Hayvon viruslari qanday tuzilgan?
Boshqa viruslar singari hayvon viruslari ham oqsil va nuklein kislotalarning kichik toʻplamidir. Ularda oqsil qobigʻi yoki kapsid va kaspid ichiga yopishgan DNK yoki RNKdan iborat genetik material mavjud. Ularda, shuningdek, konvert qobiq, yaʼni lipiddan iborat membrana sferasi ham boʻlishi mumkin.
Hayvon viruslarining kapsidlari turli shakllarda boʻladi. Ebola virusi uzun ipga oʻxshash tuzilishda va oʻz oʻqi atrofida chirmashadi. Taqqoslash uchun quyida “standart koʻrinishga ega” virus – chikungunya koʻrsatilgan: chikungunya sferaga oʻxshaydi, lekin aslida 202020 yoqli ikosaedr hisoblanadi.
Bu ikki virus kattaligi shkala boʻyicha chizilmagan. (Ebola virusining hajmi chikungunya virusinikidan kattaroq). ViralZone/Shveysariya bioinformatika instituti, CC BY-NC 4.0 ga tegishli “Ebolavirus” va “Alfavirus” nomli grafik materiallar oʻzgartirib olindi.
Hayvonlarga xos virus genomlari RNK yoki DNK saqlovchi boʻlib, bir zanjirli yoki qoʻsh zanjirli boʻlishi mumkin. Hayvon viruslari oʻzlarining genetik materiallaridan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanish maqsadida bir qator jarayonlarni (shu qatorda hayratlanarli va gʻalati boʻlganlarini ham) amalga oshirishlari mumkin va ularni biz quyidagi boʻlimlarda koʻrib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |