Mavzu: Mustaqillik yillarida tiklangan tarixiy obidalar, yodgorliklar. Darsning maqsadi; Talimiy



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə2/3
tarix19.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#100717
1   2   3
4 sinfda odobnoma fanidan 1 soatlik

Yangi mavzu e’lon qilinadi.O‘qituvchi yangi mavzuni mazmuni haqida ma’lumot beradi.
-Mustaqillik yillarida ona-Vatanimiz tarixini o'rganishga alohida e'tibor qaratildi. Chunki Prezidentimiz aytganlaridek, «O'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo'q». Istiqlol sharofati bilan ko'plab tarixiy obidalar, yodgorliklar tiklandi, buyuk ajdodlarimiz dafn etilgan joylar obodonlashtirildi.
Buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband insonlarni ezgulikka, halol mehnat qilishga va go'zal axloqli bo'lishga un-dagan. 1993-yilda yurtinnizda alloma tavalludining 675 yil-ligi keng nishonlandi. Hozir bu zotning milliy uslubda qayta tiklangan maqbarasi ziyoratchilar bilan gavjum.
1998-yil Samarqandda Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi tantana qilindi. Xartang qishlog'ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochildi. Shu yili jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan ajdodimiz Ahmad al-Farg'oniy tavalludining 1200 yilligi ham keng nishonlan-di. Farg'ona shahrida Ahmad al-Farg'oniy nomidagi istirohat bog'i ochilib, Quva shahrida uning haykali o'rnatildi.
Shuningdek, istiqlol yillarida jasur sarkarda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, «Alpomish» dostonining 1000 yilligi nishonlandi. Xorazmda Jaloliddin Manguberdi, Termizda esa Alpomish haykallari ochildi. 2000-yilda islom huquqshunosi Imom Burhoniddin Marg'inoniy tavalludining 910 yilligi nishonlandi. Marg'ilonda yodgorlik majmui bunyod etilib, allomaning ramziy maqbarasi o'rnatildi.
Urganchda «Avesto» kitobining 2700 yilligiga ba-g'ishlangan tantanalar bo'lib o'tdi. Yubiley munosabati bilan u yerda «Avesto» nomidagi yodgorlik majmui qad rostladi.Tiklangan yodgorliklar, tarixiy obidalar ota-bobolarimiz ruhiga hurmat-ehtirom ramzidir. Milliy ma'naviyatimizning yuksalishiga bebaho hissa qo'shgan ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.
Lug‘at ishi
Yubiley - buyuk shaxslar tavalludining yoxud qutlug' sanalarning keng miqyosda nishonlanishi.
Maqbara - arabcha so'z bo'lib, «qabr» degan ma'noni bildiradi. Imorat ko'rinishidagi bino. Qadimda mashhur insonlarning qabrlari ustiga qurilgan.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin