Masalan, rejalashtirish muhim buzib koʼrsatishlar risklari auditor
Masalan, rejalashtirish muhim buzib koʼrsatishlar risklari auditor
tomonidan aniqlangunga yoki baholangunga qadar quyidagi
masalalarni koʼrib chiqish zaruratini oʼz ichiga oladi:
Risklarni baholash doirasida bajarilishi lozim boʼlgan
tahliliy tartib-taomillar.
Tadbirkorlik subʼektiga nisbatan qoʼllaniladigan meʼyoriyhuquqiy baza haqida va mazkur baza talablariga tadbirkorlik
subʼektining muvofiqligi haqida umumiy bilim olish.
Muhimlik darajasini aniqlash.
Ekspertlar ishtiroki.
Risklarni baholash boʼyicha boshqa tartib-taomillarni
bajarish
Аuditor rejalashtirish elementlarini tadbirkorlik subʼekti
rahbariyati bilan muhokama qilish toʼgʼrisida qaror qabul qilishi
mumkin. Bunday qaror audit kelishuvini bajarishni oʼtkazish va
boshqarishni yengillashtirish maqsadida (masalan,
rejalashtirilgan auditorlik tartib-taomillarining ayrimlarini
tadbirkorlik subʼekti xodimlarining ishi bilan
muvofiqlashtirish uchun) qabul qilinadi. Garchi bunday
muhokamalar tez-tez oʼtkazib turilsa-da, audit umumiy strategiyasi
va audit rejasi uchun auditorning oʼzi javob beradi. Аudit umumiy
strategiyasi va audit rejasiga kiritilgan masalalarni muhokama
qilishda auditning samaradorligiga tahdid solmaslikka harakat
qilish zarur. Masalan, mufassal auditorlik tartib-taomillari
xususiyati va ularni bajarish muddatlarini tadbirkorlik
subʼekti bilan muhokama qilish auditorlik tartib-taomillariga
haddan tashqari aniq va ravshan tus berib, auditning
samaradorligiga tahdid solishi mumkin.
Kichik biznes tadbirkorlik subʼektlari auditini oʼtkazishda audit
Kichik biznes tadbirkorlik subʼektlari auditini oʼtkazishda audit
toʼlaligicha juda kichkina kelishuv jamoasi tomonidan
bajarilishi mumkin. Kichik biznes tadbirkorlik subʼektlari