Mavzu: Moyli bakli uzgichlar



Yüklə 10,47 Kb.
səhifə2/4
tarix24.09.2023
ölçüsü10,47 Kb.
#147956
1   2   3   4
Mavzu Moyli bakli uzgichlar-fayllar.org (1)

avtopuflagichli, bularda yoy zonasida gazning katta tezlikda harakatlanishi va yuqori bosim hosil bo‘lishiga yoyda ajraladigan energiya sabab bo‘ladi;
moyni majburiy puflash yo‘li bilan— bularda ajrash joyiga moy maxsus gidravlik mexanizmlar yordamida yuboriladi;
magnit yordamida moyda so‘ndirish, bularda yoy magnit maydon ta’sirida tor kanal va tirqishlarga yo‘naltiriladi.
5
Avtopuflagichli yoy so‘ndiruvchi kurilmalar eng samarali va oddiy hisoblanadi. SHuni aytib o‘tish kerakki, avtopuflash qurilmasi yoydagi tok qancha katta bo‘lsa, shuncha samaraliroq ishlaydi. Kichik toklarni uzishda gazlarning bosimi uncha katta bo‘lmasligi mumkin, shu sababli puflash etarli bo‘lmay, yoyni so‘ndirish cho‘ziladi. SHunga ko‘ra avtopuflashli ba’zi so‘ndiruvchi qurilmalar kichik toklarning so‘nishini ta’minlaydigan qo‘shimcha moyni majburiy puflash bilan to‘ldirilgan.
Qattiq kameralar ko‘rinishidagi yoy sundiruvchi qurilmalar, odatda, yuqori kuchlanish kirishining tok o‘tkazuvchi sterjenining pastki uchiga mahkamlanadi. Ayrim Uzgichlarda yoy so‘ndiruvchi kamera shtanganing pastki qismiga mahkamlanadi. Kamerada Uzgichning nominal kuchlanishiga qarab bir yoki bir nechta uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, uzilish shuncha ko‘p talab etiladi. Asosiy uzilishlar orasidagi kuchlanishni bir xil taqsimlash uchun ularga parallel shuntlovchi qarshiliklar ulanadi. Asosiy uzilishlarda yoy so‘ngandan so‘ng, shuntlovchi qarshiliklardan o‘tayottan tok, odatda, kameradan tashqarida yordamchi uzilishda so‘ndiriladi.
6
Yoy so‘ndiruvchi qurilmalarda izolyasiyalovchi plastinkalar va chiqish teshiklari yordamida ish kanallari hosil qilinib, ular orqali moy va gazlar harakatlanadi (puflash). Kanallarning joylashuviga qarab kameralar ko‘ndalang, bo‘ylama va qarama-qarshi ko‘ndalang puflovchi kameralarga bo‘linadi.
Bakli Uzgichlarda qizdiruvchi qurilma xam ko‘zda tutilgan bo‘lib, u havo haroratlari past bo‘lganda (-15°S va undan past) ulanadi. Moyning qovushoqligi ortganda uzgichning qo‘zg‘aluvchan qismlarining surilish tezligini kamaytirmaslik maqsadida shunday qilinadi.
Bakli Uzgichlarning asosiy kamchiligi, moy hajmining katta bo‘lishidir. Bakli Uzgichlarning ulash vaqtini kamaytirish uchun pnevmatik va pnevmogidravlik yuritmalar qo‘llaniladi.
7

Yüklə 10,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin