Mavzu: moliyaviy institutlar


Bank nazoratini amalga oshirishning bir qator sabablari mavjud



Yüklə 372,82 Kb.
səhifə2/5
tarix16.04.2023
ölçüsü372,82 Kb.
#98733
1   2   3   4   5
MMT-96k-2 Teshabayev O. Moliyaviy tizim va institutlarlar Joriy

Bank nazoratini amalga oshirishning bir qator sabablari mavjud.
Birinchidan, banklar mamlakat aholisining jamg’armasini asosiy saqlovchisi hisoblanadi. Banklar faoliyatini nazorat qilish mamlakat aholasini moddiy zarar ko’rishdan saqlash uchun tashkil etiladi.
Ikkinchidan, bank kreditorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar faoliyatini nazorat qilish, tartiga solish amaliyotlari qo’llaniladi. XYuS va jismoniy shaxslar o’z faoliyatlarini rivojlantirish, turmush farovonligini oshirish maqsadida tijorat banklarining kreditlaridan foydalanadilar. Bu kreditlarning narxini oshib ketmasligini ta’minlash maqsadida hukumat bank nazoratining bilvosita usuli hisoblangan raqobatni ta’minlashga erishiladi.
Uchinchidan, xukumat o’z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun samarali bank nazoratini tashkil etadi. Banklar bo’sh pul mablag’larini jalb etib, ularni kreditlar uchun yo’naltirish bilan mamlakatdagi iqtisodiy faollikni oshirib, ishsizlikni kamaytiradi, shu bilan birga mamlakatdagi pul massasiga bilvosita ta’sir etib inflyasiyani keltirib chiqaradi.
To’rtinchidan, bank aksiyadorlari va ishchi-xodimlar manfaatlarini himoya qilish uchun ham bank nazorati tashkil etiladi.
Barcha davlatlardagi bank nazorati tizimlari oldida 2 ta muhim vazifa turadi:
  • Bank tizimini mustahkamlash hamda iqtisodiy o’sishga hamkorlik qilish;
  • Barcha omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish.

Birinchisi, Markaziy bank tomonidan tijorat banklar faoliyatini masofadan turib, ya’ni ular taqdim etgan moliyaviy hisobotlarini tekshirish orqali nazorat qilish.
Ikkinchisi, banklarni joylarga chiqib inspeksiya qilish, ya’ni barcha moliyaviy hisobotlar va ularga tegishli qo’shimcha ma’lumotlar tijorat banklarining o’ziga borib tekshirishdir.
Uchinchisi, aralash usul bo‘lib, bunda masofadan turib va joylar chiqib tekshirish tekshirish usullari bigalikda amalga oshiriladi.
Bank tizimi amaliyotida bank nazoratining bir nechta usulidan foydalaniladi.
Masofadan nazorat qilishda quyidagilar tekshiriladi:
  • Bank aktivlari va passivlari holatini, bank kapitali likvidliligi, foyda va zararlar hisoboti, bank tushumlari to’liq tahlil qilib chiqiladi;
  • Tahlil jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar to’g’risida banklar faoliyatini tahlil qilish Boshqarmasi xodimlari tomonidan rahbariyatga ma’lumotnoma jo’natiladi;
  • Takrorlangan kamchilik yuzasidan bankka nisbatan jarima chorlari ko’riladi.


Yüklə 372,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin