Mavzu Moliyaning obyektiv zarurligi pul, tovar, davlat, iqtiso hozir
Iqtisodiy qonunlar Iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida moddiy neʼmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol munosabatlarini boshqarib turuvchi obʼyektiv qonunlar. Kishilik jamiyati va ishlab chiqarish munosabatlari vujudga kelishi bilan amal qila boshlaydi. Iqitisodiy qonunlar ishlab chiqarish munosabatlari tizimidagi muhim, barqaror, ichki, mohiyatli, zaruriy, muntazam takrorlanuvchi aloqadorliklar, bogʻlanishlarni ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar doimo bir-biri bilan bogʻliq, biri ikkinchisini taqozo qilgan holda amal qiladi, maʼlum shartsharoitlar yoʻqolgach, iqtisodiy qonunlar ham oʻz kuchini yoʻqotadi. Iqtisodiy qonunning taʼsir doirasi va harakteri jamiyat taraqqiyotining obʼyektiv shartsharoitlariga, ishlab chiqarish vositalariga nisbatan boʻlgan munosabat shakllariga, ijtimoiy mehnatni tashkil qilish va uning natijalarini taqsimlash usullariga bogʻlik.
Iqtisodiy qonunlar obʼyektiv harakterga ega. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab ular 3 guruhga ajratiladi:
Umumiy iqtisodiy qonunlar — kishilikjamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar. Masalan: vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning oʻsib borish qonuni, ijtimoiy mehnat taqsimoti qonuni va boshqalar.
Xususiy iqtisodiy qonunlar— insoniyat jamiyati taraqqiyotining maʼlum bosqichlarida, muayyan ijtimoiy iqtisodiy tizim doirasida amal qiladigan qonunlar. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni, qiymat qonuni tovar pul munosabatlari mavjud boʻlgan davrlarda amal qiladi.
Maxsus iqtisodiy qonunlar — alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladigan qonunlar. Masalan, qoʻshimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari boʻlib, tarixiydir va oʻzgaruvchandir, chunki iqtisodiy qonunlar kishilarning oʻz ehtiyojlari va manfaatlari yoʻlidagi faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, kishilik jamiyati mavjud boʻlganda paydo boʻladi va amal qiladi. Iqtisodiy qonunni ilmiy asosda bilish, ulardan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish mumkin.
Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. Davlat jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. Davlat toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. Davlat va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.
http://hozir.org