Mavzu Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga o
Saylov tizim. O’zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo etildi. 1991-yil 18-noyabrda "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida", 1993-yil 28-dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida" va 1994-yil may oyida "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida" hamda "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Konstitutsiya va qonunlarda 18 yoshga to’lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, O’zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazilishi mustahkamlab qo’yilgan. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bo’lmagan fuqaro O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to’lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga to’lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. Fuqaro bir vaqtning o’zida ikkidan ortiq vakillik organlarining deputati bo’lishi mumkin emas. IV ADABIYOTLAR Internet manbalari