Mavzu: Mustaqillik yillarida Jalaquduq tumani xo’jaligi va sanoati. Reja: Kirish


Jalaquduq tumani tashkil etilishi va toponimi



Yüklə 119,75 Kb.
səhifə3/6
tarix20.12.2023
ölçüsü119,75 Kb.
#187228
1   2   3   4   5   6
Kurs ishi Rahmatillo

1. Jalaquduq tumani tashkil etilishi va toponimi.

Jalaquduq — Andijon viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Xoʻjaobod tumani bilan birlashtirilgan. 1973-yil 12-aprelda qayta tuzildi).


Tuman viloyatning Qoʻrgʻontepa, Xoʻjaobod, Andijon tumanlari hamda Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni — 0,37ming kv. km. Aholisi — 146,5 ming kishi.
Jalaquduq tumanida 1ta shahar (Jalaquduq), 2ta shaharcha (Janubiy Olamushuk, Qo'shtepa ) 8ta qishloq fuqarolar yigʻini (Abdullabiy, Beshtol, Yorqishloq, Jalaquduq, Kolxozqishloq, Oyim, Teshiktosh, Qatortol) bor. Markazi — Oxunboboyev shahri.
Jalaquduq va unga yondosh qishloqlar oʻramida yogʻingarchilik koʻproq boʻlganligidan, u erlar ilgari qamishzor, toʻqayzor boʻlgan. Tuman nomi „jele“ yoki „jelak“ soʻzidan kelib chiqqan degan rivoyatlar bor: oʻtmishda mahalliy aholi zovur, buloq va quduqlarga jela tashlab baliq ovlagan ekan. Jela qoʻyiladigan quduqlar asta-sekin „jelaquduq“ deb ataladigan boʻlganmish. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „jalaquduq“ yoki „jalolquduq“ shaklida qishloq, soʻngra tumanga nom boʻlib qolgan deyiladi.1
Tabiati. Jalolquduq tumani viloyatining shim.sharqida joylashgan. Relyefi pasttekislik, qir va adirlardan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27°, yanv. niki —3°. Vegetatsiya davri 160—180kun. Yiliga oʻrtacha 250 mm yogʻin yogʻadi. Tuman hududidan Andijonsoy (3,5 km), Shahrixonsoy, Savay kanallari, Qoradaryo oqib oʻtadi. Tuman yerlari och tusli oʻtloqi boʻz tuproqdan iborat. Adirlarda efemer oʻsimliklar, ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq, shoʻra oʻsadi.
Aholisi , asosan oʻzbeklar. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 358 kishi. Qishloq axolisi 80% ni, shaharliklar 20% ni tashkil qiladi.
Tuman hududidan qariyb 25 km temir yo’l oʻtgan. Andijon—Xonobod temir yo’l elektrlashtirilgan.
30 ga yaqin umumiy taʼlim maktabida 28 mingdan ziyod oʻquvchi bilim olmoqda. 2 litsey, tillar litsey-internati, 3 gimnaziya, 3 musiqa maktabi, 800 oʻrinli 6 kasalxona, Janubiy Olamushukda fizioterapiya sanatoriysi, «Pillakor», «Andijon» dam olish uylari, Yorqishloqda «Neftchi» davolash sanatoriysi, 34 jamoat kutubxonasi, 14 klub, Oxunboboyev sh. da oʻlkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bogʻi bor. 1931-y. dan «Uchqun», soʻngra «Olgʻa» tuman gaz. nashr etilgan. 1999-y. dan «Jalolquduq hayoti» tuman gaz. chop etilmokda (adadi 3000).



Yüklə 119,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin