Dialog ham, monolog ham faol va sust bo‘lishi mumkin. Nutqning faol shakli – bu so‘zlovchining nutqi, tinglovchining nutqi esa sust shaklda namoyon bo‘ladi. Gap shundaki, tinglayotganimizda tashqaridan unchalik sezilmasada, ichimizda so‘zlovchining so‘zlarini takrorlaymiz.

R.S. Nemovning fikriga ko‘ra, maktabgacha bo‘lgan davrda odam muloqotining ontogenetik taraqqiyoti bosib o‘tadigan asosiy bosqtchlarni quyidagicha tasavvur qilib, ta’riflash mumkin:
R.S. Nemovning fikriga ko‘ra, maktabgacha bo‘lgan davrda odam muloqotining ontogenetik taraqqiyoti bosib o‘tadigan asosiy bosqtchlarni quyidagicha tasavvur qilib, ta’riflash mumkin:
1. Tug‘ilgandan 2-3 oylikkacha bo‘lgan yosh davri. Mazmun jihatidan biologik bo‘lgan, bolaning hayotiy ehtiyojlarini qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi aloqaviy muloqot. Muloqotning asosiy vositasi – sodda mimika va oddiy imo-ishoralar.
2. 2-3oylikdan 8-10 oylikkacha yosh davri. Asosiy his-tuyg‘u organlari faoliyatining boshlanishi va yangi taassurotlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan bilish muloqotining dastlabki bosqichi.
3. 8-12 oylikdan taxminan 1,5 yoshgacha bo‘lgan davr. Kognitiv ehtiyojlarga xizmat qiluvchi boshqariladigan, verbal-neverbal muloqot. Tildan muloqot vositasi sifatida foydalanishga o‘tish.
3. 8-12 oylikdan taxminan 1,5 yoshgacha bo‘lgan davr. Kognitiv ehtiyojlarga xizmat qiluvchi boshqariladigan, verbal-neverbal muloqot. Tildan muloqot vositasi sifatida foydalanishga o‘tish.
4. 1,5 yoshdan 3 yoshgacha. Jismli faoliyat va o‘yinning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat va o‘yin muloqotining yuzaga kelishi. Faoliyat va shaxs muloqotiga bo‘linishning dastlabki bosqichi.
5. 3 dan 6-7 yoshgacha bo‘lgan davr. Tabiatdan berilgan turli xildagi tabiiy belgilar yoki orttirilgan muloqot vositalarini ixtiyoriy ravishda tanlash va ulardan foydalanish. Syujetli-rolli o‘yinlarga jalb qilish asosida paydo bo‘ladigan syujetli-rolli muloqotning rivojlanishi.