Mavzu Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy
1. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. Xalqimiz asrlar davomida nishonlab kelgan bayramlaridan biri «Navro‘z» umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi. 1992-yil Prezident farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. 2018- yildan boshlab, bu bayramlar kunlari uch kun nishonlash imkoniyati yaratildi. «Movarounnahr» diniy boshqarmasi faoliyati Respublikamiz hayotida o‘z o‘rnini egalladi. Diniy boshqarma qoshida Islom Universiteti va viloyatlarda madrasalar tashkil etildi. «Islom nuri» gazetasi chop etilmoqda. Mustaqillik arafasida O‘zbekiston bo‘yicha 87 masjid bo‘lsa, 1998-yilda ularning soni 3000 ga hozir esa 5000 dan ortdi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. O‘zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o‘n to‘rtta diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda. 1995-yili rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasi tashkil etilganligining 125 yilligi yubileyi, O‘zbekiston evangel-lyutteran jamoasi tashkil etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan «Bir osmon ostida» shiori bilan musulmon va xristian dinlari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqat katta ahamiyat kasb etdi.
Toshkentda 2000 yilning sentyabrida YUNESKO rahnamoligida «Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo‘lida» mavzuida dinlararo muloqot xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh, Fransiya, Rossiya, Eron, Isroil, Hindiston, Xitoy, Vatikan kabi o‘ttizga yaqin mamlakat, shuningdek, xalqaro diniy muassasalar vakillari qatnashdilar. Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonda din va vijdon erkinligi mustahkam qaror topgan va barcha diniy konfessiyalar birgalikda mustahkam 120 tinchlikni saqlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikka qarshi dadil kurash olib bormoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli isloxotlar negizida xavfsizlik millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik davlatimiz siyosatining ustivor yunalishi xisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari 138 ta milliy madaniy markazlarga birlashib O‘zbekiston umumiy uyimiz shiori ostida katta bir oilaning farzandlaridek yashamoqdalar.
2017-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi tashkil etildi. Bu esa jamiyatimizda millatlararo hamjihatlik va bagrikenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda yana bir qadam bo’ldi. Istiqlol yo‘lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma’naviy, madaniy omillariga e’tibor berish bilan birga maorif, ta’lim-tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilmoqda. Oxirgi yillarda madaniyat va san’at soxasida muayan ishlar amalga oshirildi. Bu ezgu ishlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning sa’y-harakati va rolini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Fikrimizning dalili sifatida Qashqadaryo zaminida buyuk alloma, moturidiya ta’limotining yirik vakili, islomiy e’tiqod pokligi masalasida 15 ga yaqin kitob muallifi Abu Muin Nasafiy, Sherobod tumanida buyuk hadisshunos alloma Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Buxoroda Bahouddin Naqshband hazratlari, Toshkentda Imom Termiziy nomidagi masjid va Suzuk ota maqbaralari kabi ko‘plab ziyoratgohlarni obod qilish borasidagi ezgu ishlarni qayd etish mumkin2.
Shuningdek, Yurtboshimizning O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga g‘amxo‘rligining yaqqol namunasi sifatida 2017- yil 15- fevraldagi «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4956-sonli farmoni, 2017- yil 24- maydagi «Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2995- sonli qarori, 2017- yil 20- iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-3074-sonli qarori, 2017-yil 30-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida‖gi PQ-3105-sonli qarorlari xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, chet ellarda3 saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, shu tarixiy eksponatlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini yurtimizga olib kelish kabi ishlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va topshirig‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida atoqli ma’rifatparvar Ishoqxon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida»gi, 2017- yil 14 -apreldagi ―Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi 211-sonli, 2017 yil 15 iyundagi «Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash sohasidagi ishlarni tashkil etishni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 376-sonli qarorlari madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etishda alohida ahamiyatga ega me’yoriy hujjatlar hisoblanadi. Demak, bugungi kunda O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini asrab-avaylash, saqlash hamda kelajak avlodga bus-butunligicha etkazish davlatimiz taraqqiyotida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi4.
O‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini kamol toptirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’rifiy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2018- yil 6-aprelda «Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018 yil 6–10 sentyabr kunlari Shahrisabzda 73 davlat vakillari ishtirokida birinchi Maqom san’ati xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlarning fikriga ko‘ra, ushbu anjuman jahon madaniyatining mulkiga aylangan noyob o‘zbek milliy maqomini saqlash va rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. 2018-yil 24- iyulda O‘zbekiston Prezidentining «Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarori mamlakatimizda kino san’atini yanada rivojlantirish, sohada malakali mutaxassislar tayyorlash, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muhim tadbirlarga asos bo‘lmoqda.
Bugungi kunda O‘zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining namoyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2- noyabrda «Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahrida har ikki yilda bir marta xalqaro baxshichilik san’ati festivalini tashkil etish hamda ushbu festivalni birinchi marta 2019-yil 5–10 aprel kunlari o‘tkazish haqidagi taklifi ma’qullandi.
Shuningdek o‘zbek milliy maqom san’ati markazi va muzeyi tashkil etildi,ushbu can’at yo’nalishini rivojlantirish tizimi yaratildi. Bularning barchasidan biz yagona bir maqsadni ko‘zda tutmoqdamiz. Ya’ni O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishi shart ekanligi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan turli doiradagi yig‘ilish va anjumanlardagi nutq va ma’ruzalarida alohida ta’kidlab o‘tilmoqda. O‘zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eski tafakkur, e’tiqodidan qutilgan istiqlol uchun, o‘z ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi turdi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib batamom yangi, jahonning ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlari yo‘lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Sobiq ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura targ‘ibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan Universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo‘lsa, endilikda bu o‘quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qoldi, rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda Prezident qoshidagi «Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi» (hozirda Davlat boshqaruv akademiyasi), «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti», ayrim vazirliklar qoshida akademiyalarning tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi. «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan birinchi marta mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnoma»sida yurtimizdagi ijodiy uyushmalarning ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash «Ilhom» jamoat fondi, shuningdek, madaniyat va san’at muassasalari hamda yirik kompaniya va banklar hamkorligida «Do‘stlar klublari», Toshkent shahridagi Milliy bog‘ hududida muhtasham Adiblar xiyoboni tashkil etilganligi, Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi, Qoraqalpog‘istonda va bir qator viloyatlarimizda ulug‘ adiblarimizning nomlari bilan atalgan ijod maktablari barpo etilganligi ta’kidlab o‘tilgan.
Ma’naviy hayotimizda muhim voqea bo‘lgan ana shunday loyihalar, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom akademiyasi kabi ilmiy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari boshlanganini, buyuk allomalarimizning yodgorlik majmualari qoshida hadisshunoslik, islom huquqshunosligi, tasavvuf, kalom va aqida ilmi kabi diniy-ma’rifiy yo‘nalishlarni o‘rganish bo‘yicha maxsus maktablar tashkil etilganligi, bu ishlarimizning chuqur ilmiy va amaliy asoslarga egaligiga e’tibor qaratilgan. Ma’lumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi bo‘lgan yurtimiz zaminidan o‘rta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-avliyolar etishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning ma’naviy mulki hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida o‘z faoliyatini boshlagan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsad va vazifalari kelajak avlodimiz diliga va ongiga milliy istiqlol g‘oyalari va mafkurasini singdirish, aholining aksariyatini tashkil qilgan yigit-qizlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlari asosida tarbiyalashga qaratilgandir. O‘zbekiston hukumati yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan keng shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib qo‘ydi. Hozirgi kunda Respublikada jismoniy tarbiyaning 15085 boshlang‘ich tashkiloti shug‘ullangan bo‘lib ulardan 9501 maktablarda, 710 tasi litsey va kollejlarda 63 tasi oliygohlarda tashkil etilgan. Respublikada sport inshootlarini qurishga ulkan e’tibor qaratilgan. Jumladan, hozirgi kunga kelib 500 dan ortiq sport klublari, 536 sport maskanlari, 5 ta olimpiya klublari, 8 ta Respublika oliy sport maktablari va jismoniy tarbiya instituti ishlab turibdi. Sport bilan shug‘ullanuvchilarga 233 stadion, 135 suzish havzasi, 32.865 sport maydonchalari xizmat ko‘rsatmoqda. 4841 futbol maydoni, 168 tennis, voleybol, basketbol maydonlari mavjuddir.
Mamlakatda sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilgan yutuqlarni yanada rivojlantirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 1999-yil 27-maydagi 271-sonli qarori va shu qaror asosida qabul qilingan Davlat Dasturi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Dasturga ko‘ra ayniqsa qishloq Yoshlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport shaxobchalarini kengaytirib, ularning moddiy texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari belgilandi. Bunga javoban o‘tgan bir yildan ko‘proq vaqt ichida qishloq tumanlarida 184 sport-sog‘lomlashtirish klublari tashkil qilindi. 2000-yil O‘zbekiston Respublikasi sporti tarixida, umuman olganda, muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Saralash musobaqalarida g‘olib chiqqan 77 sportchimiz 13 sport turi bo‘yicha Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII Olimpiada o‘yinlarida qatnashishga muyassar bo‘ldilar. Olimpiadachilarimiz 1 oltin, 1 kumush va 2 bronza medallarini qo‘lga kiritib, 200 mamlakat o‘rtasida 41-o‘rinni egalladilar. Respublika kurashchilari, bokschilari, tennischilari, dzyudochi va karatechilari mustaqil O‘zbekistonimizni butun jahonga 124 tanitdi. Mustaqillik yillarida eng tez rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri shaxmatdir.
Sobiq Sovetlar davrida shaxmat bo‘yicha bitta grossmeyster tayyorlangan bo‘lsa, endilikda ularning soni 11 nafar bo‘ldi. Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon shaxmat olimpiadasida hamyurtlarimiz 120 dan ortiq mamlakatlar ichida farqli 11 o‘rinni egalladilar. Respublika chempioni Rustam Qosimjonov o‘z taxtasida bronza medaliga ega bo‘ldi. 2004 yili dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirokida o‘tgan jahon chempionatida R.Qosimjonov jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Mamlakatimizda olib borilayotgan xalqchil, adolatli, inson manfaatlariga qaratilgan siyosat ko‘plab sohalarda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Birgina sport misolida aytsak, o‘zbek futbolida yangi davr boshlandi. Buni hayotga katta kuch bo‘lib kirib kelayotgan yoshlarimiz 2018- yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida eng yuksak natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritgani ham tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 yanvarda qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori sport sohasida sog‘lom muhitni yaratish, sportchilarimiz orasida halollik va haqqoniy fazilatlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi.
2018-yil 5-martda esa «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni asosida respublikamizning 5 ta hududida barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot bazasi tashkil etilib, Milliy olimpiya qo‘mitasi ixtiyoriga berildi. 2018-yil 22 fevral–5 mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qilichbozlik bo‘yicha kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatli qatnashib, bunday nufuzli musobaqada ilk bor sovrindor bo‘lishdi. Yuqori malakali murabbiy kadrlarni jalb qilgan holda iqtidorli yosh shaxmatchilarni tayyorlash, shaxmat bo‘yicha milliy terma jamoaning amaldagi a’zolari bilan doimiy aloqani ta’minlash, shuningdek, shaxmatni insonning aql va tafakkur jarayonini rivojlantiruvchi sport turi sifatida yanada ommalashtirish maqsadida 2018-yil 9- avgustda O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
2018-yilning avgust-sentyabr oylarida Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 45 ta mamlakat vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan XVIII Osiyo o‘yinlarida 234 nafar sportchimiz sportning 30 turi bo‘yicha O‘zbekiston nomidan ishtirok etishdi. Mamlakatimiz sportchilari 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza – jami 70 ta medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston delegatsiyasi oltin medallar soni bo‘yicha 5-o‘rinni egallagani sportimiz tarixida eng yaxshi natija bo‘ldi. Yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarning 125 ham sport bilan muntazam shug‘ullanishi, o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Natijada vakillarimiz Paraolimpiya hamda Paraosiyo o‘yinlari, nufuzli xalqaro turnirlarda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Yangi nomlar, chempionlar kashf etilmoqda.
Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilgan III yozgi Paraosiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 35 oltin, 24 kumush va 18 bronza – 77 medalni qo‘lga kiritdi. 2018-yil 6–18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Xususan, 37 nafar yosh atletimiz sportning 16 turi bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Bugungi kunda yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda mashaqqatli mehnat va katta kuch talab etilishini inobatga olgan holda, sportchilarning o‘z mahoratlarini muntazam oshirib borishlari, ularning jismonan va ma’nan etukligini ta’minlash bilan birga, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda moddiy qo‘llabquvvatlash tizimini takomillashtirib borish ham talab etilmoqda.