avvalo bank hisobvarag'ini ochishi lozim, ya'ni karta
hisobvarag'i ochiladi (bank kartasi). Buning uchun:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ identifikatsiya ID-
kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/
harbiy bilet) bilan birga bankka tashrif buyurib (yoki
masofadan) kerakli hujjatlarni to'ldirish;
Internet orqali mobil telefonga (smartfonga) tegishli
ilovani yuklab olish (kerakli ilovalar ko'pincha Google
Play va App Store ilovalar do'konida mavjud).
Agar smartfonda ilova o'rnatilgan bo'lsa, faqatgina bank kartasi bilan
ushbu ilovada avtorizatsiyadan o'tish kifoya, ya'ni ilovada bank kartasi
haqida so'ralgan ma'lumotlarni unga kiritish lozim.
Avtorizatsiya qilish uchun, kartaning oldi tomonidagi ma'lumotlarni kiritish
kerak (karta egasining ismi, kartaning individual raqami va kartaning amal
qilish muddati). So'ngra bankning SMS-xabari orqali kelgan kod yordamida
oshirilayotgan avtorizatsiyani tasdiqlash lozim. Shundan keyin, ilovaga kirish
uchun parol (PIN kod) o'rnatish va uni eslab qolish muhim, telefon
o'g'irlangan yoki yo'qolgan taqdirda mablag'larning xavfsizligi mazkur parol
orqali ta'minlanadi.
Bir ilovada bir necha kartalarni ro'yxatdan o'tkazish mumkin. Bu esa, ilovani
o'zida bir kartadan boshqa kartaga osongina o'tish va kerakli karta bilan
to'lovni amalga oshirish imkonini beradi.
Mobil banking orqali har qanday bank operatsiyasini
amalga oshirishingiz bilanoq ilovada ro'yxatdan
o'tkazilgan telefon raqamingizga amalga oshirilgan
operatsiya haqida SMS-xabar yuboriladi.
Mobil banking afzalliklari:
Mobil ilova orqali masofadan turib bank
xizmatlaridan . foydalanish;
Vaqtni tejash (operatsiyalarning tezkor ravishda
amalga oshishi va to'lov uchun kassaga borish hojati
yo'qligi);
Kuniga 24 soat ishlaydi.
|