prudensial nazorat — bank faoliyatining o‘ziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va kamaytirish maqsadida banklar faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradigan nazorat;
“Prudensial ” tushunchasi ehtiyotkor, uzoqni ko‘radigan degan ma’nolarni anglatib, “nazorat” so‘zi bilan birga qo‘llanilganda bank muassasalari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar va muammolarni bartaraf qilishga imkon beruvchi masofadan nazorat ma’nosini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi va litsenziyalash, tartibga solish hamda prudensial nazorat bo‘yicha vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organidir.
Bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi davlat organi Banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar va bank guruhlari hisoblab chiqarish tartibi va yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadigan prudensial normativlarga rioya etishi shart.
Prudensial normativlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
kapitalning monandlik koeffitsiyentlari;
bir qarz oluvchiga yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori;
yirik kredit tavakkalchiliklarining va investitsiyalarning eng ko‘p miqdori;
bankning aloqador shaxslari uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori;
ta’minotsiz kreditlar (ishonchga asoslangan kreditlar) berishning eng ko‘p miqdori;
Banklar va bank guruhlari tomonidan prudensial normativlarga rioya etish
bankning aktivlarini tasniflashga va ularning sifatini baholashga, bank aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralarni aktivlarni tasniflash asosida shakllantirishga doir talablar;
bank aktivlari bo‘yicha foizlarni hisoblash va ularni bankning daromadlar hisobvarag‘iga kiritishga doir talablar;
yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) sotib olinadigan ulushlar va aksiyalarning eng ko‘p miqdori;
ko‘chmas mulkni va boshqa mol-mulkni sotib olishga hamda unga egalik qilishga doir talablar;
ochiq valyuta mavqeyi limitlari;
umum qabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq Markaziy bank tomonidan belgilanadigan boshqa prudensial normativlar.