Sanoatda ishlab chiqarilayotgan multipleksor mikrosxemalarining
ma’lumot kirishlari 16 tadan oshmaydi. «4 dan 1 ga»
multipleksor
mikrosxemalaridan «16 dan 1 ga» multipleksorini tuzish mumkin.
Bunday
multipleksor multipleksor darahti deb ataladi va
uning sxemasi
11-rasmda keltirilgan.
Birinchi darajadagi multipleksorlar (1 - 4) adres so‘zining S
0
, S
1
kichik
razryadlari yordamida, ikkinchi darajadagi mulipleksor (5) esa, so‘zining S2, S3
katta razryadlari yordamida boshqariladi.
3.Demultipleksorlar
Demultipleksor bir kanaldan qabul qilingan ma’lumotlarni bir necha qabul
qilgichlarga
taqsimlash vazifasini, ya’ni multipleksiyalashga teskari bo‘lgan
amalni bajaradi. Qabul qilgich raqami (aktivlashtirilgan chiqish) uning boshqaruv
kirishlariga berilgan kod kombinatsiyasi bilan aniqlanadi.
Demultipleksor umuman olganda bitta ma’lumot kirishi, n - ta adres kirishi
va M=2
n
chiqishga ega. Misol tariqasida «1 dan 4 ga» demultipleksorining tuzilish
uslubini ko‘rib chiqamiz (S
0
, S
1
ikkita adres chiqishi va Q
0
- Q
3
to‘rtta chiqish).
Ko‘rinib turibdiki, agar ma’lumot M chiqish liniyalaridan biriga yo‘nalgan bo‘lsa,
u holda, qolgan chiqish liniyalarida mantiqiy nol ushlab turiladi. «1 dan 4 ga»
demultipleksorining haqiqiylik jadvali 4-jadvalda keltirilgan.
4-jadval
«1 dan 4 ga» demultipleksorining haqiqiylik jadvali
Mazkur jadvalga quyidagi MAF tizimi mos keladi:
Berilgan funksiyani YOKI-EMAS elementlari
yordamida bajaradigan
mantiqiy sxema va uning shartli grafik tasviri 12-rasmda keltirilgan. Bu yerda
E
- ishga ruhsat berish kirishi.
Chiqish liniyalarini ko‘paytirish talab etilganda, mos ravishda «1 dan 4 ga»
demultipleksor mikrosxemalaridan kerakli miqdori olinib, demultipleksor darahti
tuziladi. Bunday daraht tuzilmasi multipleksor darahtiga ko‘zgudagi aks kabi mos
keladi (12-rasm). Buning uchun ruhsat berish kirishlari hizmat qiladi.
Nazorat savollari
1. Multipleksorning vazifasi?
2. Multipleksorning MAFni ifodalang?
2.Shifratorning qo‘llanilishini ayting?
3.Deshifrator qaysi qurilmalarda ishlatiladi?
4.Multipleksor qanday vazifani bajaradi?
5.Multipleksor sxemada shartli belgilanishi.
6.Multipleksorning ME asosidagi sxemasini chizing.
7.Demultipleksor qanday vazifani bajaradi?
8.Demultipleksor sxemada shartli belgilanishi.
9.Demultipleksorning ME asosidagi sxemasini chizing.
10.«4 dan 1 ga» multipleksori sxemasi chizing.