Mavzu: Mustabid tuzum davrida O'zbekistondagi qatog'onlik siyosatining asosiy bosqichlari
Reja:
1.Mustabid Sovet tuzumining O’zbekistondagi qatag’onlik siyosati va uning oqibatlari
2. O'zbekistondagi qatog'onlik siyosatining asosiy bosqichlari
XX asr 20-yillarining yarmiga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv idora tizimida ham keskin o’zgarish hollari yuz berdi. Stalin asta-sekinlik bilan o’zining yakka hokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo’ldi. 20-yillar oxirlarida Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan «Sotsializm mustakamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham shunchalik kuchayib boradi» degan g’oya qonuniy hatti-harakatlharning avj olishiga olib keldi. Stalin va uning atrofdagilari mamlakat va partiya hayotiga oid har bir masalada o’z irodasi, hukmini boshqalarga majbur yetib har qanday muolifatchi qarashlarni, ularning tashuvchilarini mahv yetib bordilar. Su tariqa, mamlakatda Lenin tomonidan asos solingan totalitar boshqaruv tizimini Stalin yanada kuchaytirdi. Bu tizimning mohiyati shundaki, unda davlat boshqaruvi markazlashgan va buyruqbozlik harakterida bo’ladi. Ijtimoiy, iqtisodiyot, madaniyat, ma’naviyat sohalhari ustidan qattiq nazorat o’rnatildi. Turli xil tarzda fikr, tafakkur yuritish, muolifatchilik harakatlarida bo’lish qat’iyan man etildi, siyosiy yorqinliklar taqiqlanadi. Ayni chog’da demokratiya buzildi, ilg’or, taraqqiyparvar kuchlar qatag’onlikka maxkum etiladi. Hukmron partiyaning yagona irodasi, o’zboshimchaligi, chegara bilmas zo’ravonligi avjiga mindi. Mamlakatda totalitar tuzumning qaror topishi milliy sovet respublikalari hayotiga ham dahl qilib, ularning butun inon ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog’lab qo’ydi. Bu O’zbekiston timsolida ham ko’zga yaqqol tashlanadi. Avvalo, respublika hokimiyati, boshqaruvining hamma bo’g’inlari to’liq ravishda SSSR organlariga bo’ysundirildi. Shuningdek, bu yerdagi yagona rahbar tashkilot – O’zbekiston Kompartiyasi ham VKP(b)ning tarkibiy qismi sifatida, ya’ni viloyat bo’limi maqomiga tushirildi. Binobarin, hukmron partiya qabul qiladigan har qanday qaroru farmoyishlar, rahbariy ko’rsatmalar respublika partiya tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy va shart edi. Stalincha ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ko’zga ko’rinarli va ko’zga ko’rinmas ming xil qizil iplar bilan O’zbekistonni o’z domiga kiritib, uning amaldagi rasmiy mustaqilligini ham yo’qqa chiqargan edi. Uning mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy, xo’jalik, madaniy-ma’naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mustaqil tarzda hal etishga haqli, huquqli emas edi.
Mustabid tuzum markazdan O’zbekistonga o’zining ko’p sonli sadoqatli xodimlari, vakillarini rahbariy lavozimlarda ishlashga uzluksiz yuborib turdi. Ular yordamida o’lka hayotida kechayotgan barcha jarayonlar, o’zgarishlardan doimiy xabardor bo’lib, mahalliy kadrlar faoliyatini kuzatib, nazorat qilib bordi. O’z xalqi, yurtining milliy manfaatlarini himoya qilib, uning istiqbolini ko’zlab, o’zida kuch iroda topib, bor haqiqatni aytishga jur’at qilgan millat kishilari birinchi navbatda hukmron Markazning qahr-g’azabiga duchor bo’ldi. Qatag’onlik zulmkorlari, ularning gumashtalari bir imo-ishora bilan bunday yurt fidoyilarini oradan olib tashlash, faoliyatini og’machilik, buzg’unchilikda ayblash, sha’niga millatchi, xalq dushmani, aksilinqilobchi, burjua malaylari kabi asossiz bo’htonlar bilan la’nat tamg’asini tirkashga doimo tayyor turardilar. Buning yorqin ifodasini sovet mafkurachilari tomonidan to’qib chiqarilgan va o’zbek milliy kadrlari sha’nini bulg’ashga qaratilgan «18lar guruhi», «inog’omovchilik», «Qosimovchilik» degan siyosiy ishlar misolida ko’rish mumkin. Mazkur guruhlar faoliyatiga oid tarixiy hujjatlarni ko’zdan kechirib, tahlil etar ekanmiz, bu insonlar hatti-harakatida, faoliyatida ularni ayblashga hech bir asosli ashyo-dalillar bo’lmaganligiga to’la amin bo’lamiz. Ularning yagona «gunohi» – bu o’z millati dardi, tashvishi va manfaatini ko’zlab, ayrim muhim muammolarni ko’targanligi va ularni hal etishga yuqorining e’tiborini jalb etganligi, holos. Ho’sh, «18lar guruhi» tarkibi kimlardan iborat bo’lgan? Ular sovet mutasaddilari oldida qanday gunoh kilgan edilar? Respublikaning taniqli arboblaridan tashkil topgan bu guruh (I. Hidiraliyev, M.Saidjanov, U.Ashurov, R.Rahimboboyev, R.Rafiqov va b.) ga tirkalgan asossiz aybga, uyushtirilgan bo’htonga ko’ra, go’yo uning a’zolari hukmron Markazning ulug’ davlatchilik va shovinistik siyosatiga, milliy kadrlarga nisbatan bepisandlik, loqaydlik yo’liga qarshi chiqib, adolat va haqqoniylik tamoyillarini himoya qilib chiqqandilar. «O’n sakkizlar guruhi» bolsheviklar tomonidan boy-quloq deb nomlangan o’ziga to’q xo’jaliklarning yer-suv islohoti jarayonida belgilangan me’yordan ortiqcha mol-mulki tortib olinishiga qarshi chiqdi. Shuningdek sovetlarga saylovlar vaqtida, «quloq» deb tadbirkor, to’q xo’jaliklarning saylov huquqidan mahrum qilinishi bilan kelisha olmadi. Ular tijorat, hunarmandchilikni yo’qotishga qaratilgan og’ir soliqlarni kamaytirishni talab qildilar, o’zbek ayollarini ozodlikka chiqarishda shoshma-shosharlikka yo’l qo’ymaslik, qon to’kilishiga olib kelmaslik zarurligini ko’rsatdilar. Ularning bu talab va istaklari O’zbekistondagi markaz vakillariga yoqmadi. Shu bois rasmiy partiya organlari tomonidan mazkur guruh keskin qoralandi va uning a’zolari o’z lavozimlaridan olinib, turli partiyaviy jazolarga giriftor etildilar.
«Inog’omovchilik» guruhi to’g’risida gap borganda ham unga qo’yilgan barcha ayblarning to’liq tarzda to’qib chiqarilganligi ayon bo’ladi. Ma’lumki Rahim Inog’omov O’z KP(b) MK Matbuot bo’limi mudiri va O’zSSR Maorif xalq komissari vazifasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, R. Inog’omov o’zining bir qator nutqlarida O’zbekiston Kompartiyasining mustaqil faoliyat yurita olmayotganligiga, Markazning nazoratchi organlarining o’lka hayotidagi zo’ravonligiga ham alohida e’tibor qaratgan. Respublikaning bir qator mahalliy partiya, sovet organlari mas’ul hodimlaridan M. Mavlonbekov, I. Isamuhamedov, M. Aliyev singari hammaslaklar R.Inog’omov qarashlarini qo’llab-quvvatlab chiqqandilar. Albatta, bunday muholifatchi chiqishlar hukmron partiya mutasaddilarining qahriga uchramasdan, jazolanmasdan qolmasdi. Shu bois 1926-1931 yillarda bu guruh faoliyati partiya tashkilotlarida bir necha bor muhokama qilinib, og’machi guruhbozlikda ayblandi. R. Inog’omov 1926 yil oxirida «O’zbekiston ziyolilari» risolasini matbuotda e’lon qildi. Unda «Oktyabrdagi o’zgarish o’zbek xalqi uchun kutilmagan voqea bo’ldi va o’zbek mehnatkashlari tayyor emas edi», – degan fikrni ilgari surdi. Shuningdek R. Inog’omov o’zining bir-qator nutqlarida O’zbekiston kompartiyasini Rossiyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kuzatilayotganlikda, markazning Sredazbyuro, SredazEKOSO kabi «nazoratchi» organlarini zo’ravonlikda aybladi. 1926 yil 12 dekabrda bo’lgan O’zKP(b) MK Ijroiya byurosi «R.Inog’omov faoliyati» haqidagi masalasini ko’rib chiqib «inog’omovchilik»ni O’zbekiston Kompartiyasidagi «mayda burjuachilik, millatchilikka tomon og’ish» deb baholadi va respublika partiya tashkilotlarida keng muhokama qilib «inog’omovchilik»ka «baho berish»ni topshirdi. Shunga ko’ra barcha partiya tashkilotlari majlislarida «inog’omovchi»lik qoralandi. R.Inog’omov va uning tarafdorlari vazifalaridan olinib, nomlari qoralandi, o’zlari esa tavba tazarru qilishga majbur etildilar.
«Qosimovchilik» guruhi ham 1929-1930 yillarda sovet hukmron rejimi tomonidan milliy kadrlarni, ziyolilarni qatag’on qilish, jazolash maqsadida atayin uyushtirilgan navbatdagi uydirma bo’lgan. O’zSSR Oliy Sudining raisi lavozimida ishlab kelgan Sa’dulla Qosimov va uning yaqin maslakdoshlari deb topilgan N.Alimov, B.Sharipov kabi 7 kishi 1929 yilning 2-yarmida qamoqqa olinadilar. Ularning atayin to’qib chiqarilgan «ayblov ishi»ga siyosiy tus beriladi. Bunga ko’ra, ular respublikadagi millatchi tashkilotlar bilan aloqa bog’laganlikda qoralandilar. Bu guruhning 4ta a’zosi mana shu asossiz ayblar bilan ayblanib, otib tashlandi, qolgan 3 kishi esa ko’p yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Eng so’nggi ma’lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o’rganish, tahlil qilish, surishtirishlar bunday tashkilotlarning respublika hududida butunlay bo’lmaganligini tasdiqlamoqda. Demak, bunday aksilinqilobiy tashkilotlar qatag’onlik tuzumi buyurtmasi asosida Markaz jallodlari va jazo organlari tomonidan atayin to’qib chiqarilgan. Buning orasida ming-minglab begunoh, aybsiz insonlar shafqatsiz jazolangan, aziz umrlari hazon bo’lgan.
Mamlakatda ma’muriy buyruqbozlik tizimi qaror topib mustahkamlanib borishi bilan bir qatorda respublikaning butun ijtimoiy-siyosiy hayoti muttasil siyosatlashtirilib va baynalminallashtirilib borildi va hukmron partiya tomonidan «sotsialistik qurilish» va mustabid tuzumni mustahkamlash vazifalariga bo’ysundirildi. Ijtimoiy-siyosiy hayot shu qadar shiddat bilan o’zgarib bordiki, mavjud har bir masalaga siyosiy nuqtai nazardan qaraldi.
Buning natijasida milliylik o’rniga amalda baynalmilallik ustivor qilib qo’yildi, milliy qadriyatlar an’ana, urf-odatlar oyoqosti qilindi. Kommunistik partiya o’rnatgan ana shu mustabid tuzumni, u amalga oshirgan, «sotsialistik tajriba»ni mahalliy xalq, avvalo uning ilg’or vakillari zo’r norozilik bilan kutib oldilar, ular xalqning milliy madaniyatini, an’analari va urf-odatlarini, ko’p asrlik ma’naviy merosini saqlab qolishga intildilar, Markazning zo’ravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar bildirdilar.
Dostları ilə paylaş: |