Mavzu: Minerallarning fizik xususiyatlarini aniqlash. Amaliy ishning maqsadi



Yüklə 41,17 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü41,17 Kb.
#40269
  1   2   3
1-amaliy b2c845ee76bc5cc68413b5f0f870f1c8


Mavzu: Minerallarning fizik xususiyatlarini aniqlash.

Amaliy ishning maqsadi: minerallarning fizik xususiyatlarni о‘rganish va ularni bir-biridan farqlash.

Minerallarning turi 2,5 mingdan ortiq. Ular tabiatda har xil miqdorda tarqalgan. Aksariyat qismi kam uchraydi. Tog` jinslarini tashkil qiluvchi minerallar yerning ustki qismi - litosferaning asosini tashkil etadi. Bulardan dala shpatlari -55; piroksen va amfibollar - 15; kvars - 12; slyudalar - 3; gil minerallari -1,5; kalsit - 1,5; oksidlar va gidroksidlar - 3; fosfatlar - O,75; xloritlar va ftoritlar - O,5; sul'fidlari bilan sul'fatlar - O,3, sof tug`ma elementlar - O,1 foizni tashkil etadi.

Ushbu ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, faqat silikatlar bilan kremniy oksidi og`irligi bo`yicha yer qobig`ining 67% ni tashkil qiladi. Qolgan minerallar kam miqdorda bo`lishiga qaramasdan xalq xo`jaligida katta ahamiyatga ega. Minerallarning tashqi ko`rinishiga qarab birini ikkinchisidan ajratish ancha mushkul. Har birining o`ziga xos belgisi bor. Ular qattiqligi, yaltiroqligi, rangi, chizig`ining rangi, og`irligi, sinish yuzasi, ulanish tekisliklari va boshqalardir.


Yüklə 41,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin