Mavzu: “Mutaxassislik fanlari ” Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar hayotining dastlabki yillaridagi rivojlanish xususiyatlarini aniqlab, rivojlantiruvchi usullarinini ishlab chiqish


-§ Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarini tarbiyalashda oilaning roli



Yüklə 207,93 Kb.
səhifə21/31
tarix25.05.2022
ölçüsü207,93 Kb.
#59471
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Mavzu “Mutaxassislik fanlari ” Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolala

7-§ Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarini tarbiyalashda oilaning roli
Oila – nikoh bitimi asosida yuzaga keladigan jamiyat a’zolarining o‘zaro qarindoshlik va iqtisodiyot munosabatlari bilan bog‘langan, birga yashaydigan va bir-biri uchun ma’naviy javobgar bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotdir. Butun insoniyat tarixi jarayonida oila jamiyatning xo‘jalik iqtisodiy asosi bo‘lib kelgan va bolalarni jamiyatdagi muayyan o‘rinlariga tayyorlash maqsadida xizmat qilgan.
Oila erkak va ayol o‘rtasidagi yangi nikoh munosabatlari, o‘zaro muxabbat xissiyoti, o‘zaro xurmat va ishonch, ittifoq, mod-diy manfaatdorlik sarhatlaridan xoli, o‘z bolalarininng tar-biyasi uchun jamiyat oldida ma’naviy hamda huquqiy jihatdan javobgarlik asosida tarkib topadi. Oilaviy hayotdagi mehnat uslubi bolalarga ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Oila xo‘jaligini yuritishda qo‘lidan kelganicha qatnashish ularda o‘z qadr-qimmatini va oila iftixori xissiyotini tarbiyalaydi, o‘zaro turmushda, xo‘jalik yuritishda tejamkorlikka odatlantiradi.
Oilada ota-onalarning holati bolalar holatidan ota-onalar oilaga rahbarlik qilishi, bolalar esa unda tarbiyalanishi bilan farq qiladi. Ota-onalar bolalarga g‘amxo‘rlik qilishlari, ammo shu bilan birga ular bolalarni shunday tarbiyalash kerakki, bolalar (zaruriyat tug‘ilganda) o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilsinlar, ularda mustahkam insoniy xissiyotlar, yordamga muhtoj bo‘lganlarga yordam berishga tayyorgarlik xislari shakllangan bo‘lsin. Ota-onalar bola shaxsi va huquqlarini oilaviy jamoa a’zosi sifatida xurmat qilishlari, ular oiladagi nazoratdan tashqari xo‘jayinlar emasliklarini, kata yoshdagilar esa tarbiya uchun javobgar shaxslar ekanligini tushunishlari kerak. Oilaning tarbiyaviy o‘rni ham bolalarga oilaning barcha a’zolari xatti xarakatlariga o‘zaro ta’sir ko‘rsatish, ularda turmush tarzi ideallariga javob beruvchi xissiyot, ehtiyoj, qiziqishlari majmuasini, o‘ziga xos tabiatini shakllantirishdadir.
Tiflatexnika mohiyati, maqsad va vazifalari.
Ta’lim jarayonida qo‘llanuvchi tiflatexnika ko‘rishda nuxsoni bo‘lgan bolalarga fazoda mo‘ljal olish malakalari asosida xarakat qilish tabiiy ehtiyojini rivojlantirish va ko‘rlik asosida yuzaga kelgan va bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladi.
Tiflatexnikani ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar hayotiy ehtiyojlarini qondirishda, bilim asoslariga o‘rgatishdagi o‘rni beqiyosdir. Shu sabab tiflatexnikani qo‘llash maktabgacha tarbiya muassasalari boshlanadi.
Tiflopedagog va uning rahbarligida ishlovchi konstuktor ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolani hayotida ozgina miqdorda bo‘lsa ham, ko‘rish qoldig‘i muhim ahamiyatga ega ekanligini doimo esda tutish lozim.
Tiflotexnikani qo‘llash asosida shu ko‘rish qoldig‘idan ta’lim-tarbiya jarayonida keng foydalanish mumkin.Tiflotexnika ko‘rlik asosidagi yoki organizm faoliyatini keng miqyosida stimullaydi, ularni sezgilarini rivojlantiradi, qo‘llash qobiliyatidan mahrum hayot faoliyatida zarur malaka , ko‘nikmalarni shakllantirishni tezlashtiradi va yengilashtiradi. Ta’lim- tarbiya jarayonida tiflotexnikani qo‘llash ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni sezgi xususiyatlarini hisobga olinishi kerak. Ko‘rishda nuqsoni bor bolalar hayotida sezish malakasi kata ahamiyatga ega. Masalan , ko‘r bola o‘yinchoq bilan o‘ynash jarayonida u haqidagi to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Ta’lim tarbiya jarayonida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolaning eshitish va sezgi qobiliyatidan keng foydalanish tiflotexnik vositalar asosida amalga oshadi. Maktab yoshidagi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiya jarayonida fazoviy tasavvurni rivojlantirish maqsadida katta hajmli qurilish materiallaridan tiflotexnikasidan maqsadga muvofiqdir. U yordamida ko‘rishda nuqso6ni bo‘lgan bolalar o‘zlari o‘qiydigan maktab, yashaydigan uylarini ko‘rib, ular haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
Tiflotexnik vositalar ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni hayotda o‘z o‘rnini topishda kata ahamiyatga ega. Zamonaviy tiflotexnika asosan uch yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatadi:
O‘quv ishlab- chiqarish , maishiy tiflotexnikaning o‘quv maqsadi o‘quv jarayoni, fanni o‘zlashtirishni optimallashtirish , hamda ko‘r va zaif ko‘ruvchilarni ishlab chiqarishga o‘rgatish tiflotexnikani moddiy texnika bazasini yaratish bu ko‘r va zaif ko‘ruvchilar nazoratidan predmetni aniq tasavvur etish uchun hizmat qilish demakdir.
Eng asosiy maqsad tiflotexnika natijasida ko‘r va zaif ko‘ruvchilar tashqaridan axborot ola bilish , ma’lum vaqt ichida ishlash, iqtisodiy va texnik funksiyalarni bo‘ysuntirishdan iborat.
Bundan tashqari ko‘r va zaif ko‘ruvchilar uchun juda ko‘p optik moslamalar , texnik moslamalar va apparatlar mavjud.
Optik moslamalarga turli xil lupalar ( jumladan qo‘l tayanch, stasionar ko‘zoynaklar. ) mikroskopik , yarimskopik, giperkullyar monukulyar va biokulyar apparatlar proyeksiyasiga qarab kattalashtiradi ( dioproyektar).
Bularning hammasidan yaqin va uzoq masofani ko‘rish uchun foydalaniladi.
Hozirgi kunda turli xil yangi turdagi optik vositalar ishlab chiqilgan. Bular ko‘r va zaif ko‘ruvchilar uchun yozishga, o‘qishga , rasm chizishga mo‘ljallangan.
Zaif ko‘ruvchilar uchun televizion ko‘rsatuvlarni ko‘rish uchun 60 barobargacha kattalashtirib beradigan moslamalar ham mavjud. Ko‘rsatuvlarni ko‘rish regulyatsiyasini zaif ko‘ruvchilar o‘zi boshqaradi.
Hozir ko‘pchilik televediniya jihozlarda ko‘rsatuvni kattalashtirish asta sekinlik bilan obektivlik yordamida fokuslashtirish mumkin. Televizion moslamalar individual va jamoa bo‘lib foydalanish turlariga bo‘linadi. Ko‘r va zaif ko‘ruvchilarni o‘qitishda shaxs televizion sistemalaridan foydalanadi. Bu arrontal usulda ta’lim berishni ta’minlaydi.
Zaif ko‘ruvchilar uchun tayyorlangan asboblar ular mehnat faoliyatini aktivlashtirishni jumladan elektrontexnik , raidion elektron asboblarni yig‘ishda, turli materiallarni mexanik ishlov berishda yordam beradi.
Agarda yorug‘lik ta’sirida ko‘z ko‘rish pasaysa bunda yorug‘likdan saqlanuvchi turli xil linzalar qo‘yiladi, bular rangli yoki rangsiz oyna bilan qoplangan bo‘ladi. Kar va zaif ko‘ruvchilar uchun ko‘rish darajasiga qarab turli xil moslama ishlab chiqilgan. Bularga ipli ninaga kirgazish moslamasi, grifel va erishi harakatlanish uchun xona moslamasi, grifel va o‘lchov asboblari, ko‘rlar uchun ham maxsus yozma mashinkalar va boshqalar. Ma’lum bir narsani chizish uchun ham maxsus asboblar mavjud. Gullar uchun yana maxsus “Gapiradigan kitob” ham yaratilgan bunda kasetaga har xil nutqni o‘stiruvchi o‘yinlar va kitobdan mavzular yozilgan bo‘ladi.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchilar orentirni bilish uchun ularda maxsus xassa ishlatiladi, hamda ultre tovush lakatorlari, turli ko‘rinishdagi tovush malakalari va boshqalar.
Ko‘r bolalarni jismoniy tomondan rivojlantirish uchun va ularni yanada ko‘proq harakatlanishlari uchun har xil trenajyor, tovush moslamalar, ovoz chiqaradigan kataklardan foydalaniladi. Maxsus texnikaviy moslamalar kasb va mehnatga o‘rgatish ish joyida ishlab chiqarish jihozlari ularga elektrotexnik va radioelektron moslamalarni yig‘ishga, mexanik materiallarni ishlab chiqarishga yordamlashadi. Maxsus trenajyorlar orqali ko‘rlar stanokda turib ishlashlari mumkin.

Yüklə 207,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin