XX asrning talab va yehtiyojlari nuqtai nazardan tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni an‘anaviy ikkiga - yaxshi va yomonga ajratadi. “Yaxshi xulqlar” deb nolangan birinchi qismida u 31 fazilat, “yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda yesa 20 illatga ta‘rif beriladi. Mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristtel,Sa‘diy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, Vatan muhabbatini, uning uchun kurashmoqni yeng insoniy xulqlardan hisoblaydi. Vatan – bu har bir kishining tug’ilib o’sgan joyi, yurti, mamlakati. Uni qadrlamoq, sevmoq va yashartmoq kerak. “Tog’laridan konlar chiqar, Yerlaridan donlar chiqar...Havosi o’ta yoqimlik, Cho’llari bor toshlik, qumlik, Toshkand yemas, toshqand yerur, Keksalari gulqand yerur”, deya bolalarga ona diyorga katta mehr uyg’otishga yerishadi. “Yomon xulqlar”ga yesa g’azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqlarning belgilari deb biladi. Tilga, madaniyatga muhabbat yesa, har bir kishining o’z xalqiga bo’lgan muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadurg’on oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur”.
Darslikdagi har bir bo’lim ta‘lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag’ishlangan bo’lib, ularning biri ikkinchisini to’ldiradi, takmillashtiradi. Har bir bo’limda kichik hajmli, ibratli hikoyalar keltiriladi, she‘riy parchalarda yoki hikmatli so’zlarda «qissadan hissa” chiqariladi. Yozuvchi bu asarida xalq og’zaki ijodidan keng foydalangan. Avloniyning “Bahor keldi”, “Bulbul”, “Bola ila gul”, “Yolg’onchi chupon”, “Tulki ila qarg’a” kabi juda ko’p she‘rlari kichik maktab yoshidagi bolalarga bag’ishlangan.”Maktab bolasi” she‘ri boshlang’ich sinf o’quvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida o’qishga muhabbat uyg’otishi umumiy yo’sinda bayon qilingan:
Yo’lga soldi til ila yo’ldoshin,
Maktabga moyil ayladi boshin.
Soldi o’rtog’ining so’zina quloq,
Bosdi ul ham o’quv yo’lina oyog’.
Ikkisi birga bo’ldilar mullo,
Chiqdi xatu savod ham imlo.
Shu tariqa shoir qissadan hissa chiqarar yekan “Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga” g’osini ilgari suradi. Avloniy o’zbek teatrining asoschilaridan yedi. U 1913-yilda “Turkiston” teatr gruppasini tuzdi. “Turkiston” o’zining qat‘iy nizomini ham ye‘lon qilgan yedi. Uning tashkilotchisi ham, g’oyaviy –badiiy rahbari ham Avloniy yedi. Teatrda “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov” (A.Qodiriy) kabi o’zbek dramaturgiyasining yeng yaxshi namunalarini sahnalashtirdi va o’zi rol ijro yetdi. Avloniy «Advokatlik osonmi?” (1914), “Pinak” (1915) komediyalari, 1914-17 yillarda yozgan “Biz va Siz”, ”Portugaliya inqilobi”, “Ikki sevgi” kabi fojeyaviy asarlari bilan o’zbek dramaturgiyasining maydonga kelishi va teatrchilikning xalq orasiga tomir otishiga muhim hissa qo’shdi. Avloniy XIX asr rus mumtoz adabiyoti vakillari I.A.Krilov va L.N.Tolstoyning asarlarini o’zbek tiliga ugirdi,jumladan, I.A.Krilovning 21 ta masali, “Maymun ila ko’zoynak”, ”G’ayri jinsiy ittifoq”, “It ila yo’lovchi”, “Qarg’a ila Zag’izg’on”, “Tulki ila Qarg’a” kabi asarlari o’zbek tiliga tarjima qilinib, “Maktab gulistoni” kitobida bosilib chiqdi.