Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Moliyaning funksiyalari



Yüklə 3,44 Mb.
tarix24.10.2023
ölçüsü3,44 Mb.
#160076
moliya 1-mavzu


Mavzu:Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Reja:
1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
2. Moliyaning funksiyalari.
3. Takror ishlab chiqarish va moliya.
  • Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
    • maqsadli pul fondlarini tashkil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui;
    • pul mablag’larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliyaviy tizim);
    • biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag’lari (masalan, korxona moliyasi);
    • moliya ishlari bilan shug’ullanuvchi davlat organi (so’zlashuv tilida).

“Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag’lari” ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi ko’rinishlari mavjud:

Lekin jahon ko’plab xalqaro iqtisodiy adabiyotlarida lug’aviy ma’nosi jihatidan o’zbekcha “moliya” iborasining fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “финансы” kabi ekvivalentlari mavjud.

Lekin jahon ko’plab xalqaro iqtisodiy adabiyotlarida lug’aviy ma’nosi jihatidan o’zbekcha “moliya” iborasining fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “финансы” kabi ekvivalentlari mavjud.


Zamonaviy tasavvurdagi “moliya” tushunchasi podsholar xazinasidan davlat xazinasi ajralib chiqishi bilan paydo bo’lgan.. Moliya shakllanib, bizning u haqidagi bugungi tasavvurimizdagi moliya ko’rinishiga kelishi uchun jamiyatda bir qator shart-sharoitlar pishib yetilgan bo’lishi kerak. Ular quyidagilar:
1
    • asrlar davomida davlat ixtiyoriga yig’iladigan barcha pul mablag’larining mutloq egasi qirol (sharqda podsho), deb hisoblanilgan. Mablag’lar qirol xohish-ixtiyori bilan yig’ilgan va u xohlagan shaklda xarajat qilingan. O‘sha davrlarda odamlar tasavvurida daromadlarni ishlatish bundan boshqacha bo’lishi mumkin emasday tuyular edi

2
    • amaliyotga “xazina” o’rniga “davlat byudjeti” tushunchasi kirgandan keyin byudjetni tashkil etish va mablag’lardan foydalanish tartibi shakllana boshladi. “Davlat daromadlari” va “davlat xarajatlari” iboralari paydo bo’ldi, ularning tarkibi aniqlandi, davlat byudjetini shakllantirish va mablag’larini sarflash uchun tegishli qonun hujjatlarining asoslari yaratila boshlandi

MOLIYAVIY MUNOSABATLAR
Ta’rif. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar moliya deyiladi.
Moliyaning xarakterli belgilari
qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog’liq bo’lmasdan, aksincha, real pullarning harakatiga bog’liq bo’lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterda ekanligi
pul mablag’lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo’nalishga ega ekanligi
markazlashtirilgan va markazlashtirilma gan pul mablag’lari fondlarini yaratish
Moliya quyidagi sub’yektlar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi:
tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
byudjet tizimiga soliqlarni to’lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.
2. Moliyaning funksiyalari
Moliya funksiyalari
Taqsimlash
Nazorat
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” deb nom olgan daromad va jamg’armalarni(fondlarni) tashkil etish sodir bo’lganda namoyon bo’ladi. Ularning yig’indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi.
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:
  • xo’jalik sub’yektlari, aholi, davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakllantirishga;
  • xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlar-aro, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;
  • xo’jalik sub’yekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg’arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi.

3. Takror ishlab chiqarish va moliya
Insoniyat hayot kechirishi uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarishi taqozo etiladi.
Takror ishlab chiqarish jarayoni o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
ishlab chiqarish
alamshuv
taqsimlash
iste‘mol
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shart bo’lib, ulardan hatto bittasi ishtirok etmasa, takror ishlab chiqarish jarayoni uzilib qoladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki bir necha iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda bo’lishi mumkin.
Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin