3.2.Ma’danni tashib kelish, qabul qilish va oraliq bunkerlarida xavfsizlik koidalari
Ma’danni qabul qilish korpusi (bo‘linmasi) oldidan bunkerlar maydoniga tarkiblar (avtoo‘ziag‘dargichlar, skiplar, osma yo‘lni va h.k.) ning kirishiga ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi svetofor o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Ayrim hollarda bunker oldidan o‘rnatilgan va shlagbaum bilan birgalikda ishlaydigan sfetoforning ruxsat beruvchi signali bo‘yicha yuklarni tushirish amalga oshirilishi mumkin.
Qabul qiluvchi va yuk bo‘shatiluvchi qurilma va bunkerlarning ish maydonchalari temir yo‘l sostavining kelayotgani to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ogohlantirishga mo‘ljallangan tovushli va yorug‘lik signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Tarkib kelishi hamda skip ko‘targichlari va osma yo‘llarning ishga tushirilishidan 1,5 - 2 minut oldin signallar beriladi.
Qabul qilish qurilmalarining ish maydonchalarida temir yo‘l relslari kallagining balandligi sathida harakatdagi tarkibga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan o‘tish joylari ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim. Relslar oralig‘ida esa shu maqsadda relslar kallagi bilan babbaravar balandlikda taxta to‘shamalar qilingan bo‘lishi lozim.
Temir yo‘l izlari gabaritlari hamma vaqt sochilgan ma’danlardan va begona narsalardan tozalangan bo‘lishi lozim.
Qabul qilish qurilmalariga olib boruvchi yo‘ldagi bunkerlarning qabullash voronkasida ta’mirlash ishlarini o‘tkazishda shlagbaumlar yoki boshqacha usulda bu haqda transport xodimlarini xabardor qilish bilan yo‘l yopiq bo‘lishi shart. Poezdlar tarkibi qabul qilish qurilmalari maydonidan chiqarilgan bo‘lishlari kerak. Qabul qilish qurilmasi ikkita va undan ortiq bo‘lgan holda ta’mirlash ishlarini olib borish uchun ularning bittasida mahalliy sharoitlardan kelib chiqib maxsus xavfsizlik choralari ishlaab chiqilgan va korxona rahbari ( rahbar o‘rinbosari - bosh muhandis) tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Bunkerning qabullash qismi va ta’minlab turuvchi hamda yiriklatib maydalagich maydonlari oralig‘ida aloqa ta’minlangan bo‘lishi lozim (telefon, balaand ovozli, yorug‘lik bilan va h.k.).
Qabullash qurilmalarining yuklash teshiklari yon tomonlardan va bo‘shatishga qarama qarshi tomondan mustahkam suyanchiqlar bilan to‘silgan bo‘lishi lozim. Bo‘shatish ikki tomonlama bo‘lganda to‘siqlar yon tomonlardan qilinadi.
Bunkerlarning qabullash maydonchalari va mahsulotlarni yuklab jo‘natish maydoni chang ko‘tarilishi holatida chang bosishning samralai vositalaari bilan ta’minlangan bo‘lishlari lozim (chang tutish vositalari).
YUk tushirish lyuklarining ochiq holatida qabullash bunkerlarini yuklash, bunkerlarni bo‘shatishda esa tushirish zonasida xizmat ko‘rsatish xodimlarining bo‘lishi ta’qiqlanadi.
Svodlarni, bunkerlarda ilinib qolgan ma’danni bartaraf etish va uni shurovka qilish maxsus moslama va qurilmalar yordamida ruxsat etiladi (elektrovibratorlar, havo qurilmalari, suv bilan yuvish va h.k.). Bu maqsadda odamlarni bunker ichiga tushirish man etiladi.
Oraliq bunkerlar, agarda ular o‘za ag‘dargich aravachalar bilan to‘ldirilmaydigan bo‘lsalar, to‘shamalar bilan jihozlangan bo‘lishlari lozim. O‘zi ag‘dargich aravachalarni yoki reversiv konveyerlarni qo‘llagan holda yuklash teshiklari eni 200x200mm dan ortiq bo‘lmagan teshikli panjaralar bilan yopilgan yoki balandligi 1 m dan kam bo‘lmagan to‘siqlarga ega bo‘lishlari lozim. Konveryer transportini qayta yuklash joylaridagi bunkerlarda ham xuddi shunday to‘siqlar yoki panjaralar o‘rnatilgan bo‘lishlari lozim.
Ko‘zdan kechirish yoki ta’mirlash o‘tkazish uchun qabullash voronkalari (bunkerlariga) odamlarning kirishi bilan bog‘liq ishlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida naryad-ruxsatnoma va ishlarning tashkil etish loyihasi tuziladi, shuningdek quyidagi talablarning bajarilishi shart:
a) ushbu uchastkadagi bunkerlar, ularning konstruksiyalari, buunker usti maydonchalariva temir yo‘llar materialdan to‘liq tozalangan va shamollatilgan bo‘lishlari lozim. Bundan tashqari bunker havo muhitining ahvoli nazoratda bo‘lishi shart;
b) bunkelarda ishlar olib borilishining xavfsizligi bo‘yicha korxona tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar bo‘yicha ishchilarning majburiy yo‘riqdan o‘tkazilishi va texnik nazorat kishilari tomonidan doimiy ko‘zatuvda bo‘lishi lozim;
v) oraliq bunkerlar qabullash va tashish qurilmalarining ish maydonlarida va bunker zatvorlari mexanizmlari yonida bunker ichida ish olib borilayotganini ko‘rsatuvchi ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim;
g) odamlarni bunkerga kiritish oldidan yuklash va tushirish pitatellari to‘xtatilagan, o‘chirilgan va ularga : “ Ulanmasin! Odamlar ishlamoqda!” degan plakatlar osilgan bo‘lishi, shuningdek elektr sxemalar bo‘laklarga ajratilgan va birkali tizim talablarini hisobga olgan holda ulardan oldingi va keyingi texnologik jihozlarning yuritmalari toksizlantirilgan bo‘lishi lozim;
d) ish olib borilayotgan bunkerlar ichiga narsalarning tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikning iloji bo‘lmaganida bunkerda ishlayotgan odamlarning shikastlanmasliklari uchun usti ishonchli ravishda yopilgan bo‘lishi lozim;
e) bunkerda ishlaganda brigadagi kishilar 3 tadan kam bo‘lmasligi va ulardan ikkitasi bunker usti qismida bo‘lishlari lozim;
j) ta’mirlashni bajarayotgan ishchilar saqlovchi poyaslar ega bo‘lishlari va ular mustahkam tayanchga mahkamlangan bo‘lishi lozim. Ishlar bajarilayotgan vaqtda tros yoki arqon bunker usti qismidagi dubler tomonidan ushlab turilishi lozim. Saqlash poyaslari va asrash arqonlari ishlatilish vaqtida har 6 oyda kamida bir marta 2250 kN statik yuk ostida 5 min. davomida sinab ko‘rilishi va oxirgi tekshirish haqidagi tamg‘aga ega bo‘lishlari zarur.
z) saqlash poyasining trosi yoki arqonini temir yo‘l izlariga, chelnok konveyerlarining va tushirish aravachalarining ramalariga, shuningdek boshqa jihozga mahkamlash man qilinadi;
i) bunkerlarda ishlayotgan odamlarga xavf tug‘ilganda ularni zudlik bilan ishlash zonasidan olib chiqish lozim bo‘ladi;
k) bunker ishida ishlaganda yoritish uchun 12V dan yuqori kuchlanishga ega bo‘lmagan ko‘chma lampalardan foydalanmoq lozim
64. Qabullash, oraliq va akkumulyasiyalash bunkerlarida portlatish ishlarini bajarishga faqatgina amaldagi qonunlarda belgilangan tartibga muvofiq ruxsat etiladi.