Mavzu: Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllarining rivojlanish evolyutsiyasi



Yüklə 85,61 Kb.
səhifə3/10
tarix24.03.2022
ölçüsü85,61 Kb.
#54097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllarining rivojlanish evolyutsiyasi.

To’rtinchi holat. Endi ijarachining o’zi ham erda mehnat qilmay, yollanma ishchidan foydalana boshladi. Natijada er bo’yicha mulkiy huquqlarning yanada tabaqalanishi ro’y berdi: erdan foydalanuvchi – ishchi, uning egasi – ijarachi (ijara shartnomasi muddati davomida), tasarruf etuvchisi – zamindor. Ishlab chiqarish natijasi ijarachi va zamindor o’rtasida taqsimlanib, ishchi uchun ish haqi to’lanadi.

Mulk huquqining vujudga kelishi va bekor bo’lishi asoslari.

Mulk ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni egallash, foydalanish va ularni tasarruf etish sohasida bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarning majmui sifatida ta'riflanishi ham mumkin. Jamiyatning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish bilan chambarchas bog`liq bo`lib, zero, hech qaysi bir mamlakatni mulkchilik munosabatlarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasi Mulkchilik to`g`risidagi qonuniga ko`ra, mulkdor o`ziga tegishli mol-mulkka o`z ixtiyoriga ko`ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Bunga asosan mulkdor o`z mulkiga bo`lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda o`z xohishiga ko`ra amalga oshiradi. Mulkdorning o`z xohishi deyilganda, uning o`z erki, irodasi bilan o`zining, shuningdek boshqalarning yoki ijtimoiy manfaatlarini ko`zlab birovning tazyiqisiz, zo`rlashsiz harakat qilishi nazarda tutiladi.

Mamlakatimizda kichik va o`rta biznes, xususiy tadbirkorlik yetakchi rol o`ynaydigan ko`p ukladli iqtisodiyot jadal shakllanmoqda. Kichik biznesni rivojlantirishni rag`batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo`yicha samarali mexanizmning amalda joriy etilgani iqtisodiyotimizda katta ahamiyatga ega bo`lgan xususiy tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash imkonini berdi5.

O`zbekiston Respublikasi “Mulkchilik to`g`risida”gi qonuniga ko`ra, mulkdor o`ziga tegishli bo`lgan mulkka egalik qiladi, foydalanadi hamda tasarruf etadi.




Yüklə 85,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin