Mavzu: mukammal va nomukammal raqobat nazariyalari


Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat



Yüklə 24,44 Kb.
səhifə6/6
tarix13.02.2023
ölçüsü24,44 Kb.
#84060
1   2   3   4   5   6
mukkammal referat

Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlarini narxlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday mahsulotlari unikiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko’p qo’llaniladigan ko’rinishi - “narxlar jangi” deb aytiladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Raqobatning bu usuli korxona ishlab chiqarishning ancha past xarajatlaridan foydalanmasa, bozorda o’z o’rnini mustahkamlash uchun foydaning bir qismidan voz kechishiga to’g’ri keladi. Bu usulni qo’llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yodlashi va ishlabchiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo’ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo’lib, mazkur tovar narxni tushurish imkoniyatini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarni qo’llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlariga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo’lgan narxlar bo’yicha chiqaradi.
SHu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo’qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o’zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga xaraqat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan chegirma qilish, asosiy harid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo’shib berish muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda baho yordamida raqobat qilish o’z o’rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o’z mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xaraqat qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o’zgartirmaydi, faqat tarmoq bo’yicha foydani kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan xarakterlanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko’rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo’lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol hususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro’y berishi kerak. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko’payishi ularning sotishni rag’batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo’shimcha xizmat ko’rsatish orqali haridorlarni o’ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo’lishi, lekin turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo’lishi mumkin.
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo’lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to’lanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to’lanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar haridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko’rsatishning turli xillarini amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompьyuter ishlab chiqaruvchi firma, o’z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o’rnatadi, iste’molchi korxona xodimlarini ulardan foydalanishga o’rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; mahsulotlari o’lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo’lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o’rgangan va iste’molchilar ehtiyojlarini to’laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o’zgartirish uchun o’zining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. SHu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx beqarorligicha qolaveradi.
SHunday qilib, monopoliyalar hukmron bo’lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o’rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash yo’li bilan tovar ko’paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo’lganligi sababli mahsulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga zarur bo’lgan mablag’ni sarflay oladilar.
Yüklə 24,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin